Proceedings of Global Technovation




Download 481,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana17.12.2023
Hajmi481,45 Kb.
#121099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
843-Article Text-2655-1-10-20210331 (1)

Proceedings of Global Technovation 
5
th 
International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencepublication.com 
 
March 30
th
 2021 
212 
Pedagogik texnologiya o„z mohiyatiga ko„ra subyektiv xususiyatiga ega, ya‟ni, har bir 
pedagog ta‟lim va tarbiya jarayonini o„z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqib holda 
ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan 
qat‟iy nazar pedagogik texnologiyalar quyidagi natijalarga erishishi kerak:
-pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish;
-o„qituvchi va o„quvchilar o„rtasida o„zaro hamkorlikni qaror toptirish;
-o„quvchilar tomonidan o„quv predmetlari bo„yicha puxta bilimlarning egallanishini 
ta‟minlashi;
-o„quvchilarda mustaqil, erkin va ijodi fikrlash ko„nikmalarini shakllantirishi;
-o„quvchilarning o„z imkoniyatlarini ro„yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish;
Inson imkoniyatlarining yana bir mo„jizaviy tomoni shundan iboratki, har bir kishi nodir 
va betakror bo„lishi bilan birga u ijtimoiylikka muxtoj qilib yaratilgan. Yani xatto har bir 
qobiliyatli kishi o„z aqliy – amaliy imkoniyatlaridan optimal foydalanganda ham intellektual 
imkoniyatlarini faqat – 4-5% ini ishga sola oladi.
Shuning uchun kishilarning qiziqishi, qobiliyatlar yo„nalishi turlicha bo„lib ular 
jamoalashganda aqliy imkoniyatlarning foydali ish koeffitsiyenti ko„payadi.
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta‟lim metodlari quyidagilar sanaladi. Interfaol 
metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O„quv keyslari”), “Blist-so„rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, 
“Muammoli ta‟lim” va b. 
Interfaol ta‟lim strategiyalari. “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, 
“Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta‟lim metodlari 
tarkibidan interfaol ta‟lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv 
ma‟lum ma‟noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar 
ham ko„proq jihatdan interfaol ta‟lim metodlariga tegishli bo„lib, ularning orasida boshqa 
farqlar yo„q. 
“Aqliy hujum” metodi – o„qituvchi o„quvchi egallashi kerak bo„lgan mavzuni oddiydan – 
murakkabga tomon bosqichma bosqich loyihalab beradi.
“Tarmoqlar” metodi – o„quvchini mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, 
mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o„rgatishga qaratilgan.
“3×4” metodi – o„quvchi-talabalarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g‟oyalarni bera 
olishi, talim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olishi, tarif bera 
olishiga qaratilgan.
“Blits-o„yin” metodi – harakatlar ketma-ketligini to„g‟ri tashkil etishga, mantiqiy 
fikrlashga, o„rganayotgan predmeti asosida ko„p, xilma-xil fikrlardan, malumotlardan 
kerakligini tanlab olishni o„rgatishga qaratilgan.
“İntervyu” texnikasi – o„quvchi-talaba savol berish, eshita olish, to„g‟ri javоb berish, 
savolni to„g‟ri tuzishni o„rgatishga qaratilgan.
“Bumerang” texnikasi – o„quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli 
adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o„rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so„zlab bera 
olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o„quvchini baholay 
olishga qaratilgan.
“O„quvchi” treningi – o„quvchi-talabalar bilan individual holda ishlash o„qituvchi va 
talaba o„rtasidagi to„siqni yo„q qilish, hamkorlikda ishlash yo„llarini o„rgatishga qaratilgan.
“O„qituvchi shaxsi” treningi – o„qituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi 
“O„qituvchi shaxsiga qo„yiladigan talabalar” mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho 
yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan.
“Muloqot” texnikasi o„qituvchilarni o„quvchilar diqqatini o„ziga jalb etish, dars jarayonida 
hamkorlikda faoliyat ko„rsatishga, uni tashkil etishni o„rgatishga qaratilgan.



Download 481,45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 481,45 Kb.
Pdf ko'rish