startup company, startup
, — «start-boshlang‘ich degan
ma’noni anglatadi.) loyiha tushunchasini dastlab 1976 yili
Forbes
va 1977 yili
157
Business Week
jurnallarida chop etilgan bo‘lib, 1990 yillarda keng qo‘llanila
boshlangan.
Start-ap bu tijoratlashtirish dasturi bo‘lib, unda dolzarb muammoning yechimi
haqidagi g‘oya ishlab chiqiladi. Mazkur g‘oya yechimi yuzasidan loyiha
ekspertizadan o‘tkaziladi, uning ishlab chiqarish yoki ijtioiy sohalarga tatbig‘i va
olinadigan natijalar e’tiborga olinib tijoratlashtiriladi.
Start-ap loyihadan olingan natija samaradorligi yuqori bo‘lgan hollarda
seriyali ishlab chiqarish bosqichiga o‘tkaziladi. Bu bosqichda yaratilgan yangilik,
oldingi bosqichlarni o‘tib bo‘lgandan so‘ng amalda keng qo‘llaniladi. Shuni
ta’kidlash kerakki, o‘zlashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun, ishlab
chiqarish jarayoniga ta’sir etuvchi barcha omillar barqaror bo‘lishi kerak. Ishlab
chiqariladigan yangi mahsulot yoki ishlanma esa sohaning barcha ko‘rsatgichlarini
tubdan o‘zgartirishi mumkin, ya’ni ajratilgan resurslarni taqsimlanishi, ishlab
chiqariladigan mahsulot hajmining o‘zgarishi va boshqalar. Bashoratlashtirish
jarayonida bular asosiy omillar bo‘lib hisoblanadi.
Ilmiy texnika taraqqiyotini bashoratlashda seriyali ishlab chiqarish quyidagi
vazifalarni bajaradi: yangi texnika, texnologiya, materiallarni amaliyotga tadbiq
etilishi, iqtisodiyotni barcha sohasida mehnat samaradorligini oshirish,
energiyadan, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish, ishlab
chiqariladigan mahsulot sifati yaxshilanishi kabi vazifalarni qamrab oladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada ilmiy texnika taraqqiyoti yuqori darajadagi
murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi, u mamlakat iqtisodiyotining ishlab chiqarish
va noishlab chiqarish sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ilmiy texnika taraqqiyoti
ta’sirida ishlab chiqarish kuchlarining barcha elementlari unumdorligi oshadi,
masalan: mehnat predmetlari, ishchi kuchlari, mehnat mahsuli, texnologiyalar,
ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va boshqalar. Ilmiy texnika taraqqiyoti
ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanib, u
aholining turmush darajasining barqaror o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy
taraqqiyot konsepsiyasi mehnat qurollarni o‘zgartirishni talab qiladi, ya’ni,
mashina, ishlab chiqarish jihozlari, trasport vositalar, barcha turdagi mashina
texnikasi, mehnat vositalaridan-yonilg‘i, xom ashyo, energiya, hamda texnologik
jarayonlarni yaxshilash, ishchi xodimlar malakasini oshirish, ishlab chiqarishni
samarali boshqarish va tashkil qilishni taqozo qiladi.
Oliy ta’lim muassalarida ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, o‘qitish
jarayonida innovatsion muhitni yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qitish
vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligini ta’minlash orqali sifatli ta’limga
zamin tayyorlaydigan Start-ap loyihalar shakllantirilishi zarur. Start-ap loyihalar 5
guruh:
1.
Fundamental tadqiqotlar;
2.
Amaliy tadqiqotlar;
3.
Ishlanmalar;
4.
Ishlab chiqarishga tayyorlash va monitoring;
5.
Amaliyotga joriy etish;
Fundamental tadqiqotlar - tadqiqot g‘oyasining mavjudligi, dolzarb muammo
tahlili, tabiiy rivojlanish qonun va qonuniyatlarini aniqlash, jamiyat, inson, ular
158
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ochib berish, mavjud qonun va qonuniyatlar
haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishdan iborat.
Amaliy tadqiqotlarning ikki vazifasi mavjud: birinchidan, u fundamental
tadqiqotlarni tahlil qilish yangi ish qurollari (texnika,texnologiya, materiallar va
boshqalar) yaratish maqsadida uni rivojlantirish; ikkinchidan ishlab chiqarish
jarayoni holatini tahlil qilish, hamda mavjud texnika asosida yangi texnika asosini
yaratish va ularni amaliyotga keng joriy etishdan iborat. Amaliy tadqiqotlar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘riqnoma, normalar, uslubiyot, me’yorlar, me’yor
aktlarning asosliligi bilan yaratilgan amaliy ilmiy tadqiqot natijalari va ularni
bevosita amaliyotga joriy qilishdan iborat bo‘lib ob’ekt sifatida iqtisodiyotning
barcha tarmoqlarini qamrab oladi.
Amaliy tadqiqotlarlarni bashoratlashning asosiy belgilari quyidagilar:
tadqiqotga ketadigan xarajatlar hajmi, kerakli materiallar miqdori, moliyaviy
resurslar miqdori, ilmiy xodimlarning malakasining oshishi, yangi mutaxasislarga
bo‘lgan talab, tadqiqotning moddiy ta’minlanganligi, tadqiqotga bo‘lgan talab va
ehtiyoj.
