• Mashg‘ulotda “Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi. “Aqliy hujum” savoli
  • – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
  • Pedagogning professional kompetentligi va mahorati




    Download 6,03 Mb.
    bet42/58
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,03 Mb.
    #236422
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
    Bog'liq
    2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI

    Jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi-o‘quvchilar tanasidagi barcha a’zolarni sog‘lom o‘sishini ta’minlash barobarida ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. O‘quvchilarning jismoniy kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik boshqarish jismoniy tarbiyaning vazifasidir. Jismoniy tarbiya tizimida jarayoniy kamolot diagnostikasi muhim o‘rin tutadi. Jismoniy kamolot jismoniy tarbiya saviyasi, fan tili bilan aytganda, jismoniy tarbiya samaradorligi ko‘rsatgichidir. Agar diagnostika o‘quvchilarning yoki biror-bir o‘quvchining jismoniy va tibbiy ko‘rsatgichlari pasayib ketayotganligini ko‘rsatsa, demak, zudlik bilan jismoniy tarbiyadagi mavjud tizimni o‘zgartirish kerak.


    Mashg‘ulotda “Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi. “Aqliy hujum” savoli:


    1. Jismoniy tarbiya mashg‘uloti jarayonida Siz qanday tarbiya usullaridan
    foydalanasiz?
    Javoblar tinglanadi va muhokama qilinadi. Mavzu bo‘yicha mini-ma’ruza o‘tkaziladi. Mini-ma’ruza matni:

    – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.


    Tarbiya maqsadi va mazmuni usullarni to‘g‘ri tanlashga imkon beradi.
    Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish usullari unga muvofiq bo‘lishi zarur.
    Tarbiya usullari bu tarbiyachi va jamoa tomonidan g‘oyaviy-axlokiy e’tikodlar, siyosiy bilimlar, xis - tuygu va odatlar, did, faxm -farosat, iymonni tarkib toptirish maksadida ko‘llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullaridir. Shuningdek, tarbiya usullari tarbiyalanuvchining o‘z shaxsini takomillashtirishga, xarakat kilishni xam nazarda tutadi.

    Tarbiya usullarining quyidagi turlari mavjud:

        • so‘z orqali;

        • ko‘rgazmali;

        • amaliy;

        • namuna bo‘lish:

        • rag‘batlantirish;

        • jazolash.

    Bu usullar axlok, odob va tarbiyaning barcha tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Xalk pedagogikasida turli xil tarbiya usullari, vositalaridan foydalanilgan. Bu usul va vositalar nixoyatda xilma - xil bo‘lib, ko‘p tomonlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik kiladi. Chunki, bu usullar ilmiy pedagogikaning shakllanishida xam o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
    O‘quvchilarda o‘z-o‘zini tarbiyalashni shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini tarbiyalash - shaxsning o‘z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari qadr-qimmati, kamchiliklarini baholay olishidir.
    O‘z-o‘zini tarbiyalash orqali o‘ziga ta’sir qilishning quyidagi usullari mavjud:

        • o‘z-o‘zini ishontirish;

        • o‘z-o‘ziga buyruq berish;

        • o‘z-o‘zini majbur qilish;

        • o‘z-o‘zini rag‘batlantirish;

        • o‘z-o‘zini jazolash, o‘z-o‘zini mashq qildirish.

    Yuqorida keltirib o‘tilgan asosiy tarbiya usullari ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, bir vaziyatni boshqarish, tarbiyalanuvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish va to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, jismoniy mashklar va sportda qiyinchiliklarni engib o‘tishga mo‘ljallangandir.



    Download 6,03 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




    Download 6,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogning professional kompetentligi va mahorati

    Download 6,03 Mb.