Proceedings of Global Technovation




Download 481,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana17.12.2023
Hajmi481,45 Kb.
#121099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
843-Article Text-2655-1-10-20210331 (1)

Proceedings of Global Technovation 
5
th 
International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencepublication.com 
 
March 30
th
 2021 
214 
2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarni solishtirish, taqqoslash yoki qarama-qarshi 
qo`yish uchun qo`llaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash va tahlil qilish 
ko`nikmalarini rivojlantiradi. 
İnterfaol metodlar o„quvchilarda ijobiy hamkorlikning har bir kishi uchun qanday katta 
manfaat kasb etishini amalda ko„rsatadi. Shunda o„quvchilar fikrlar xilma – xilligidan 
cho„chimaydilar, balki undan o„zaro manfaatdor bo„ladilar va atrofdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
hodisalarga ongli munosabatda bo„ladilar. 
“Tarmoqlar” metodi (Klaster)
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo„lib, u o„quvchilarni biron bir 
mavzuni chuqur o„rganishlariga yordam berib, o„quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha 
yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‟lagan holda 
tarmoqlashlariga o„rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o„rganishdan avval o„quvchilarning fikrlash faoliyatini 
jadlashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o„tilgan 
mavzuni mustahkamlash, yaxshi o„zlashtirish, umumlashtirish hamda o„quvchilarni shu 
mavzu bo„yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. 
B/B/B JADVALI 
B/B/B metodi – o„quvchilar olgan bilimlarni hisobga olgan holda ularni kengaytirish va 
chuqurlashtirishda qo„llaniladi. Mavzu, matn, bo„lim bo„yicha izlanuvchanlikni olib borish 
imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko„nikmalarini 
rivojlantiradi. Bu metod Blum toksonomiyasi deb yuritiladi. Haqiqiy ustoz o„quvchiga faqat 
bilim emas, balki fikrlashni o„rgatadi. O„quvchining bilimi erishgan yutug‟i ustoz mehnatining 
mahsulidir.
Interaktiv metodlar o„quvchilarda doimiy faollikni ta`minlaydi. 
O„quvchilar dars davomida bo„sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band 
bo„ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi. 
3. Texnologiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish
Aytsang unutaman 
Ko„rsatsang, eslab qolaman 
O„zim bajarsam, anglab yetaman. 
Xitoy faylasufi Konfutsiy 
(mil.avvalgi 551-479 yy) 
Bugungi kunda ta‟lim jarayonida o„quvchilarni bilim olishga qiziqtirish jiddiy 
muammoga aylanib borayotganligi hech kimga sir emas. Texnologiya fani mashg‟ulotlarida 
xam o„quvchilarni darsga qiziqtirish va kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida interfaol 
metodlardan atroflicha foydalaniladi. Quyida bir necha xillarini misol tariqasida keltiramiz. 
Venn Diagrammasi. 
Gazlamashunoslik bo`limida tabiiy va kimyoviy gazlamalarning bir-biriga o`xshaydigan 
va o`xshamaydigan xususiyatlarini taqqoslovchi vosita. Buning uchun ikki yoki undan ortiq 
doira quriladi.Doiralarning ikki tomoniga gazlamalarning nomlari yoziladi. Kesishuvchi 
doiralarga mos ravishda o`xshaydigan yoki o`xshamaydigan xossalari, qanday kiyim va 
boshqa uy-ro`zg`or buyumlari tikilishi mumkinligi yoziladi. 



Download 481,45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 481,45 Kb.
Pdf ko'rish