Neftni atmosfera–vakuum sharoitida haydash qurilmasi texnologik




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
9.10.Neftni atmosfera–vakuum sharoitida haydash qurilmasi texnologik 
tizimi 
Yuqorida ko‗rib o‗tganimizdek, birlamchi qayta ishlash jarayonida neft va 
gazning fizikaviy xossalariga ko‗ra fraksiyalarga ajratildi. Shunga o‗xshash 
atmosfera – vakuum qurilmalarida neftdan benzin distillyati, dizel yoqilg‗isi, 
kerosin, turli qovushqoqlikdagi uch moy fraksiyasi va gudron olinadi.
Qurilmada bu mahsulotlardan tashqari quruq va og‗ir gazlar, siqilgan gaz 
(reflyuks) va yengil vakuum gazoyli ham olinadi.
Neftni qayta ishlashda atmosferali haydash qurilmasi qoldig‗i-mazutni 
qaynash haroratiga ko‗ra fraksiyalarga ajratishda yuqori harorat evaziga 
qoldiqning termik parchalanishi kuzatiladi. Atmosferali haydash qurilmasi 


392 
qoldig‗i-mazutni fraksiyalarga ajratish muammosi mazutni past bosimda 
haydash orqali bartaraf etiladi.
Qoldiq-mazut neftni birlamchi qayta ishlash qurilmasi rektifikatsion 
kolonnasi tubidan kub qoldig‗i sifatida chiqarilib, vakuumli haydash 
kolonnasiga uzatiladi. Bunda qoldiq harorati rektifikatsion kolonna ishchi 
parametrlariga ko‗ra qaynay boshlash harorati, ba‘zida 2°С yuqori haroratda 
bo‗ladi. Qoldiq quyi bosim va katta diametrli kolonnaga kelib tushadi. Oddiy 
haydashda rektifikatsion kolonnadagi bosim 1,03 atm (1,47 psi (phunt/dyuym2)) 
bo‗lsa, vakuumli haydash 0,32—0,40 atm (4,5 – 5,5 psi)ni tashkil etadi. Past 
bosimda qoldiq birdaniga qaynab, tez bug‗lana boshlaydi. Bug‗lanishni 
jadallashtirish maqsadida yuqori bosimli 400°С (770 °F) haroratli o‗tkir suv 
bug‗i kolonna pastidan kiritiladi. Bug‗ qoldiqni qizdirib, kolonnadagi haroratni 
saqlab turadi va uglevodorodli bug‗larni o‗zi bilan birga kolonna yuqorisiga 
chiqishga undaydi. Bug‗ning yana bir muhim vazifasi-kolonnadagi bosimni 
rostlash.
Oddiy haydash qoldig‗ini vakuumda haydash – uni 540-590°С (1000-
1100 °F) haroratda atmosferali haydashga ekvivalentdir.
Vakuum kolonnada bosimni siyraklashtirish-vakuum hosil qilish 
kolonnaning yuqori qismida o‗rnatilgan vakuum nasosi yoki, vakuum hosil 
qilish tizimi orqali amalga oshiriladi. Vakuumli rektifikatsion kolonnadan bir 
necha fraksiyailar ajralib chiqadi. Yengil vakuum distillyat va og‗ir vakuum 
distillyat ko‗pincha alohida fraksiya holida olinadi. Bu ikkala vakuum distillyat 
surkov moylari ishlab chiqarishda bazaviy distillyat sifatida ishlatiladi.
Ayrim hollarda ularni ajratmay aksincha, ikkalasini qo‗shib vakuumli 
haydashning yengil fraksiyasi deb, nomlanuvchi mahsulot olinadi.
Asosan yuqori molekulyar birikmalardan tarkib topgan og‗ir mahsulot 
vakuumli haydash kolonnasining tubida qoladi va u vakuumli haydash qoldig‗i – 
gudron deb ataladi. Vakuumli haydash qoldig‗i bitum olishda yoki, qoldiq 
yoqilg‗i olish uchun komponenti bo‗lib termik kreking xom ashyosi sifatida 
ishlatilishi mumkin.


393 
Qoldiqning qaynab tugash haroratini aniqlash qiyinchilik tug‗dirgani 
sababli, qoldiqlarni tavsifli uning zichligi, qovushqoqligi va shu kabi boshqa 
xosalari orqali ifodalanadi.
Yuqori quvvatdagi zamonaviy neftni atmosfera – vakuumli sharoitda 
haydash qurilmalari quyidagi bloklardan tuzilgan holda quriladi:
Neftni issiqlik almashtirgichlarda dastlabki qizdirish;
Neftni elektr tuzsizlantirish va suvsizlantirish (ELOU);
Issiqlik almashtirgichlarda navbatdagi qizdirish;
Neftni benzinsizlashtirish;
Atmosfera kolonnasi;
Mazutni vakuum ostida fraksiyalash;
Benzinni barqarorlashtirish va uni qisqa fraksiyalar olishda ikkilamchi
haydash.
Qurilmaning texnologik sxemasi 9.7-rasmda keltirilgan:
Xom ashyo neft bir necha parallel oqimlarda 7, 8, 9, 10, 11, 12 va 13 
issiqlik almashtirgichlar guruhidan o‗tib 100–130
0
C gacha qizdiriladi va to‗rt 
parallel oqimda 14-elektrogidratorlarga tushadi. Elektrogidratorlardan chiqib, 
15 va 16 issiqlik almashtirgichdan o‗tib, 18-issiqlik almashtirgichda qo‗shilgan 
holda qizdiriladi. Neft 200–250
0
C gacha qizdirilib, 19-benzinsizlantirish 
kolonnasiga tushadi. Bu kolonna yuqorisidan gaz, benzin va suv bug‗lari 
chiqariladi. Benzinning sirkul‘yatsiyalanuvchi qismi 25-nasos yordamida 
kolonnaga qaytariladi, balansdan ortiq qismi benzinni barqarorlashtiruvchi 59-
kolonnaga beriladi. Kolonna 19 ni pastidagi haroratni saqlash uchun 
benzinsizlantirilgan neft pechda 250 – 370
0
C da qizdirilib, kolonna pastki 
qismiga qaratib turiladi. Benzinsizlantirilgan neftning balans qismi 26-nasos 
yordamida 27-pechga beriladi va 370 – 380
0
C da qizdirilgan holda 30-chi 
atmosfera kolonnasiga beriladi.
Atmosfera kolonnasi 30 yuqorisidan og‗ir benzin va suv bug‗lari, 
shuningdek, neftni 27-pechda qizdirish vaqtida hosil bo‗lgan parchalanish 
gazlari chiqariladi. Olingan gaz–benzin–suv aralashmasi 33-ajratgichda 


394 
 
9.
7
-r
as
m. 
A
tmo
sfer
a-
v
ak
u
u

sh
aro
it
id
a n
eft
n
i h
ay
d
as
h
q
u
ri
lma
si
te
x
n
o
lo
g
ik
s
x
ema
si

1
,2
4
,2
6
,3
8
,4
4
,5
1
,5
5
,7
3
,7
4
,7
6
,7
7
,7
9
,8
0
-n
as
o
sl
ar

2
,6,
1
7

2
0
,2
8

2
9

3
1
,3
4
,4
6
,4
7
,5
8
,6
3
,6
5
,6
9

h
av
o
li
s
o
v
u
tg
ich
lar

7
,1
3
,1
5
,1
6
,1
8
,6
0
,6
1
,7
8
-i
ss
iq
li
k
al
mas
h
g
ic
h
lar

1
4

el
ek
tr
o
d
eg
id
rat
o
rl
ar. 
1
9
-n
eft
n
i be
n
zi
n
si
zl
an
ti
ri
sh
k
o
lo
n
n
as
i. 
2
1
,3
2
,3
7
,4
5
,5
7
,6
6
,7
0
-s
u
v
li
k
o
n
d
en
sa
to
r s
o
v
u
tg
ic
h
lar. 
2
2
,3
3
,6
7
,7
1
,7
2

se
par
at
or y
ig
‗g
ic
hl
ar. 
23
,2
7,
56
,7
5-
p
ec
h

3
0

as
o
si
y
at
m
o
sf
era 
b
o
si
mi
d
ag
i kolon
n
a. 
3
5
,3
6
,4
9
,5
0
-b
ug
‗l
at
uv
ch
i k
ol
on
na. 
48

v
ak
u
u

k
o
lo
n
n
a. 
5
9
-
b
arq
aro
rl
as
h
ti
ri
sh
k
o
lo
n
n
as
i. 
6
2
,6
8
-
frak
ts
iy
al
as
h
k
o
lo
n
n
as
i.
 


395 
ajratiladi. Og‗ir benzin fraksiyasi kondensati yengil benzin bilan 
birgalikda barqarorlashtirish kolonnasiga beriladi. Atmosfera kolonnasi 
yuqorisiga beriladigan sovutilgan quyilish kolonnadagi uchinchi likopchadan 
chiqarilib, 34-havoli sovutgich, 37-suvli sovutkichlarda sovutilib, 43-nasos 
yordamida kolonnaga qaytariladi. Kerosin fraksiyasi 35-bug‗latish kolonnasi 
pastki qismidan 42-nasos yordamida 7 va 6-sovutgichlar orqali qurilmadan 
chiqariladi.
Dizel yoqilg‗i fraksiyasi 36-bug‗latish kolonnasidan nasos 41 yordamida 
chiqariladi. Chiqayotgan dizel yoqilg‗isi issiqligi 68-issiqlik almashtirgich–
qizdirgichda, so‗ngra 9-issiqlik almashtirgichdan foydalaniladi. Dizel 
yoqilg‗isini olishni ko‗paytirish uchun 30-kolonna pastda o‗ta qizdirilgan 
(400
0
C) suv bug‗i kiritiladi, shuningdek, 35 va 36 bug‗latish kolonnalarida ham 
yengil fraksiyalarni ajratish uchun qizdirilgan suv bug‗i kiritiladi.
Atmosfera kolonnasi 30 da yana ikkita cirkulyaciya quyilishi mavjud, 
ya‘ni o‗rta va quyi sirkul‘yatsiyalardir. Atmosfera kolonnasi pastidan 40-nasos 
yordamida mazut, 56-zmeyevikli vakuum pechida qizdirilib, 380–400
0
C da 48-
vakuum kolonnasiga beriladi.Kolonna 48 yuqorisidagi quyilishda I moy 
fraksiyasidan foydalaniladi, ya‘ni 51-nasos yoramida 12-issiqlik almashtirgich 
orqali 
o‗tib, 
47-chi 
havoli 
sovutgichda 
sovitilib, 
48-kolonnaga 
qaytariladi.Balansdan tashqari miqdori qurilmadan chiqariladi.
Vakuum
kolonnasi yuzasidan kondensiyalanmagan komponentlar 
(parchalanishda hosil bo‗lgan gazlar, yengil fraksiyalar, suv bug‗lari va havo
aralashmalari) 46-havoli sovutgichda va qobiq tipli suvli sovutgich 45da 
sovitilgandan so‗ng gaz-suyuqlik aralashmasi vakuum hosil qilish tizimiga 
tushadi.
Ikkinchi moy fraksiyasi 54-nasos yordamida 49-bug‗latish kolonnasi 
pastidan 11-issiqlik almashtirgichdan so‗ng 3-havoli sovutgichda sovitilgan 
holda qurilmadan chiqariladi. Uchinchi moy fraksiyasi 50-bug‗latish kolonnasi 
pastidan nasos 52 yordamida 13- issiqlik almashtirgich va 2-havoli sovutgichdan 
so‗ng rezervuarga yuboriladi (9.8-rasm).


