Pedagogning professional kompetentligi va mahorati




Download 6,03 Mb.
bet27/58
Sana15.05.2024
Hajmi6,03 Mb.
#236422
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
Bog'liq
2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI

1.

Pedagogik faoliyatning o‘ziga xosligi
quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o‘zining alohida xususiyatlari, ro‘y berayotgan voqealarning idrok qilishi va ularga o‘zicha baho beradigan takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganidek, har bir shaxs
takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o‘z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa
ega bo‘lgan ishtirokchisi hamdir.
Jismoniy tarbiya instruktori doimo o‘sib-o‘zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa jismoniy tarbiya instruktoridan doimo ijodiy
izlanib turishni talab qiladi.
Tarbiyalanuvchilarga jismoniy tarbiya instruktoridan tashqari, atrof
muhit, ota-ona, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyachilar, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy hayot ham ta’sir etadi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya instruktori mehnati bir vaqtning o‘zida jamiki ta’sirlarga va tarbiyalanuvchilarning o‘zida paydo bo‘lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi.


Pedagogik texnologiyalar – professional kompetentligini rivojlanishini nazariy-ilmiy asosi sifatida.


Pedagogikaga oid adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi davrda

pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmidan mustahkam o‘rin egalladi, lekin u pedagogikaning mukammal lug‘atlari


(tezaurus)dagi o‘rni hali aniq bo‘lmay qolmoqda. Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo‘lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb hamda o‘qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan.
Pedagogik texnologiyalar ta’riflariga bo‘lgan turli yondashuvlar shuni ko‘rsatadiki, haqiqatdan ham o‘qitish texnologiyalari fan va ishlab chiqarish hamda o‘quv-pedagogik jarayon oralig‘idan o‘rin oladi. Bu kasbiy didaktik tayyorgarlik tizimidagi bilimlarning mustaqil sohasi bo‘lib, u o‘kitishning didaktika nazariyasi va amaliyoti bilan chambarchas bog‘langan. U o‘quv faoliyatini boshqarish jarayonini loyihalash va konstruktsiyalash funktsiyalarini o‘zida qamrab oladi.
O‘qitish texnologiyasi tarkibiga o‘kuv jarayonini boshqarishning aniq usullari, boshqarish va o‘qitishning ayni istiqbolli tadbirlari haqidagi ham nazariy, ham amaliy bilimlar kiritiladi. O‘quv jarayonining borishi sharoitlariga mos ravishda ularning izchilligi belgilanadi.
Ta’kidlash lozimki, “pedagogik texnologiya” va “pedagogik tizim” aksariyat holalarda o‘zaro aloqador hodisa. Zero, pedagogik jarayon dinamik tarzda rivojlanuvchi, boshqariladigan jarayon sifatida texnologik munosabatlarni tashkil etadi. “Texnologiya” so‘zi turli aspektlarda ishlatiladi. Masalan, “pedagogik texnologiya” tushunasiga bunga bir qancha ta’riflarni keltirish mumkin:


“Texnologiya” tushunchasi yunoncha “Texnos” (techne) va “logos” (logos) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, “hunar fani”ni o‘rganish degan ma’noni anglatadi.


Bu tushuncha texnik taraqqiyot mazmunini ifodalashga xizmat qiluvchi tushuncha sifatida ilk marta 1872 yilda qo‘llanilgan. “Texnologiya” tushunchasi bugungi kunda mazmun va mohiyatiga ko‘ra quyidagi holatlarni ifodalash maqsadida qo‘llanilmokda:
– san’at, mahorat, ko‘nikma, metodlar yig‘indisi, muayyan holatni o‘zgartirishga xizmat qiluvchi jarayon; inson faoliyati va tafakkuri bilan bog‘lash bo‘lgan madaniy tushuncha; texnik jihatdan ahamiyatli sifat va
qobiliyatning intellektual qayta ishlanishi; kandaydir jarayonni amalga oshirish
metodlari haqidagi bilimlar yig‘indisi; amaliyotga joriy qilinishi talab etilayotgan ma’lum bir pedagogik tizim loyihasi.
“Zamonaviy texnologik jarayon” deganda zarur vosita va sharoitlardan foydalanilgan holda ma’lum operatsiyalarni muayyan ketma-ketlikda bajarishga yo‘naltirilgan faoliyat tushuniladi. Aniqroq qilib aytganda, mehnat qurollari va predmetlari vositasida bosqichma-bosqich ta’sir etish orqali tayyor mahsulot yartishga yo‘naltirilgan faoliyat tushuniladi.
Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga ko‘chiradigan bo‘lsa pedagogik texnologiya – o‘qituvchi(pedagog)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitlarda tizimli ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisadir, degan g‘oya ifoda etiladi.



Texnologiya – bu metodlar yig‘indisini qayta ishlash, mavjud holatni o‘zgartirish mahorat san’ati.



Download 6,03 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Download 6,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogning professional kompetentligi va mahorati

Download 6,03 Mb.