|
Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami 4 Affekt Pdf ko'rish
|
bet | 13/14 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 289,69 Kb. | | #136434 |
Shaxsiy kontakt – o’zaro hamkorlarni yagona sotsial butunlikka (ikki, uch yoki ko’proq
kishilardan iborat) birlashuv darajasini anglatuvchi shaxsiy munosabat tavsifidir.
Shaxs erkinligi – insonlarning o’z xayoti va faoliyatini amalga oshirish, ozod shaxs sifatida
mehnat qilish, bilim olish, o’zi istagan kasb, hunarli, diniy e’tiqod va boshqalar ixtiyoriy tanlash.
Shaxs – inson aktivligiga xos psixik boshqaruvchilarning maxsus insoniy tizimi, psixikadagi
shunday barqaror funksional tizimki, uning yordamida inson o’zi istiqomat qiladigan muhitda
tashabbuskor, maqsad sari intiluvchan bo’libgina qolmasdan, balki yaxshilashga ham qodir
bo’ladi. Inson shaxs sifatidagi fazilatlarni egallaganligining asosiy belgisi uning turli hatti-
harakatlarni sodir qila olish qobiliyati, ya’ni bir-birini inkor etuvchi imkoniyatlarni tanlash, o’z
hayoti hamda o’zgalar hayoti bilan ham bog`liq bo’lgan ko’plab muhim momentlarni sarhisob qila
olishi, o’z hatti-harakatlari uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga ola bilishi kabilardir.
Shaxsiy aloqadorlik – bu bog`liqlikning dinamik jihati bo’lib, hamkorlar o’rtasidagi maqsadga
erishishda qo’llaniladigan vositalarni kelishi, ulardan har birining qo’llaydigan strategiyasini
koordinatsiya qilishni ta’minlaydi. Aloqadorlik bog`liqlikni ishtirokchilar manfaatiga
moslashtirishning tez moslashuvchan mexanizmidan iborat. U kelishuv o’zaro hamkorlik yoki
kurashga, har bir tomonning o’z maqsadiga erishishi uchun undashi, muammo va vazifalarni
o’zicha tasavvur qilishi, ularni hal qilishning o’z usul va vositalaridan iborat bo’lishi mumkin.
Shaxsiy munosabat – bu hamkorlikdagi faoliyatning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladigan va
o’zaro aloqadorlikdagi strategiyalar kelishuvini kontaktlar o’rnatilishi va rivojlantirilishining
murakkab va serqirra jarayoni, ular o’rtasidagi munosabatlarning o’rnatilishi va saqlab turilishidir.
Kontakt, o’zaro aloqadorlik, munosabatlar, kommunikatsiya va idrok shaxsiy munosabatning
komponentlari hisoblanadi.
|
| |