|
Pedagogik texnologiyaning asosi
|
bet | 29/58 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,03 Mb. | | #236422 |
Bog'liq 2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI Pedagogik texnologiyaning asosi:
Tarbiyalanuvchi (o‘quvchi, talaba)ga hurmat bilan qarashning amaliy muvofiqligi;
Pedagogik ta’sirning maqsadli va mantiqiy asoslanishi; Har bir ishning oxiriga etkazilishi.
Pedagogik mahorat:
Psixologik-pedagogik eruditsiya; Kasbiy mahorat;
Pedagogik texnika.
Pedagogik texnologiya turlari:
O‘rgatish va namoyish qilishga qaratilgan ta’lim texnologiyasi u maxsus umumta’lim fanlarni o‘rgatishga doir faoliyat turlari haqida ma’lumot beradi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi u shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Ta’limni rivojlantirishga qaratilgan texnologiya bo‘lib, u ta’lim oluvchining shaxsini rivojlantirishga qaratilgan vosita va uslublardan iborat.
Pedagogik texnologiyani boshqa ta’lim usullaridan ajratib turadigan o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardir.
Birinchidan, avval ham bir necha bor ta’kidlaganimizdek, pedagogik texnologiya sinergetik dunyoqarashdan kelib chiquvchi ob’ektiv narsa va hodisalarga majmu yondashuv tamoyili asosida yaratilgan. Avvalgi pedagogik usullar, tuzilishi jihatidan erkin bo‘lib, dars tarkibini belgilash o‘qituvchi ixtiyorida bo‘lgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyada oldindan belgilangan asosiy maqsadga erishish kafolatlangan. Boshqa barcha pedagogik usullarda ta’lim-tarbiya faoliyatining kafolatlangan natijasi mavjud bo‘lmay, stixiyali natijalar bilan kifoyalanib kelingan.
Uchinchidan, pedagogik texnologiyada, asosiy maqsadga erishish bosqichma- bosqich amalga oshirilib, har bir bosqichda oldinga qo‘yilgan maqsadlar, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar va talab qilinadigan vositalar hamda usul va uslublarning aniq modullari hosil qilinadi. Boshqa pedagogik usullarda ta’lim-tarbiya jarayonining yakunida umumiy maqsad qo‘yilib, unga erishish yo‘llari o‘qituvchining ixtiyoriga havola qilingan.
To‘tinchidan, pedagogik texnologiya universal xususiyatga ega bo‘lib, uni har bir mutaxasis, a’lo bo‘lmasa hamki, yaxshi amalga oshira oladi. Darsning intensivligiga va samaradorligiga, pedagogning mahorati va shaxsiy sifatlari deyarli ta’sir etmaydi.
Tarbiyalanuvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko‘rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun jismoniy tarbiya instruktori o‘zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur.
Ayrim jismoniy tarbiya instruktorlari kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun, avvalo ta’lim-tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida jismoniy tarbiya instruktori o‘z tarbiyalanuuvchilarini jismoniy tarbiya faoliyatiga jalb qiladi. Shu bilan birga tarbiyalanuvchilarni bilim olishga qiziqtirishda jismoniy tarbiya instruktori tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta’sir etadi. Jismoniy tarbiya instruktori faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, xarakteri, tarbiyalanuvchilar bilan muomalasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Odatda bularning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali jismoniy tarbiya instruktori, uning xatti-harakati tarbiyalanuvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Shuning uchun ham pedagogik mahoratni jismoniy tarbiya instruktori shaxsi sifatlarini majmui sifatida qaralib, uni jismoniy tarbiya instruktori yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishini unutmaslik lozim.
|
| |