|
Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
|
bet | 44/58 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,03 Mb. | | #236422 |
Bog'liq 2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATIguruhga topshiriq: “Amaliy” tarbiya usulidan 5-6 yoshlilar guruhi bilan
bo‘ladigan faoliyatingizda qanday muammoni bartaraf etishda foydalangansiz?;
guruhga topshiriq: “Namuna bo‘lish” tarbiya usulidan 6-7 yoshlilar guruhi bilan bo‘ladigan faoliyatingizda qanday muammoni bartaraf etishda foydalangansiz?;
Mavzuni xulosalash:
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib borar ekan, unga muvofiq ravishda tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi.
O‘z-o‘zini samarali boshqarish (rivojlantirish)ning 37 qoidasi
Kamolotga va takrorlanmas (yagona) bo‘lishga intiling!
O‘z-o‘zini tahlil qilishga e’tibor qarating!
O‘zingizga nisbatan talabchan bo‘ling!
O‘zingiz uchun goho-goho dam olishni uyushtiring, “mehnatning quli” bo‘lmang!
Boshqalarga achining, biroq, o‘zingizga achinishingizga yo‘l qo‘ymang!
O‘z orzu-istaklaringizning quliga aylanmang!
O‘zingiz uchun o‘ziga xos hayot tarzini yarating!
Muloqot madaniyatini o‘zlashtiring!
Jiddiylik, bosiqlik talab etilganda jiddiy, bosiq bo‘ling!
O‘zingizning kuchingiz va qobiliyatingizga ishoning!
Vaqt tutqich bermaydi, uni qo‘ldan boy bermang!
Xatolar saboq chiqarishingizga yordam beradi, unutmang, hatto qirollar ham xatoga yo‘l qo‘yadilar.
Vaqti-vaqti bilan tanaffus qilishga, nafas rostlashga harakat qiling!
Ilm o‘rganing!
O‘tmishga nazar tashlamang, bugun bilan yashang va ertani o‘ylang!
Mehnat insonni takomillashtirishini unutmang!
Harakatlaringizning izchil bo‘lishiga erishing!
Bugun bajarishingiz mumkin bo‘lgan ishni ertaga qoldirmang!
Boshqalarni nima uchun kechira olmasangiz, o‘zingizni ham ana shular uchun kechirmang!
O‘z ustingizdan hukmronlik qilishingiz, boshqalarning ustidan hukmronlik qilishingizning garovidir!
Boshqalardan ular mukammal bo‘lmaganliklari uchun xafa bo‘lmang!
O‘z hissiyotlaringizni boshqara olsangiz, engilmas bo‘lasiz!
Ruhiy zo‘riqishlar (stress)larni bartaraf etishni o‘rganing!
Irodangizni chiniqtirib boring!
O‘z tanangizni nazorat qilishni o‘rganing, uning hukmdoriga aylanasiz!
Kamchiliklaringiz bilan kurashishda mohir jangchi bo‘ling!
“Oq qarg‘a” bo‘lish (boshqalardan ajralib turish)dan qo‘rqmang!
O‘z oldingizga aniq maqsad qo‘yishni o‘rganing!
Oliy maqsadlarga intilishni o‘rganing!
Ko‘pchilik o‘rniga ishlash – qorga yozish kabi befoyda ekanligini unutmang!
Tartib - tartibli bo‘lishning muhim omili!
O‘zingizni himoya qilishni, g‘ururli bo‘lishni o‘rganing!
Izzattalabligingizdan foydalanib, qirol bo‘ling!
Hiyla-nayranglarning qurboni bo‘lmang!
Xatti-harakatlaringiz ustidan intuitsiya (ichki sezgi)ngizning ustun kelishiga yo‘l qo‘yib bering!
O‘zingizga tez-tez “Nima uchun?” degan savolni berib turing!
Muvaffaqiyatsizliklardan cho‘chimang – ular Sizni olg‘a intilishga rag‘batlantiradi!
|
| |