Qarshi davlat universiteti




Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/25
Sana11.05.2022
Hajmi1.37 Mb.
#20861
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
avtomobil dvigatellarning korsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari
Лекция 2. Классификация микропроцессоров, bozor infratuzilmasi, jadval, Uchta maydondan iborat ma\'lumotlar tuzilmasi berilgan butun son, 5-22 Taqvim, 1-ma’ruza mavzu fanga kirish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (1), 90029, 170171, Dars ishlanma
Dvigatel 
quvvatini 
oshirishning 
ikkinchi 
usuli 
nadduvdir 
(Puflagichli) . 
Nadduv –dvigatel slindrlariga havo yoki yonuvchi aralashmani bosim 
ostida kiritish degani. Buning uchun havo yoki yonuvchi aralashma dastab 
kompressorda siqiladi, so„ng silindirga haydaladi. Silindirlarga havo yoki 
yonuvchi aralashma uch xil usulda amalga oshiriladi: a) yuritmali kompressor 
bilan; b) turbo- kompressor bilan; v) aralash usulda haydaladi (1.3- rasm) .


12 
1.3- Rasm. Nadduv sxemasi. 
a- yuritmali kompressor bilan; b- turbo- kompressor bilan; v- aralash usulda 
havo beriladigan 
Bu holda havo kompressorga tashqi muhitdan kiradi va ρk bosimgacha 
siqiladi, temperatura esa TK ga yetadi. Shundan so„ng havo dvigatel 
silindiriga ρk bosim bilan kiradi. Bu davr ichida havoning zichligi ρ0 oshib 
ρk ga yetadi Natijada, dvigatel silindiriga kirayotgan zaryadning massa 
miqdori atmosferadan kirgandagiga qaraganda ko„p bo„ladi. Demak, silindirga 
kirgan zaryadning miqdori oshgan sari, unga berilayotgan yonilg„ining 
miqdorini oshirish talab etiladi. Silindirda esa ko„p miqdorda yonilg„i va havo 
massasi yonadi, natijada dvigatelning quvvati ortadi. Nadduv usuli bilan 
dvigatel quvvatini 50...... 70 % gacha oshirish mumkin.
Agar kompressor harakatni tirsakli valdan olsa (1.3-rasm, a) dvigatel 
quvvatining ma‟lum qismi havoni siqishga sarflanadi. Bu usul ikki taktli 
YAAZ dizellarida qo„llanilgan. Hozirgi vaqtda esa avtomobil dvigatellarida 
kompressorni harakatga keltirish uchun ishlatilgan gazlar energiyasidan 
foydalaniladi. Kompressor gaz turbinalar yordamida harakatlanadi (1.3 – rasm, 
b). Bu holda chiqarish trubasidan chiqayotgan gazlar soploli apparat orqali 
turbinaning kurakchalariga uriladi, turbina katta tezlikda aylana boshlaydi va 
kompressorni harakatga keltirib, foydali ish bajaradi. Havo tashqi muhitdan 
kompressorga keladi va ρk bosimgacha siqilib, dvigatelning silindrlariga 
haydaladi. Bu usul YAMZ-238N dvigatelida qo„llaniladi. 


13 
1.1-diogramma. Nadduvli va nadduvsiz dvigatelning tashqi tezlik 
xarakteristikasi. 
1.1-diogrammada nadduvli va nadduvsiz YAMZ-238N dizellarining 
tashqi tezlik xarakteristikalari keltirilgan. 
Lokomotivlarga o„rnatiladigan dizellarda kombinatsiyalashtirilgan 
haydash usuli qo„llaniladi. Bu holda havoni siqish uchun tirsakli val yordamida 
ishlaydigan kompressordan hamda ishlatilgan gazlarning energiyasidan 
foydalaniladi. Bunda silindirga tushayotgan havoning bosimi katta bo„ladi, 
chunki havoni siqish ham birinchi, ham ikkinchi kompressorda amalga 
oshirilada. Nadduv qo„llanilganda siqish protsessining oxirida bosim va 
temperaturaning oshishi natijasida, yonish protsessining xarakteri bir oz 
o„zgaradi.
Bundan tashqari, yonuvchi aralashmaning boshlang„ich yuqori 
parametrlarga ega bo„lishi va yonish natijasida gazlarning maksimal bosimi 
ancha oshadi va dvigatelning umumiy termik zo„riqishi ko„payadi. Demak, 
dvigatelning konstruksiyasi nadduvni hisobga olgan holda hisoblanishi kerak. 
Karbyuratorli dvigatellarda detonatsiyali yonishning paydo bo„lishi 
sababli ularda nadduv qullash cheklangan. Dvigatellarda nadduv qullanilganda 
yonilg„i nasosining pretsizion juftlari va gaz taqsimlash fazalari mos tanlanishi 
kerak. Respublikamizda nadduv , asosan, dizellarda q o„llaniladi, bunda havoni 
haydash bosimi esa 0.95...1,05 Mpa ni tashkil qiladi. Nadduvli dvigatellar og„ir 
yuk ko„taradigan avtomobillarga o„rnatilmoqda, ular tog„li tumanlarda 
ishlatilganda maqsadga muvofiq bo„ladi.


14 
Dvigatel quvvatini oshirishning yana qo„yidagi usullari bor;
to„rt taktli dvigatel o„rniga ikki taktligini qo„llash , bu usul nisbatan kam 
qo„llaniladi, chunki bunday dvigatelning termik zo„riqishi kuchli va ishlash 
muddati kam bo„ladi;
Siqish darajasini oshirish. Bu usul karbyuratorli dvigatellarda qo„llanilib 
ε ning ma‟lum qiymatlarigacha (ε q 8....9) dvigatelga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi, 
lekin ε ning qiymati juda oshirib yuborilsa, detonatsiyali yoki o„z-o„zidan 
yonish protsesslari sodir bo„ladi;
To„ldirish koeffitsiyentini oshirish. Buning uchun kiritish va chiqarish 
turbalarining uzunligi to„g„ri tanlanib, ulardagi havoning to„lqinlanish 
bosimidan foydalaniladi va silindir hajmi o„zgarmagan holda uning diametri 
kattalashtiriladi. Bu holda silindr galovkasiga to„rtta klapn o„rnatishga imkon 
tug„uladi, natijada to„ldirish koeffitsenti ortadi;
-η/α nisbatni oshirish. Bu nisbat ichki yonuv dvigatellarida nisbatan 
kam o„zgaradi. 
1.2.2.Ishlatilgan gazlarning zaharliligini kamaytirish. 
Ichki yonuv dvvgatellari tashi muhitga va termik organizmga zarar 
yetkazadigan ko„p mikdorda zaharli moddalar chiqaradi. 
1.1 - Jadval 
Zaharli moddalar % 
dizel 
Karbyuratorli 
Gtl 
Is gazIi 
Karbonat angidrid 
Uglevodorodlar 
Aldegidlar 
Azot oksidlari 
Oltingugurt ikki oksidi 
Qypym (g(ma) 
0,2 
12 
0,01 
0,002 
0,25 
0,03 
0,25 
6,0 
10 
0,05 
0,03 
0,5 
0,008 
0,5 
Karbyuratorli dvigatel va dizeldan chiqadigan zaharli moddalarning o„rtacha 
foyiz miqdori 1.1-jadvalda keltirilgan. Jadvaldan ko„rinib turubdiki, dizellarda 
zaharli moddalar nisbatan kam. Shu sababli 3 t li va undan yuqori yuk 
avtomobillariga dizellar o„rnatish amalga oshirilgan. 

Download 1.37 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish