|
PEDAGOG
Autopsixologik kompetensiyalar
Tarbiyalanuvchiga yondashuv
|
bet | 24/58 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,03 Mb. | | #236422 |
Bog'liq 2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI PEDAGOG
Autopsixologik kompetensiyalar
Diagnostik
ma’lumotlarni yig‘ish
2.2-rasm. Pedagogning autopsixologik kompetentsiyalari
Umuman olganda, jismoniy tarbiya instruktori o‘zini egallab turgan lavozimi darajasida kasbiy kompetentlikka ega ekanligini his etgandagina pedagogik jarayonni muvoffaqiyatli tashkil etishi mumkin, degan xulosaga keldik. Zotan uni kasbiy bilimdonlik, halollik, rostgo‘ylik, izlanuvchanlik, tinimsiz sermahsul mehnat, ijodkorlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlar yuksaltiradi. Uning bilimdonligi, faolligi, mehnatkashligi, kamtarligi, m’naviyati va madaniyati, ma’rifatliligi o‘quvchilari, bo‘lajak kasb egalarining hurmat-ehtiromiga sazovor etadi.
Shu erda sharq mutafakkiri Abu Nasr Farobiyning: “Agar inson xayrihohlik, go‘zallik, oliyjanoblik va ulug‘vorlikka boshqa odamlar orqali emas, balki o‘zi va o‘z ruhi o‘rtasidagi mavjud narsa orqali erishgan bo‘lsa, ul (odam) xaqiqatdan ham xayrihohli va barkamollikka erishadi. Buni uning o‘zidan boshqa hech kim sezmagan taqdirda ham uning ruhi ulug‘vor va
oliyjanob bo‘ladi va o‘sha odam bu fazilatlarga erishganidan bag‘oyat xursand bo‘ladi”, degan gaplari juda o‘rinlidir.
Demak, kompetentli jismoniy tarbiya instruktori ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish yo‘nalishida zaruriy tushunchalarga ega bo‘lgan, yosh davrlar psixologiyasini yaxshi biladigan, boy va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq eta oladigan, tegishli ma’lumoti va kasbiy tayyorgarligi bor, yuksak pedagogik mahorat va boy kasbiy tajribaga ega bo‘lgan pedagogik shaxsni ifodalaydi.
|
| |