|
Texnologiya – bu texnik ahamiyatli ishlanmalarni o‘zlashtirish va tadbiq qobiliyati.
Texnologiya
|
bet | 28/58 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,03 Mb. | | #236422 |
Bog'liq 2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATITexnologiya – bu texnik ahamiyatli ishlanmalarni o‘zlashtirish va tadbiq qobiliyati.
Texnologiya – bu o‘quv jarayonlariga maqsadli, tashkiliy, mo‘ljalli pedagogik ta’sir etish vositasi.
Texnologiya – ta’lim natijalariga rejali muvoffaqiyat kafolatlangan uslub.
Ko‘rib turganimizdek, pedagogik texnologiya xususidagi qarashlar yakdilligi bilan mushtarak xulosalarni beradi. U ma’lum maqsad natijaviy samaradorligiga qaratilganligi bilan pedagogikadagi muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik fan rivojini ta’minlashdagi zamonaviy yondashuvlar pedagogik texnalogiyalarni takomillashtirish pedagog olimlarning diqqat markazida turibdi. Ta’lim texnologiyasi pedagogik tizimning asosida shakllanadi va rivojlanadi va uning sifat darajasini bugungi zamon ehtiyojlari asosida tashkil etish davr talabiga aylanmoqda. Chunonchi, shu o‘rinda texnologiya nazariya bilan amaliyotni bog‘lovchi bug‘in sifatida xizmat qiladi. Texnologiyasiz alohida pedagogik fanlar amaliyotning takibiga aylanmaydi.
Pedagogik texnologiyani ta’lim jarayoniga tadbig‘ining keng quloch yoyishi biroz qiyin kechmoqda, buning sababi, birinchidan, pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari ancha murakkabligi bo‘lsa, ikkinchidan, pedagogik olimlar va o‘qituvchilarni sinergetikaning majmular nazariyasini to‘la egallab olmaganligida deb tushuntirish mumkin. Majmular nazariyasini to‘liq bilmagan kishi, pedagogik texnologiyaning mazmun va mohiyatiga tushunib etmaydi. Shu kundagi sinergetik dunyoqarash va uning tarkibiy qismi bo‘lgan, butun borliqqa majmu sifatida yondashuv tamoyilini bilmay turib, pedagogik texnologiyani amaliyotga singdirib bo‘lmaydi.
– bu ta’lim jarayonlarida shaxs kamolotini maksimal darajada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan va tanlangan ta’sir ko‘rsatish vositalarining xususiyati. U pedagog va o‘quvchi shaxsi alohida munosabatlarning
keng qamrovli, individual uslublar hosilasi.
Ta’limda “texnologiya” iborasi pedagogik fan muomalasiga mutaxassislarning tarbiyalanuvchiga ta’sir ko‘rsatishni san’at darajasida e’tirof etish bilan boshlanadi. Ya’ni “texnos” san’at, mahorat, “logos” ta’limot. Pedagogik texnologiya tarbiyalanuvchiga ta’sir etuvchi pedagoglar mahoratining professional tizimini ifoda qiladi.
Pedagogik texnologiya – bu nafaqat texnika – texnologiyadan iborat, balki ta’lim jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan yondashuvlarning tahliliy materiallar, yangi samarali konstruktsiyalar, uslublarning talablarga hozirjavobligi turkum
elementlar yig‘indisi sifatida pedagogik texnologiyani tashkil etadi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiya o‘quv jarayonlarini tashkil etish va maqsadga erishishni boshqarish kabi savollarga javob berishga qaratiladi. Jumladan,
yangi texnologiyani joriy etishda mavjud texnologiya xususiyatini aniqlash;
texnologiyaning maqsadini belgilash;
sifat ko‘rsatkichlari va talablari;
belgilangan talab va maqsadlarga erishishni talab etuvchi mexanizm tamoyillarini shakllantirish;
parametr va muvozanatni belgilovchi texnologik jarayonning strukuturasi;
texnologik xarita va chizmalarni belgilash;
texnologiyaning rag‘batlantiruvchi funktsiyalarini belgilash;
psixologik, fiziologik, texnik va boshqa resurslarni taqsimlash tamoyilini ishlab chiqish;
Tarbiyalanuvchiga ta’sir ko‘rsatish bir qancha parametrlarni talab qiladi. Jumladan, ratsional-psixologik holat umumma’naviy daraja va yoshi, munosabatlarning shakllanishi, ma’naviy va intellektual rivoji. Bu parametrlar ta’lim oluvchining ob’ektini vujudga keltiradi. Aniqlangan ob’ektga nisbat sub’ekt ta’siri tanlanadi.
|
| |