-mavzu. TA’LIM SIFATINI TA’MINLASHDA TALABALAR




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet442/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

4-mavzu. TA’LIM SIFATINI TA’MINLASHDA TALABALAR 
BILIMINI BAHOLASHNING ELEKTRON MONITORING TIZIMI

REJA: 
1.
HEMIS axborot tizimi oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-
tarbiya jarayonining samaradorligini orttirish omili sifatida. 
2.
Talabalarning didaktik maqsadlarga erishish darajasini nazorat qilish va 
baholashning ahamiyati. ta’limiy (o‘quv modullari), tarbiyaviy (ma’naviy-ma’rifiy 
tadbirlar) va rivojlantiruvchi (ilmiy-tadqiqot ishi, Start-up loyihalar) maqsadlarini 
baholash. Baholashning miqdor va sifat tahlili.
 
Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini maqsadga 
muvofiq boshqarish va raqamlashtirish maqsadida
HEMIS
-(HEMIS — Higher 
yeducation Management Systems) Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot 
tizimi o‘z faoliyatini boshladi. 
Ushbu axborot tizimi “Ma’muriy boshqaruv”, “O‘quv jarayonini boshqarish”, 
“Ilmiy faoliyat”, “Talabalar hayotini boshqarish” va “Moliyaviy boshqaruv” 
modullarini o‘z ichiga olgan.


150 
“O‘quv jarayonini boshqarish” moduli quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 

Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejasi va uni amalga oshirish yuzasidan 
ko‘rsatmalar; 

Talabalarning turli guruhlari uchun dars jadvali; 

Onlayn mashg‘ulot jarayoni; 

Talabalarning modullar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka, 
tayanch va fanga doir kompetensiyalarini nazorat qilish va baholash (joriy, oraliq, 
yakuniy) topshiriqlari; 

O‘quv rejadan o‘rin olgan modullarning elektron resurslari, talaba va 
magistrlar uchun metodik materiallar; 

O‘qitilayotgan modullar yuzasidan avtomatik ravishda hisobot shakllari; 
“Talabalar hayotini boshqarish” moduli quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 

Talabalarning shaxsi haqidagi ma’lumotlar va o‘zlashtirishi; 

Auditoriyadan tashqari vaqtda talabalar bilan o‘tkaziladigan tadbirlar; 


151 

Modul bo‘yicha onlayn imtihon (joriy, oraliq, yakuniy nazorat) va 
o‘zlashtirishni hisobga olish tizimi; 
“Ma’muriy boshqaruv”, “Ilmiy faoliyat”, va “Moliyaviy boshqaruv” 
modullari ham o‘z vazifalariga ega. 
Tinglovchilar tomonidan o‘rganilayotgan “Ta’lim sifatini ta’minlashda 
talabalar bilimini baholash metodikasi” modulining asosiy vazifasidan kelib 
chiqqan holda talabalarning modullar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, 
malaka, tayanch va fanga doir kompetensiyalarini nazorat qilish va baholash (joriy, 
oraliq, yakuniy) topshiriqlarining murakkablik darajalari haqida tavsiyalar: 

Talabalarning modullar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka, 
tayanch va fanga doir kompetensiyalarini nazorat qilish va baholash turi bo‘lgan 
joriy nazorat topshiriqlari B.Blum o‘quv maqsadlari taksonomiyasiga muvofiq 
shakllantirish lozim; 

Talaba joriy nazoratga ajratilgan ballarni to‘plashi uchun tayyorlangan 
topshiriqlar majmuasining 60% i bilish tushunish, amalda qo‘llashga doir 
murakkablik darajasi reproduktiv va produktiv bo‘lgan topshiriqlar; 

Talaba joriy nazoratga ajratilgan ballarni to‘plashi uchun tayyorlangan 
topshiriqlar majmuasining 20% i tahlil va sintez o‘quv maqsadlariga murakkablik 
darajasiga ko‘ra qisman-izlanishli topshiriqlar bo‘lishi lozim;

