|
Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
|
bet | 48/58 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,03 Mb. | | #236422 |
Bog'liq 2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI O‘qituvchining echimi
Birinchi o‘qituvchi tomonidan garchi pedagogik talab qo‘yilayotgan bo‘lsa-da, biroq, bu talabning yuqoridagi kabi ifodalash mumkin emas. Aslida o‘qituvchining yondashuvi pedagogik talabni ifodalashi lozim. Ammo qo‘pollik, qo‘rslik bilan qo‘yilgan pedagogik talab hech qanday tarbiyaviy ahamiyat kasb etmaydi, aksincha, ta’sir ko‘rsatadi. Qolaversa, o‘qituvchining yondashuvi bilan ta’lim oluvchilarda bir-birlariga nisbatan ishonchsizlik, bir-birini hurmat qilmaslik kabi sifatlar qaror topishiga zamin yaratib beradi.
Bir qaraganda ikkinchi o‘qituvchi tomonidan pedagogik talab buzilmoqda. Ammo, ta’lim oluvchilarga nisbatan xayrixohlik, samimiylik ta’lim oluvchilarga aksincha ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchining o‘zlariga nisbatan xayrixohligini his etgan ta’lim oluvchilar pedagogik talabga zid ish qilmaslikka harakat qilishadi.
MIKROKEYS
Madina 2 yoshda u juda ham quvnoq, hamma bilan oson muloqotga kirishadigan, juda ko‘p she’rlar biladigan qiz. Uni bog‘chaga berishdi va bir oy davomida bola injiq, yig‘loqi, duduqlanadigan bo‘lib qoldi.
Pedagog ota-onani oldida doim qizga nisbatan xushmuomala bo‘lib, erkalatardi. Ota-ona vaziyatni surishtirsa, pedagog uyda qo‘rqib ketgan bo‘lsa kerak, deb vaziyatni yumshatishga harakat qildi. Boladan so‘ralsa, bola hech nima gapirib bera olmaydi.
Savollar:
Bu vaziyatda kim aybdor?
Ota-ona qanday yo‘l tutishi kerak?
Bolaga endi qanday munosabat bildirish kerak?
Tinglovchilarga tavsiya etiladigan manbalar:
“Pedagogika” va “Psixologiya”ga oid adabiyotlar.
Tinglovchilar uchun ko‘rsatmalar:
Keys mohiyatini etarlicha anglab oling.
Berilgan manbalarga tayangan holda muammoning echimini topishga xizmat qiluvchi tarbiya tamoyillarini aniqlang.
Aniqlangan tarbiya tamoyillari orasidan muammoga barchasidan ko‘proq daxldor bo‘lgan, eng muhim tamoyil (yoki ikkita tamoyil)ni ajrating.
Ana shu tamoyil (tamoyillar) asosida echimni asoslashga uring.
Echimni bayon eting.
|
| |