Ilmiy ishlanmalar deganda, ilmiy-pedagogik, didaktik, konstruktorlik,
texnologik, loyihalar asosida yangi texnikalar, innovatsion texnologiyalar,
mahsulotlar, hamda ishlab chiqarilgan mehnat jihozlari va qurollarini
modernizatsiyalash ularni tajribalardan o‘tkazish tushiniladi. Ishlanmalar amaliy
tadqiqotlargi o‘xshab ketadi, lekin u davlat standartlariga javob berishi kerak,
ularni amalga oshirishda quyidagi: konstruktorlik va innovatsion texnologik
ishlanmalar ustidan ishlash tartibi, to‘ldirish va tizimlashtirish, tajriba-sinov
namunalarini tekshirish va amaliyotga joriy etish kabi talablar mavjud.
Talabalar bilan start-ap loyihalashda uning gipotezasini shakllantirish muhim
rol o‘ynaydi.
Gipoteza
umumiy nazariya doirasidagi ilmiy bashoratni tavsiflaydi. Bu shuni
anglatadiki, gipotezani tuzish dastlabki bazaviy nazariya va u asosida tadqiq
etilayotgan ob’ektlarning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirishning ochilgan
qonuniyatlari hamda sabab-oqibat aloqalarini tashkil etadi. Gipoteza darajasida
harakatlarning umumiy qonuniyatlarini ifodalovchi ushbu ob’ektlarning sifat
jihatidan tafsiloti beriladi. Shuningdek, gipoteza shakllantirish barobarida bashorat
(prognoz)ni ham shakllantirish zarur.
Bashorat
gipotezadan farqli o‘laroq yanada yuqori aniqlikka ega, chunki
nafaqat sifat o‘lchamlariga, balki miqdoriy o‘lchkamlarga asoslanadi, shu bois
ob’ektning kelajakdagi holatini miqdoriy jihatdan ham tavsiflashga imkon beradi.
Bashorat aniq amaliy nazariya darajasida bashoratlashni nazarda tutadi. Shunday
qilib, bashorat gipotezadan noaniqlik darajasi past hamda yuqori darajali
haqqoniyligi bilan farq qiladi. Shu bilan birga bashoratning tadqiqot qilinayotgan
ob’ekti, hodisa bilan bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi mavjud emas: bashorat
ehtimollik tavsifiga ega bo‘ladi.
Gipotezani amalga oshirish va bashoratda ko‘zda tutilgan natijaga erishish
uchun tadqiqotning rejasi tuziladi.
Reja
aniq muayyan maqsadlarni qo‘yish va
tadqiq etilayotgan ob’ektning aniq hodisalarini bashoratlashni ko‘zda tutadi. Unda
belgilangan vazifalarga muvofiq tarzda rivojlanishning yo‘llari va vositalari qayd
159
etiladi, qabul qilingan boshqaruv qarorlari asoslanadi. Uning eng asosiy farq
qiluvchi jihati - topshiriqning aniqligi va ko‘rsatmali ekanligidadir. Shunday qilib,
rejada bashoratlash yanada aniq holda namoyon bo‘ladi. Bashorat kabi reja ham
aniq amaliy nazariya natija va yutuqlarga asoslanadi.
Bashoratlash shakllari o‘z mohiyatiga ko‘ra boshqarish va rejalashtirish
tizimida bir-biri bilan va tadqiq etilayotgan ob’ekti bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘lib,
ob’ektning o‘zining aniqliligi bilan istiqboldagi harakatlarini bilish bosqichlarining
ketma-ketligini ifodalaydi. Ushbu jarayonning dastlabki qadami – ob’ektni u uchun
yangi belgilangan holatiga o‘tkazish rejasini tuzish hisoblanadi. Buning uchun eng
muhim vositasi umumilmiy bashoratlash va reja o‘rtasida bog‘lovchi zanjir sifatida
ishtirok etuvchi bashorat xizmat qiladi.
Gipoteza umumiy tavsilotiga ega bo‘lsa ham, usiz hech qanday ilmiy
boshqarish va rejalashtirishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Gipoteza ushbu jarayonga
ta’sir etib, uni tuzish uchun muhim axborot manbasi hisoblanadi. Ko‘p holatlarda
gipoteza bevosita rejalarni ishlab chiqishda ham huddi shu vazifa o‘quv modulini
bajaradi.
Rejalashtirish bilan bashoratlash bir biri bilan chambarchas bog‘liq. Reja va
bashorat o‘z mohiyatiga ko‘ra rejaning ijtimoiy ishlab chiqarishini boshqarishda
yetakchi bug‘in sifatida hal qiluvchi rol uynayotgan sharoitda bir-birini o‘zaro
to‘ldiruvchi rejalashtirish bosqichlarini ifodalaydi. Bunda bashorat mavjud
amaliyotning istiqbolda rivojlanish imkoniyatlariga qaratilgan omil sifatida xizmat
qiladigan bo‘lsa, bashoratlash - rejalarni ishlab chiqish dastagi sifatida namoyon
bo‘ladi. Bashoratlashtirish jarayonida, bashorat uchun kerakli bo‘lgan
topshiriqlarni ishlab chiqish, har tomonlama bashoratlashtirish ob’ekti tahlilini
amalga oshirish shart. Ushbu analiz ob’ektning aniqlanishi va tadqiqot predmetini,
uning bashoratlashtirish maqsadi va vazifasini, tashqi manbalarga bog‘liqligini,
tuzilishini, ishlash mexanizmi hamda ular ustidan boshqaruv kabilarni o‘zida
mujassam etadi. Rasmiy nuqta’i nazardan qaraganda, ob’ektni izchil tadqiq qilish –
optimal alternativ tanlovni amalga oshirishga hamda ob’ektni boshqaruvchi
alternativ ta’sirlarning namoyon bo‘lishiga, shuningdek, uning kelgusi
korreksiyalangan modellarining tuzilishiga olib keladi.
|