Talaba joriy nazoratga ajratilgan ballarni to‘plashi uchun 20% i xulosa o‘quv 
maqsadlariga murakkablik darajasiga ko‘ra ijodiy kreativga mos kelishi lozim.
Oraliq va yakuniy nazorat uchun topshiriqlar majmuasini shakllantirish-da ham 
murakkablik darajalari nisbati yuqoridagi tavsiyaga mos kelishi, ya’ni 60% i bilish 
tushunish, amalda qo‘llashga doir murakkablik darajasi reproduktiv va produktiv, 
20%i tahlil va sintez o‘quv maqsadlariga murakkablik darajasiga ko‘ra qisman-
izlanishli, 20%i xulosa o‘quv maqsadiga mos murakkablik darajasiga ko‘ra ijodiy 
kreativ bo‘lishi lozim.
HEMIS axborot tizimining afzalliklari: 

Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining vaqtini tejash, 
pedagogik faoliyat samaradorligini orttirish; 

Pedagogik jarayonda axborot tanqisligining oldini olish; 

Talabalarning modullar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka, 
tayanch va fanga doir kompetensiyalarini nazorat qilish va baholash (joriy, oraliq, 
yakuniy) topshiriqlaridan egallagan darajasini bilish, kamchilik va xatolarini 
tuzatish va o‘z vaqtida korreksiyalash imkoniyatini berish; 

Ta’lim sifatini yaxshilash va talabalar tomonidan bilim, ko‘nikma, malaka, 
tayanch va fanga doir kompetensiyalarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichini orttirish; 

Pedagog 
va 
talabalar 
o‘rtasidagi 
pedagogik 
munosabatlarni 
insonparvarlashtirish, o‘qitish jarayoni va uning natijalarini shaffofli va ochiqligini 
ta’minlashsanaladi. 
HEMIS axborot tizimining asosiy vazifasi oliy ta’lim muassasalarining asosiy 
(o‘quv jarayoni, ilmiy faoliyat, ma’muriy va moliyaviy) faoliyatlarini 
avtomatlashtirish hisobiga ma’muriy xodimlar, professor-o‘qituvchilar va 
talabalarga elektron ta’lim xizmatlarini taqdim etish sanaladi. Axborot tizimi oliy 


152 
ta’lim muassasalari bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi o‘rtasida axborot 
ko‘prigi vazifasini o‘taydi hamda oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli xil 
ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qog‘oz shaklidan voz kechish va 
boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi. 
Mazkur axborot tizimi orqali talabalar: 

O‘zlashtirishi aks etgan reyting daftarcha; 

Himoya etilgan (mustaqil ta’lim, bitiruv-malaka ishi, magistrlik 
dissertatsiya) ish stenogrammasi; 

O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari; 

Modullar bo‘yicha elektron resurslar; 

Oliy ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risida QR –kodli diplom 
haqida ma’lumotlarni olishi mumkin. 
Yuqoridagi hujjatlarni talabalar quyidagi havolalar orqali olish mumkin: 
AppStore: https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphone 
GooglePlay:
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US 
HEMIS axborot tizimining boshlang‘ich bosqichi respublikadagi kredit-modul 
tizimiga o‘tgan 46 ta oliy ta’lim muassasasida “O‘quv jarayoni” va “Ma’muriy 
boshqaruv” moduli asosida 2020\ 2021 o‘quv yilidan boshlangan va tajriba-
sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. 
HEMIS axborot tizimida oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilar 
tarkibi, bakalavr va magistraturada tahsil oladigan talabalar ro‘yxati haqida va 
ma’lumotlar (Student Record System) modulida mujassamlashtirilgan. 
Bakalavr va magistratura yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘z profili 
orqali o‘quv rejadan o‘rin olgan modullarning elektron resursi (ma’ruza matnlari, 
laboratoriya, amaliy va seminar mashg‘ulotlari yuzasidan metodik tavsiyalar), dars 
jadvali, joriy, oraliq va yakuniy nazorat jadvali, ularning sanasi va topshiriqlari, 
mashg‘ulotlarga qatnashish davomati va modullar bo‘yicha o‘zlashtirishi 
yuzasidan ma’lumotlar olish imkoniyati mavjud. 
Quyida joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriq haqidagi ma’lumotlarni 
olish ketma-ketligi berilmoqda. 
Fan topshiriqlarini shakllantirish oynasida keltirilgan maydonlarni berilgan ketma-
ketlikda quyidagicha to‘ldiring: 


Download 26,13 Mb.
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. TA’LIM SIFATINI TA’MINLASHDA TALABALAR

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish