|
Proceedings of Global TechnovationBog'liq 843-Article Text-2655-1-10-20210331 (1)Proceedings of Global Technovation
5
th
International Multidisciplinary Scientific Conference
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencepublication.com
March 30
th
2021
211
2. Muammoli vaziyatni amaliy va hayotiy topshiriqlar asosida yechish;
3. O„z-o„zini fikrlashga majbur etish;
4. Faollashtirish;
5. O„quvchilarni tashkilotchilik va yo„naltiruvchanlikka undash;
6. Do„stona munosabatlarni shakllantirish.
7. Refleksiya
İnterfaol usul tarbiya nuqtai nazaridan, har bir kishini ruhiy, ilohiy tavsifini ko„zda
tutgan hoda, xalqaro miqyosdagi ta‟lim – tarbiya yangiliklarni hamda ma‟naviy
manbalarimizdagi aks ettirilgan intellektual salohiyatimiz ko„nikmalariga asoslanib komil
farzand tarbiyalash demakdir.
Ta‟lim mazmuning interfaol metodlar bilan aloqasi. Shunday qilib, biz o„qitish
metodlarini tanlashni takomillashtirishning birinchi muhim shartini ularni tizimlashni, o„quv
jarayonini rejalashtirish muolajalari amaliyotida qo„llash bilan bog‟liqlikni aniqlashtiradigan
yaxlit yondashuvni tavsifladik.
Pedagogikada an‟anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda ishlab
chiqilgan, keyingi yillarda didaktik olimlarning ishlarida ularning yigirmadan ortig‟i
keltiriladi.Interfaol metodlarni tanlash mezoni – ularning ta‟lim va tarbiyani
rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yo„nalganligidir. Bu mezon turli xil metodlarni u
yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo„li bilan joriy etiladi, chunki
ijtimoiy tajriba elementlarini o„zlashtirishda ularning imkoniyatlari turlichadir.
Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta‟lim mazmuni
xususiyatiga mos kelishdir.
Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi. Shu bousdan bu
mezonning hisobga olinishi shubhasiz . Bir metod yordamida mavzu mazmuni to„laroq ochib
berilsa, boshqasi uni ijobiy o„zlashtirishga imkon tug‟diradi.
Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning o„quvchilar o„quv
imkoniyatlariga to„liq mos kelishi, ya‟ni samarali o„quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart-
sharoitlarining birligini ta‟minlashdir.
Interfaol o„qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga
mos kelishi lozim. Bu pedagogning o„qitish metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan o„qitsh
jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta‟lim mazmuni nazariyasi va boshqa
mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi.
Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi ularning o„quv jarayonini
tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir. Darvoqe, o„qitishning yalpi, guruhli va individual
shakllari turlicha metodlarni talab etadi.Misol uchun debat metodi ikki o„quvchi o„rtasidagi
bahs hisoblansa, “aqliy hujumda” guruhdagi barcha o„quvchilarning ishtiroki zarur bo„ladi.
Interfaol metodlarning pedagogik texnologik prinsiplariga mos kelishi
umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi. Ma‟lumki, pedagogik texnologiya ham ma‟lum
qonuniyatlar asosida loyihalanadi va o„quv jarayonini tashkil etishga asos yaratadi, joriy
qilingach esa yakuniy natijani, o„quvchining yoki mavzuni mustaqilligini ta‟minlaydi.
Ta‟limning umumiy maqsadidan kelib chiqib o„qitishning ayni bosqichidagi tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi masalarni yechish zaruratni hisobga olgan holda ajratilgan variant
tahlillanadi va baholanadi.
Zamonaviy ta‟limni tashkil etishga qo„yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha
ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa
vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o„quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‟lum
faoliyat yuzasidan ko„nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o„quvchilar faoliyatini
nazorat qilish, ular tomonidan egallangan
bilim, ko„nikma, malaka darajasini baholash
o„qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‟lim jarayoniga nisbatan yangicha
yondoshuvni talab etadi.
|
| |