|
Pedagogs international research journal Pdf ko'rish
| bet | 199/275 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 30,71 Mb. | | #228485 |
Bog'liq 20-5-PBBO`YICHA TAVSIYALAR
Ajiniyoz nomidagi NMPI, Pedagogika va Psixologiya yo`nalishi
2-kurs magistranti Roziqova Malika Olim qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik va uning
natijasida o`smir psixologiyasida yuzaga keladigan muammolar va ularning oldini
olish bo`yicha tavsiyalar yoritilgan.
Kalit so`zi:
ijtimoiy tarmoqlar, o`smir, qaramlik, alkogolizm, giyohvandlik,
yolg`izlik hissi, depressiya, stress.
Davlatning jadal rivojlanishi, ma`lum bir yutuqlarga erishishi, shu xalqning
farovon bo`lishi mazkur davlatda yosh-avlodning ta`lim –tarbiyasi va kelajagiga
beriladigan e`tiborga bog`liq. Shu ma`noda O`zbekistonda yoshlar masalasi davlat
siyosatining eng ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Buni
Prezidentimizning Sh. Mirziyoyevning BMT Bosh Assembliyasining 72 –
sessiyasida so`zlagan nutqida “Bizning asosiy vazifamiz-yoshlarning o`z
salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat” deya aytgan
so`zi va bu so`zning isboti sifatida ta`lim – tarbiya amalga oshirilayotgan islohotlar,
qabul qilinayotgan ko`plab qaror va farmoishlar va ularning ijrosini ta`minlash
maqsadida amalga oshirilayotgan chora va tadbirlar misolida ko`rishimiz mumkin.
Ta`lim muassasalarini oxirgi texnologiyalar bilan jihozlash, respublikadagi barcha
maktablarni yuqori tezlikdagi internet tarmog`iga ulangani buni amaldagi
ifodasidir. Hozirgi kun , ya`ni davr ruhini ifodalab, kun sayin, soat sayin barcha
sohalar
amaliyotiga
jadal
kirib
borayotgan
multimedia
va
internet
texnologiyalarining paydo bo`lishi axborot texnologiyalarining maktablarda ta`lim
va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo`l
|
| |