|
Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
|
bet | 14/58 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,03 Mb. | | #236422 |
Bog'liq 2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATIPedagogning mahorati
– bu bolalar bilan ishlashni seva oladigan, har bir pedagog uchun zarur bo‘lgan bilim berish va tarbiyalash san’atining takomillashgan va yuqori cho‘qqisi. O‘z ishining ustasi bo‘lgan pedagog – bu yuqori madaniyatli mutaxassis, o‘z o‘quv fanini chuqur biladigan, fan yangiliklari bilan tanishadigan, bolalar psixologiyasini amaliy biladigan, ta’lim-tarbiya metodikasini yuqori darajada egallab olgan shaxs.
Jismoniy tarbiya instruktori esa pedagogik mahorat sirlarini o‘rganishi va
yuksak natijalarga erishishi uchun, avvalo tarbiyalanuvchilarni o‘rgatish, ma’lumotli qilish va tarbiyalashning eng qulay, oson, ko‘p natija beradigan yo‘llarini izlab topish va qo‘llashga harakat qilmog‘i, ta’lim va tarbiyasining, shakl, usul va vositalaridan unumli foydalanish kerak.
Bolalarni seva olish, ularga o‘z ota-onalaridek mehribonlik ko‘rsata bilish mohir jismoniy tarbiya instruktorining muhim shaxsiy fazilatlaridan biridir. Jismoniy tarbiya instruktori har doim, hamma vaqt tarbiyalanuvchilarga mehribonlik ko‘rsata olishi lozim. O‘z tarbiyalanuvchisi to‘g‘risida shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarmaslik, ular haqida salbiy yoki ijobiy fikrga kelmaslik kerak. Tarbiyalanuvchilar orasida uning “sevimli” yoki “yomon” ko‘radigan bolalarni bo‘lishi bolada jismoniy tarbiya instruktoriga bo‘lgan hurmatni so‘ndiradi. Har qanday bo‘sh va past o‘zlashtiradigan, “tarbiyasi qiyin” tarbiyalanuvchi bilan
ishlaganda jismoniy tarbiya instruktorining vazifasi shundan iboratki, tarbiyalanuvchidagi ana shu bilinar bilinmas lekin eng muhim ijobiy fazilatni topa olish va shu fazilatga tayanib bola xotirasidagi, o‘tmishidagi salbiy xususiyatlarni tugatishga intilmog‘i lozim. Jismoniy tarbiya instruktori shaxsiy fazilatlari tizimida pedagogik faoliyatga bo‘lgan ehtiyoj nomli muhim kasbiy yo‘nalish mavjudki, u pedagogik mahoratni egallash uchun katta rol’ o‘ynaydi.
Bunday professional xususiyatlarni S. Baranov va boshqalar shunday izohlaydilar: Pedagogik faoliyatga bo‘lgan ehtiyoj professional mahoratdagi jismoniy tarbiya instruktori shaxsiy fazilatlarini belgilovchi qimmatli bahodir, u o‘zida: “...bolalarga qiziqish va muhabbatni; pedagogni ishga havasni; psixologik-pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanligini mujassamlashtiradi”.
Jismoniy tarbiya instruktorining o‘quvchilarga nisbatan mehribonligi, hayrixohligi bolalarni sevishi insoniy talabchanlik asosida ko‘rilmog‘i lozim, insonparvarlikka asoslangan talabchanlik o‘quvchilarni intizomga chaqiradi, o‘z hulq-atvori to‘g‘risida o‘ylashni, o‘ziga boshqalar ko‘zi bilan qarashni, salbiy xususiyatlarini qayta tarbiyalashni, ijobiy fazilatlarini takomillashtirishni yo‘lga qo‘yishga da’vat etish muddaosiga erishadi. Buning uchun jismoniy tarbiya instruktori talabning me’yorini bilishi lozim. Talab istiqbolli bo‘lib, bolaning kelajak hayoti, sport faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan, bolalarni sportga qiziqishlarini takomillashtiruvchi yo‘naltirilgan bo‘lsagina, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
L. Ruvinskiy tahriri ostida chop etilgan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” qo‘llanmasida talablarning bir necha shakllari ko‘rsatib o‘tilgan, jumladan, iltimos shaklidagi talab, ishonch bilan talab qilish, talab-ma’qullash, talab-maslahat, o‘yin shaklidagi talab, talab-sha’ma, shartli-talab, qoralovchi talab, ishonchsizlik asosidagi talab, talab qo‘rqitish va boshqalar.