396 
Vakuumli kolonnasi 48 pastki sirkul‘yatsiya quyilishini 55-nasos
yordamida amalga oshirilib, flegma 16-issiqlik almashtirgich orqali o‗tib, 
17havoli sovutgichda sovitilgan holda kolonnaga qaytariladi. Uchinchi moy 
fraksiya olishni ko‗paytirish uchun kolonna pastidan qizdirilgan suv bug‗i 
beriladi. Qoldiq gudron kolonna 48 pastidan 53-nasos yordamida 18 va 8issiqlik 
almashtirgichlardan so‗ng 5-havoli sovutgichda sovitiladi.
Ajratgichlar 22 va 33 dan ajratilgan barqarorlashtirilmagan benzinlar 25 
va 
44-nasoslar 
yordamida 
parallel 
oqimlarda 
60 
va 
61 
issiqlik 
almashtirgichlardan so‗ng 59-kolonnaga tushadi. Kolonna 59 da benzin
fraksiyasidan erigan gazlar ajratiladi. Ular 58-chi havoli va 57-suvli 
sovutgichdan so‗ng 72-ajratgichga tushadi. Ajratgichda og‗ir gaz 
kondensiyalangan yengil uglevodorodlardan, suyultirilgan gazlardan (reflyuks) 
ajratiladi. Suyultirilgan gazning sirkulyatsiya qismi kolonnaga qo‗yilish sifatida 
beriladi, balans qismi gazlarni fraksiyalash qurilmasiga yuboriladi, shuningdek, 
og‗ir gazlar ham shu qurilmaga yuboriladi. Barqarorlashtirish kolonnasi pastki 
issiqlikni 74-nasos yordamida 75-pech orqali qizdirilgan barqaror benzin 
sirkulyatsiyasi bilan amalga oshiriladi.
Barqarorlashtirilgan benzin 59-kolonna pastidan olinib, ikkilamchi 
fraksiyalash kolonnalari 62 va 68 ga beriladi. Kolonna 62 yuqorisidan 
boshlang‗ich qaynash harorati 85
0
C gacha fraksiya chiqarilib, 68 kolonnaga 
bug‗li to‗yintirish sifatida beriladi. Bu fraksiyaning sirkulyatsiya qismi 65-
havoli, 66-suvli sovutgichdan o‗tib, 67-yig‗gichdan 77-nasos yordamida 62-
kolonnaga sovuq quyilish hosil qilish uchun qaytariladi. Kolonna 62 pastidan 
olinadigan 85–120
0
C (yoki 85–180
0
C) fraksiya 61-issiqlik almashtirgich va 63- 
havoli sovutgichdan so‗ng qurilmadan chiqariladi. Kolonna 68 yuqorisidan 
boshlang‗ich qaynash – 62
0
C gacha fraksiya chiqarilib, 69 havoli, 70-suvli 
sovutgichdan o‗tib, 71-yig‗gichda to‗planadi va bu yerda bir qismi 68-chi 
kolonnaga quyilishga qaytariladi, balans qismi qurilmadan chiqariladi. Kolonna 
68 pastidagi issiqlik 78-issiqlik almashtirgichdan o‗tayotgan dizel yoqilg‗isi 
issiqligi hisobidan ta‘minlanadi. 68-chi kolonna pastidan chiqariladigan 62–


397 
85
0
C fraksiya 79-nasos yordamida 60-issiqlik almashtirgich va 64- havoli 
sovutgichdan so‗ng chiqariladi.
Mazutni vakuum sharotida haydash ikki variant bo‗yicha o‗tkazilishi 
mumkin: I- variant yoqilgi olish, ya‘ni katalitik kreking qurilmasi xom ashyosi 
bo‗lgan yengil va og‗ir gazoyllar olish; II-variant moy distillyatlarini olishdir.
Moy distillyatlarini olish uchun mazut vakuumda ikki bosqichda 
haydaladi. Vakuum sharoitida mazutni ikki bosqichda haydash orqali I 
bosqichda – vakuum fraksiyalash kolonnasidan solyar distillyati, keng fraksion 
tarkibli (350 –575
0
C) moy distilyatlari va gudron chiqariladi, II-bosqichda 
olingan moy distillyatlaridan uch distillyat: parafinli (350 – 460
0
C), avtol (460 – 
490
0
C) va silindr (>460
0
C) moylariga ajratiladi.
Jarayon texnologik sxemasi quyidagi 9.9-rasmda keltirilgan. Xom ashyo 
mazut 3-pechga qizdirishga kiritilishga qadar ikki oqimda ishlayotgan issiqlik 
almashtirgichlar 29,28, va 22 dan birinchi oqim, 25 va 24 dan esa ikkinchi oqim 
o‗tadi, so‗ngra 1 va 2-issiqlik almashtirgichlarda qurilmadan chiqarilayotgan 
gudron issiqligi hisobiga qizdirilib, pechga yuboriladi. Mazut 3-pechda 435
0

