• TA’LIM-TARBIYa JARAYoNI SIFATINI OShIRIShDA PEDAGOG KOMPETENTSIYaSINING O‘RNI VA UNING TURLARI
  • MAVZU. TA’LIM-TARBIYA JARAYONI SIFATINI OSHIRISHDA PEDAGOG KOMPETENTSIYASINING O‘RNI VA UNING TURLARI. KASBIY KOMPETENTSIYA MODELI




    Download 6,03 Mb.
    bet17/58
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,03 Mb.
    #236422
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
    Bog'liq
    2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI

    MAVZU.


    TA’LIM-TARBIYA JARAYONI SIFATINI OSHIRISHDA PEDAGOG KOMPETENTSIYASINING O‘RNI VA UNING TURLARI.

    KASBIY KOMPETENTSIYA MODELI


    Reja:

      1. Ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirishda pedagog kompetentsiyasining o‘rni va uning turlari.

      2. Kasbiy kompetentsiya modeli.

      3. Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturida “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetentsiyalari.



    Tayanch iboralar: pedagogik faoliyat, kompetentsiya, kompetentlik nazariyalari, kompetentsiya turlari, kasbiy kompetentsiya, pedagogik kompetentsiya, shaxsiy kompetentsiya, kasbiy kompetentsiya piramidasi, ilk qadam dasturi.


      1. TA’LIM-TARBIYa JARAYoNI SIFATINI OShIRIShDA PEDAGOG KOMPETENTSIYaSINING O‘RNI VA UNING TURLARI





    Kompetentsiya
    Zamonaviy fanda xodimlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini tahlil qilishda kompetentsiya tushunchasiga muhim ahamiyat berilmoqda.
    – xodimning kompaniya kutayotgan darajada va belgilangan tarkibda ishlab chiqarish xulqini muntazam ravishda namoyish qilishga tayyorlik qobiliyati. Kompetentsiyalar tizimini yaratishda tashkilot xodimlarning faoliyatiga taalluqli muhim mezonlar majmuasini standart talablarga asosan tuzadi. Shuningdek, kompetentsiya xodimlarning tashkilotda ham professional, ham ijtimoiy jihatdan tengligi xususida guvohlik beradi.
    XX asrning 90-yillarida mutaxassislarga malakaviy talablarni quyuvchi Xalqaro mehnat tashkiloti malaka oshirish hamda boshqaruv xodimlarni kasbiy qayta tayyorlashda “tayanch kompetentsiya”lar degan tushunchani fanga kiritdi. Tayanch kompetentsiyalar turli xil kasbiy birlashmalarda mutaxassislarning ijtimoiy-professional jihatdan ta’minlanishi hamda faoliyatga moslashishida xodimlarning xizmat vazifalaridan kelib chiqib o‘ziga xos xarakter kasb etadi.

    “Ijtimoiy psixologiya” va “ijtimoiy pedagogika” fanlariga daxldor so‘nggi


    yillarda nashr etilgan ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, “kompetentlik
    nazariyasi”, asosan, jarayonni, ya’ni anglanmagan
    kompetentsizlikdan anglanmagan kompetentlikka o‘tish jarayonini o‘z ichiga qamrab oladi. Biz buni batafsilroq tarzda psixologik nuqtai nazardan bayon etadigan bo‘lsak quyidagicha tahlilning guvohi bo‘lamiz:
    Anglanmagan kompetentsizlik bosqichi: Sohaning etakchi mutaxassislari

    (S.Torp, J.Klifford, 2004)ni fikricha, anglanmagan kompetentsizlikda, shaxs hech narsani bilmaydi (yoki hech narsa qila olmaydi). Misol qilib aytganda, shaxs “Men
    hech narsa bilmasligim haqida, hech narsa bilmayman” darajasida turadi. Balki, bu shaxs amaliyotda bunga ehtiyoj sezmayotgandir yoki bu bilim va malakaga ehtiyoji yo‘qdir. Shuning uchun bunday sharoitlarda u shaxsiy kompetentligiga bo‘lgan zaruriyatni his qilmaydi. Shu o‘rinda yana bir misol: ilk go‘daklik chog‘larida bola engil mashinada bir erdan boshqa erga borishni sayohat omili deb biladi, ammo bu holatda u o‘zining mashina boshqara olmasligini bilmaydi va shu tarzda o‘zining shaxsiy kompetentligini anglay olmaydi.


    Anglanilgan kompetentsizlik bosqichi: Anglanilgan kompetentsizlikda shaxs “bilmasligi” haqidagi bilimni kashf qiladi. Odatda bu jarayon biror-bir harakatni bajarish istagi yoki ehtiyoji tug‘ilishi oqibatida yuzaga keladi. Bu bosqich “Men bilmasligim haqida bilaman” deb nomlanadi. Masalan: mashina boshqarishni bilmaydigan o‘smir, biron-bir kishidan o‘zini biror yoqqa olib borishini iltimos qilishiga to‘g‘ri keladi va bunda o‘zining mashina boshqara olmaslik kompetenti haqida fikr-mulohaza yuritgan holda “o‘z ustida” qayg‘uradi.



    Download 6,03 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




    Download 6,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU. TA’LIM-TARBIYA JARAYONI SIFATINI OSHIRISHDA PEDAGOG KOMPETENTSIYASINING O‘RNI VA UNING TURLARI. KASBIY KOMPETENTSIYA MODELI

    Download 6,03 Mb.