Jismoniy tarbiya instruktori shaxsiy sifatining yana bir ko‘rinishi “uning shaxsiy namunasidir. O‘tmish mutafakkirlari “mehnat shaxsni shakllantiradi” deb da’vat etgan edilar. Darhaqiqat, jismoniy tarbiya instruktorining shaxsiy namunasi tarbiyalanuvchi uchun hayot darsligi vazifasini o‘taydi. Shaxsiy namuna o‘z ishiga bo‘lgan munosabatda, tarbiyalanuvchilarni, tushunish, hurmat qilish, talabning me’yorda bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Jismoniy tarbiya instruktorining shaxsiy namunasi har qanday pedagogik jamoadagi munosabati bilan, belgilanadi. Shuning uchun jismoniy tarbiya instruktori sinchkov, ziyrak, chidamli, sabr-toqatli, o‘zini tuta biladigan, xayrixoh, muntazam o‘z hissiyotini, faoliyati, xulq-atvorini nazorat qila oladigan kishi bo‘lishi lozim. Shundagina ish ham, tarbiya ham unumli bo‘ladi. Tarbiyalanuvchilar o‘zlarining qilgan ishlari, xulq-atvorlariga qo‘yiladigan bahoga ziyraklik bilan kuzatuvchan bo‘ladilar. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya instruktorining qay holatlarida haq, qay vaziyatlarda u nohaq ekanligini aniq baholaydigan bo‘ladilar. Munosabatda xulq-atvorda vazminlik og‘ir- bosiqlik, talabda ob’ektivlik hozirgi davr jismoniy tarbiya instruktorining muhim shaxsiy sifatlaridan biridir.
Jismoniy tarbiya instruktorining shaxsiy fazilatlarini uning kasbiy xususiyatlari to‘ldirsa, u kasbiy mahorat pillapoyalari sari yana ilgari odimlaydi. Yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, jismoniy tarbiya instruktori kasbiy mahoratini,
uning bilimdonligi pedagogik-psixologik, metodik tayyorgarligi, erudutsiyasi, ijodkorligi, tarbiyalanuvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab topishi kabi malakalar tashkil etadi. Pedagogik mahoratning bu malakalari insonparvarlik, kasbiy bilimlar, pedagogik texnika, pedagogik qobiliyat mazmunida tarkib topib boradi. Jismoniy tarbiya instruktori pedagogik mahoratining bunday tarkibiy qismlari jismoniy tarbiya instruktorining g‘oyaviy-siyosiy tayyorgarligi, o‘quv predmetining ilmiy-nazariy va amaliy asoslari bilan qurollanish, muntazam mustaqil bilim olishga intilishi kabi xususiyatlar bilan to‘ldiriladi.
Komponentlar o‘zaro pedagogik mahoratning mazmunini tashkil etadi. Izohlab o‘tilgan jismoniy tarbiya instruktorining shaxsiy va kasbiy sifatlari, uzviy bog‘liqlikda shakllanib takomillashib boradi. Ular pedagogik faoliyat zaminida mustahkamlanar ekan tarbiyalanuvchilar bilan bo‘lgan munosabatlarda, ularning qalbini bilishga intilishda, o‘z shaxsiy va kasbiy faoliyatini muntazam nazorat va tahlil qilishda namoyon bo‘ladi. Mabodo jismoniy tarbiya instruktori pedagogik kasbni faqat tarbiyalanuvchilarga jismoniy tarbiya bo‘yicha bilim berish, ularni sportchi qilib tarbiyalashdan iborat deb bilsa, katta xatolikka yo‘l qo‘yadi. Shuning uchun u vaqti-vaqti bilan o‘z ishlarini, muomalasini, munosabatlarini, xoh u ijobiy bo‘lsin, xoh salbiy tahlil qilib borishga odatlanish kerak. Bulardan tashqari, kasbiy mahorat tizimida yana shunday masalalar, borki ularni bilmaslik, ularga e’tiborni qaratmaslik maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirishni qiyinlashtiradi, oqibat-natijada pedagogik mahoratni shakllantirish va uni takomillashtirish ishlariga sharoit yaratilmaydi.
Pedagogik entsiklopediyada pedagogik mahoratga quyidagicha ta’rif berilgan: “Pedagogik mahorat – o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”.
yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat
bo‘ladi.
pedagog shaxsini
|
| |