gacha qizdiriladi. Mazutdan solyar, keng fraksion tarkibli moy distillyatlari va 
gudron ajralishi uchun 6-vakuum kolonna xizmat qiladi. Moyli fraksiya 
7yig‗gichga to‗planadi, gudron 5-nasos yordamida kolonnadan chiqariladi. 
Solyar 4-nasos yordamida yarim berk likopchadan 29-issiqlik almashtirgich va 
32-sovutgichda sovutiladi, so‗ngra sovutilgan solyar distillyatni bir qismi 6-
vakuum kolonnaga qaytariladi.
Moy distillyati 7-yig‗ichdan 8-nasos yordamida haydalib, 28-issiqlik 
almashtirgich, 23-qo‗shimcha bug‗ ishlab chiqaruvchi qozon(kotelutilizator) va 
21-suvni qizdirish qurilmasidan o‗tib, 6-kolonna o‗rta qismiga recirkulyat 
sifatida qaytariladi. Moy distillyatining balans miqdori 7-yig‗gichdan 9-nasos 
yordamida 10-pechda (385
0
C) qizdirilib, 13-vakuum kolonnaga yuboriladi.
Bu kolonna mahsulotlari: yarim berk likopchada yig‗iluvchi parafin 
distillyati, 14-bug‗latuvchi seksiya orqali chiqariluvchi avtol distillyati va 24- 
issiqlik almashtirgich, qo‗shimcha bug‗ ishlab chiqaruvchi qozon


398 
9.
8
-r
as
m.
Maz
u
tn

v
ak
u
u

sh
aro
it
id
a i
k
k

b
o
sq
ic
h
d
a
x
ay
d
as
h
t
ex
n
o
lo
g
ik
t
iz
im
i.
1
,2,
2
2
,2
4
,2
5
,2
8
,2
9

is
si
q
li
k
al
mas
h
ti
rg
ich

3
,1
0

q
u
v
u
rl
i pe
ch
.4
,5
,8,
9
,1
5
,1
7
,1
8
,3
3
-n
as
o
sl
ar. 
6
,1
3

v
ak
u
u
m k
o
lo
n
n
al
ar.
7

va
ku
um y
ig
‗g
ic
h. 
11
,2
3,
26
,3
0-
k
o
ty
o
l-
u
ti
li
za
to
rl
ar. 
1
2
,1
9
,2
0
,2
7
,3
1
,3
2
,3
5

so
v
u
tg
ich
lar.
14

bu
g‗
la
tu
vc
hi
k
ol
on
na. 
21
,3
4-
i
si
tg
ic
h
lar.
 


399 
(kotyolutilizator) 26 va 27-sovutgichdan o‗tib chiqariladigan silindr 
distillyatlari hisoblanadi.
Avtol distillyatining sirkul‘yatsiyalanuvchi qismi 16-nasos yordamida 
quyilib, 11 va 12-qurilmalarda sovutilgan holda 13-kolonna o‗rta qismiga uch 
oqimda beriladi. Balans miqdori rezervuarga yuboriladi.
Parafin distillyati 13-kolonnadan chiqishda 25-issiqlik almashtirgich, 34 
suv qizdirish va 35-sovutgichda ketma-ketlikda sovutilib, bir qismi kolonnaga 
to‗yintirish yoki sovuq quyilishga qaytariladi, ortiqchasi rezervuarga yuboriladi.
Gudron markazdan qochma tipdagi 19-nasos yordamida qurilmadan
chiqarilguncha o‗z issiqigini 1 va 2-issiqlik almashtirgichlar orqali xom ashyo 
mazutga beradi.
Qurilmadagi bug‗latuvchi seksiyaga suv bug‗i kiritiladi. Qo‗shimcha 
bug‗ ishlab chiqaruvchi qozonlar (kotelutilizator) 0,6 MPa bosimidagi suv bug‗i 
ishlab – chiqarishga mo‗ljallangan, qaysiki ular keyin qaynoq gazlar bilan qayta 
qizdiriladi.

Download 15,32 Mb.
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neftni atmosfera–vakuum sharoitida haydash qurilmasi texnologik

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish