• PEDAGOG FAOLIYATNING VAZIFALARI
  • Pedagogning professional kompetentligi va mahorati




    Download 6,03 Mb.
    bet13/58
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,03 Mb.
    #236422
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58
    Bog'liq
    2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI

    3.

    4.

    5.



    Mashg‘ulot bosqichlarini to‘g‘ri taqsimlay olish lozim. Ya’ni mashg‘ulotni qanday boshlash, uni o‘tkazish va qanday tamomlash oldindan hal qilib olinishi kerak.
    Mashg‘ulot o‘tiladigan joy sanitar-gigienik talablarga javob berishi kerak. Har bir o‘quvchi texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirilishi shart.
    Har bir mashg‘ulot mavzuga mos ravishda o‘quvchilar soni va yoshiga mos ravishda kerakli vositalar bilan jihozlanmog‘i lozim.
    Har bir mashg‘ulot aniq g‘oyaviy, mafkuraviy izlanishga ega bo‘lishi
    lozim. Murabbiy esa ulardan tarbiyaviy maqsadda tarbiya metodlaridan samarali foydalanmog‘i lozim.
    Har bir mashg‘ulot xarakteriga mos usul, shakl va vositalardan samarali foydalanilgan holda tashkil etilishi lozim.
    Mashg‘ulot uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish darkor.
    Dars jarayonida murabbiy va o‘quvchi o‘zaro faol munosabatda bo‘lishi
    lozim.
    Mashg‘ulotlar butun guruh bilan va har bir o‘quvchi bilan, ularning
    shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olingan holda olib borilish kerak.
    Mashg‘ulotning mazmuni va xarakteriga qarab xalqimizning boy ma’naviy merosidan va ma’naviy qadriyatlaridan samarali foydalanish.


      1. PEDAGOG FAOLIYATNING VAZIFALARI


    Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida “Pedagogning professional kompetentligi va mahorati” moduli negizida tinglovchilarni pedagogik mahorat asoslar bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Zero, tinglovchilar tomonidan pedagogik mahoratning tarkibiy elementlari bilan tanishtirish, ularda pedagogik texnika, nutq madaniyati, pedagogik deontologiya, kommunikativ qobiliyat, pedagogik nizo, shuningdek, zamonaviy pedagogning imidji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning o‘zlashtirilishi va mazkur bilimlar negizida zarur malakalarning o‘zlashtirilishi sport ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayon sifatini yaxshilash, samaradorligini ta’minlashni kafolatlaydi.
    Mazkur modul bo‘yicha tinglovchilarni pedagogik mahorat va uning tarkibiy elementlari bilan tanishtirish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
    - tinglovchilarni pedagogik mahoratning tarkibiy qismlariga doir nazariy bilimlar bilan qurollantirish;


    • tinglovchilarda pedagogik faoliyatni oqilona tashkil etish, pedagogik jarayonni samarali yo‘lga qo‘yish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;

    • tinglovchilarning pedagogik va nutq texnikasiga ega bo‘lishlarini ta’minlash;

    • tinglovchilarda pedagogik deontologiya va pedagogik madaniyat sifatlarini tarkib toptirish, pedagogik qobiliyatni rivojlantirish;

    • tinglovchilar tomonidan pedagogik muloqot, pedagogik nazorat (takt) va pedagogik ta’sir ko‘rsatish malakalarini etarli darajada o‘zlashtirilishini ta’minlash;

    • tinglovchilarda pedagogik madaniyat sifatlarini shakllantirish.

    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlarining kasbiy mahoratlari haqida so‘z yuritishdan avval “mahorat” va “pedagogik mahorat” tushunchalarining mohiyati bilan tanishib olish maqsadga muvofiqdir.
    O‘z kasbining sirlarini chuqur biladigan, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan, dunyoviy va diniy bilimlarga ega, olimkor va tadbirkor, tashkilotchi va fidoiy, vatanparvar va mehribon, bag‘rikenglik va xayrixohlik xislatlariga ega bo‘lgan, bilganlarini boshqalarga o‘rgatishga va metodik yordamga muhtojlarga yordamini ayamaydigan shaxslar haqida gapirilganda “U mahoratli va mehribon” degan so‘zdan foydalaniladi.

    Mahorat
    “mahorat” – mohirlik, ustalik, epchillik) – bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o‘ta mohirlik bilan bajarish..
    – shaxsning tajriba orqali orttirilgan xususiyati. Biror sohadagi
    moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoliyat sohasidagi yuqori darajada egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda yuqori sifat va samaradorlik bilan qo‘llash.


    Download 6,03 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   58




    Download 6,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogning professional kompetentligi va mahorati

    Download 6,03 Mb.