|
Proceedings of Global TechnovationBog'liq 843-Article Text-2655-1-10-20210331 (1)Proceedings of Global Technovation
5
th
International Multidisciplinary Scientific Conference
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencepublication.com
March 30
th
2021
210
Ta‟lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini
tushunishga bog‟liqdir, y‟ani ular falsafiy fikrlarni, ta‟lim jarayonining mohiyati va
tamoyillarini to„g‟ri anglash natijasidir.
Innovatsion metodlar o„quv materiali mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantiqiga
bog‟liqdir. O„quv materialining mazmuni tobora chuqurlashib, murakkablashib va ilmiy tus
olib bormoqda, shuning uchun talim metodlari ilmiy bilishning mantiqi va metodlariga tobora
ko„proq bog‟liq bo„lib qolmoqda.
Har bir metod psixologik asosga ega. Bolaning o„quv materialini o„zlashtirishdagi yosh
imkoniyatlari va uning etuklik darajasi o„qitish va o„qish usullariga juda katta ta‟sir
ko„rsatadi. O„quvchilarning fikrlash faoliyatini va shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish
o„qitishning samaraliroq usullarini topish imkonini beradi.
Biz foydalanadigan metodlar o„sayotgan organizmning anatomik-fiziologik, biologik
xususiyatlariga ham bog‟liqdir. O„quvchilarning bilish faoliyatini tashkil qilishda ularning
yoshiga xos biologik o„sishni hisobga olish kerakki, ta‟limning ko„pgina jihatlari ish qobiliyati,
charchash, ijodiy kayfiyat, jismoniy sog‟liq, maktabdagi gigiena sharoitlari aynan shu o„sishga
bog‟liqdir.
Ta‟lim metodlari nazariy jihatdan yaxshi asoslangan bo„lishi, pedagogik nazariyadan
kelib chiqishi kerak, ammo, ta‟lim metodlari amalda qo„llanilmasa, foydasiz bir narsaga
aylanadi.
Amaliy yo„llanganligi ta‟lim metodlarining eng muhim tomonlaridan biridir. Bu
metodlarda pedagogik nazariya amaliyot bilan bevosita bog‟langan. Nazariya qancha chuqur
va ilmiy bo„lsa, ta‟lim metodlari o„shancha samarali bo„ladi. Pedagogik qarashlarda nazariya
qancha kam ifodalangan bo„lsa, ta‟lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog‟liq bo„ladi.
Pedagogika fani maktablar va o„qituvchilarning ilg‟or ish tajribalarini umumlashtiradi,
an‟anaviy ta‟limning ilmiy asoslarini ko„rsatib beradi, o„qitishning zamonaviy, samarali
metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi.
O„qitish metodlarini bilish manbalari bo„yicha tasniflash ancha oddiy bo„lib, ular maktab
amaliyotida keng tarqalgan. Bu belgi bo„yicha metodlar quyidagi uch guruhga bo„linadi:
1. Og‟zaki metodlar (bilimlarni so„z bilan bayon qilish, suhbat, darslik ma‟lumotnoma va
ilmiy adabiyotlar bilan ishlash).
2. Ko„rsatmali metodlar rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar.
3. Amaliy metodlar (mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar).
Bular ma‟lum darajada shartlidir, chunki mazkur metodlarning hammasi o„zaro chambarchas
bog‟liq bo„lib, ularni doim ham aniq chegaralab bo„lmaydi.
O„qituvchi darsga tayyorlanishda va uning uchun eng muvofiq metodlarni tanlashda
aynan shu metodlarning bajarilishi mumkinligini va ularning strukturasini hisobga olib, shu
asosda, masalan, rag‟batlantirish, tarbiyaviy va kamol toptirish vazifalarini kuchaytiruvchi
murabbiydir.
Ta‟limning interfaol metodlari.
Interaktiv metodlar o„quvchi va o„qituvchining birgalikdagi faoliyati bo„lib, asosan
o„quvchilarni fikrlashga undaydi.
Inter ingliz tilidagi
“inter” old qo„shimchasidan iborat bo„lib, u tom ma‟noda o„zaro ta‟sir,
yo„nalganlik ma‟nosini anglatadi. Bu erda
“act” so„zi keng doirada, xalqaro miqyosdagi ta‟sir,
harakat, yo„nalganlik mazmuniga ega. İnterfaol atamasiga kelsak, u “interactive” ya‟ni keng
xalqaro miqyosdagi harakat faolligini bildiradi. Lotincha inter so„zining ma‟nosi – ichki
potentsial imkoniy quvvat degani.
Interfaol ta‟lim – bilim, ko„nikma, malaka va muayyan ahloqiy sifatlarni o„zlashtirish
yo„lidagi o„zaro harakatlarni tashkil etishga asoslanuvchi ta‟limdar.
Interfaol metodining asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O„quvchilarni mustaqil, ijodiy tanqidiy, mantiqiy fikrlashga o„rgatish;
|
| |