• Hatti-harakat
  • Qayta hosil qilish
  • Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt




    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet12/14
    Sana13.01.2024
    Hajmi289,69 Kb.
    #136434
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Hayotiy ma’nolar – bu inson uchun uning borliq bilan befarq bo’lmagan shunday 
    aloqalari majmuasiki, ularda insonning uni o’rab olgan voqeilikdan ob’ektiv bog`liqligi sifatida 
    ham, uning ehtiyojlari va intilishlari ko’rinishida ham o’z aksini topadi. Biz kundalik hayotimiz 
    davomida hattoki, ko’p hollarda o’zimizning turmush psixologi ekanligimizni ham unutgan holda 
    ulardan juda ko’p foydalanamiz. Bu o’rinda «turmush» so’zidan tashqari «kundalik psixologiya» 
    yoki «odatiy psixologiya» deyish ham mumkin. Turmush (odatiy) psixologiyasi kundalik ong 
    tarkibiga kiradi. 
    Xotira – insonning o’tmishi tajribasini eslab qolish, fikriy tashkil qilish, saqlash va qayta 
    eslashga yo’naltirilgan ko’plab psixik jarayonlari, hatti-harakatlari, holatlaridir. 
    Hatti-harakat – insonning axloqiy o’z-o’zini ko’rsatish momenti bo’lib, bunda u boshqa 
    kishiga nisbatan munosabati, o’z-o’ziga, guruh yoki jamiyatga, umuman tabiatga nisbatan shaxs 
    sifatida o’zini namoyon qiladi. Hatti-harakat faoliyat yoki faoliyatsizlik; so’zlarda bildirilgan 
    pozitsiya; imo-ishora ko’rinishida, qarash, nutq ohangi, matnning ma’nosi shaqlidagi biron 
    narsaga nisbatan munosabatda jismoniy to’siqlarni yengib o’tish va haqiqatni izlash tomon 
    yo’naltirilgan harakatda kabilarda ifodalanadi. Hatti-harakat – sotsial hulq-atvorning asosiy 
    birligidir, uning hamisha guvohlari bo’ladi: o’zining sotsial ifodasini topmagan ichki yechimi hali 
    hatti-harakat bo’la olmaydi. Shuning uchun hatti-harakat orqaga qaytmas harakterga ega, uni 
    «qayta o’ynab» bo’lmaydi – aynan shu yerdan sodir etilgan hatti-harakat uchun shaxsiy 
    javobgarlik vujudga keladi. Hatti-harakatda inson shaxs sifatidagina namoyon bo’lib qolmasdan, 
    balki ushbu sifatda shaqllanadi ham. 
    Qayta hosil qilish – kuzatish mumkin bo’lgan u yoki bu belgilar shaqlidagi faollashgan 
    mazmunning qayta tiklanishi va qayta qurilishidan iborat bo’lgan aqliy hodisadir. 
    O’ylar – insonning hayotidagi kelajak hayot manzaralarini aks ettiradigan shirin tasavvurlari, 
    fantaziya va orzu-niyatlaridir. 



    Download 289,69 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt

    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish