|
-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI. PEDAGOGNING AUTOPSIXOLOGIK PROFESSIONAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
|
bet | 41/58 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,03 Mb. | | #236422 |
Bog'liq 2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI 2-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI. PEDAGOGNING AUTOPSIXOLOGIK PROFESSIONAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Mashg‘ulotning borishi
Mashg‘ulotda “Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi. “Aqliy hujum” savoli:
1. Qanday tarbiya turlarini bilasiz?
Javoblar tinglanadi va muhokama qilinadi. Mavzu bo‘yicha mini-ma’ruza o‘tkaziladi. Mini-ma’ruza matni:
– tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyati va o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatishidir.
o‘rganish, tahlil qilish, bu usullardan pedagogik jarayonda
foydalanish, ko‘nikma va malakalarni egallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruhga ajratish mumkin: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, axloqiy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy, estetik, jismoniy kabi turlari mavjud.
Axloqiy tarbiya. Axloq, xulq va atvor arabcha so‘z bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida ishlatiladi. Ayrim adabiyotlarda axloq kishilarning har bir jamiyatga xos xulq normalari majmui deyilsa, boshqalarida esa, ijtimoiy ong shakllaridan biri, sotsial tartib-qoida bo‘lib, bu tartib-qoida ijtimoiy hayotning istisnosiz hamma sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish funktsiyasini bajaradi deyiladi.
Huquqiy tarbiya. Mamlakatimizda juda katta ijtimoiy – iqtisodiy
o‘zgarishlar ro‘y berganligi, yangi jamiyat barpo etilganligi natijasida qonunchilik va huquq – tartibotni yanada mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini kuchaytirish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.Huquqiy tarbiyaning etarli darajada shakllanmaganligi, o‘quvchida mas’uliyat tuyg‘usining etarlicha rivojlanmaganligida, oilaga va jamiyatga nisbatan o‘z burchini bilmaslik yoki tan olmaslik kabi urinishlarida ko‘rinadi. Hozirga davrda o‘quvchilar bilan huquqiy tarbiya berishning yangi shakllari qo‘llanilmoqda. To‘plangan ilmiy bilimlardan, pedagogik tajribalardan oqilona foydalanish, o‘quvchilarga davlatimiz qonunlari va qoidalariga muntazam rioya qilish ko‘nikmalarini singdirish huquqiy tarbiyaning samarali amalga oshirish garovidir.
E kologik tarbiya. Ekologik tarbiya insonning atrof-muhitga nisbatan
munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim muassasalari barcha fanlarni o‘qitish
amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Iqtisodiy tarbiya. O‘quvchilarga o‘quv muassasasi va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish ko‘pdan beri pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelmokda. Bozor iqtisodiga o‘tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir. Iqtisodiy tarbiyani barcha maxsus fanlar orqali amalga oshirish mumkin.
E stetik tarbiya. Estetik tarbiya ancha keng ma’noga ega bo‘lib, shaxsni tabiat va jamiyatdagi go‘zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o‘rgatadi. Shuningdek, estetik faoliyatga, voqelikni go‘zallik qonun-qoidalari asosida o‘zgartirishga qobiliyatli shaxsni tarbiyalaydi.
|
| |