• Muddat maydoniga topshiriq muddatini belgilang;  ball maydoniga mustaqil ishga qo‘yiladigan ballni kiriting;  Urinishlar soni
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet443/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

    Topshiriq turi 
    maydonidan topshiriq turini tanlang, masalan 
    topshiriq;

    Nazorat turi 
    maydonidan nazorat turini tanlang, masalan 
    oraliq nazorat;

    Nomiº 
    maydoniga topshiriq nomini kiriting; 

    Izoh 
    maydoniga mustaqil ish bo‘yicha izoh kiriting; 

    Muddat 
    maydoniga topshiriq muddatini belgilang; 

    ball 
    maydoniga mustaqil ishga qo‘yiladigan ballni kiriting; 

    Urinishlar soni 
    maydoniga urinishlar sonini kiriting, masalan 1 yoki 2; 

    Til
    maydonida avtomatik tarzda o‘zbek tili ko‘rinadi; 

    Fayl nomi 
    bo‘limiga fayl kiriting. 


    153 
    HEMIS axborot tizimi oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-
    tarbiya jarayonining samaradorligini orttirishga zamin tayyorlaydi.
    HEMIS axborot tizimi talabalarning o‘quv modullari bo‘yicha mustaqil ish 
    topshiriqlarini beradi va belgilangan muddatda bajarilishini ham nazorat qiladi. 
    Mustaqil ish qanday sharoitlarda amalga oshiriladi: 1. Bevosita auditoriyada — 
    ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar yoki laboratoriya ishlari bo‘yicha vazifalar 
    berish jarayonida. 2. O‘qituvchi bilan dars jadvalidan tashqari paytlardagi bevosita 
    muloqot chog‘ida maslahatlar berishda, ijodiy muloqotlar jarayonida, qarzdorlikni 
    yo‘qotishda yakka topshiriq bajarishda va boshqalar. 3. Kutubxonada, uyda, 
    talabalar uylarida, kafedralarda talaba tomonidan o‘quv yoki ijodiy topshiriqlarni 
    bajarish jarayonida. Bu ish turlari orasidagi chegaralar juda qat’iy bo‘lmasdan, bir- 
    biriga osonlikcha o‘tib turishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, talabalarning 
    mustaqil ishlari auditoriyada ham, undan tashqarida ham bo‘lishi mumkin. 
    Auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ishlar asosiy o‘rin tutadi. Mustaqil ish 
    bo‘yicha test savollari, topshiriqlar va mashqlar ustida ishlash asosan mustaqil 
    bajariladi. Bu ish natijalari esa auditoriya (amaliy va laboratoriya) 
    mashg‘ulotlarida o‘qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va baholanadi. Demak, 
    mustaqil ish va auditoriya mashg‘ulotlari bir-birini to‘l- diradi, talabalarning bilim 
    va kasbiy kompetensiyalarini oshiradi. Talabalarning faol mustaqil ishlari faqat 
    jiddiy va barqaror qiziqishlar mavjud bo‘lgandagina amalga oshishi mumkin. 
    Bundagi eng jiddiy omil — kelgusi samarali kasbiy faoliyatga tayyorgarlik. 
    Talabalarning mustaqil ishlarini faollashtirishga imkon beruvchi ichki omillar: 1. 
    Mustaqil ish mazmunining o‘qitish shakllari bilan uzviyligi. Agar talaba o‘z ish 
    natijalarining ma’ruza jarayonida, metodik qo‘llanmada, laboratoriya ishida yoki 
    amaliy mashg‘ulotlarda, maqolalar tayyorlashda foydalanilishi mumkinligi, 
    talabaning bajarayotgan mustaqil ishiga bo‘lgan munosabati keskin tarzda yaxshi 
    tomonga o‘zgaradi, hamda ish sifati ham ortadi. Shunga ko‘ra, talabani ruhan 
    bunday ishga tayyorlash, bajariladigan ishning zaruratiko‘rsatib berilishi kerak. 2. 
    Talabaning ijodiy faoliyatdagi ishtiroki. Bu nihoyatda xilma-xil ko‘rinishlarda 
    bo‘lishi mumkin. Xususan, kafedralar tomonidan olib boriladigan ilmiy tadqiqot 
    ishlari, badiiy ijod, metodik ishlar va hokazolar. 
    3. O‘quv moduli olimpiadalarida, ilmiy-tadqiqot ishlarida, amaliy ishlar 
    tanlovlarida ishtirok etish va boshqalar. 4. Bilimlarni nazorat qilishda qiziqtiruvchi 
    omillardan foyda- lanish (reyting, testlar, noan’anaviy imtihon shakllari v.b.). Bu 
    omillar tegishli holatlarda musobaqa ruhini vujudga keltiradi. Mana shu holatning 
    o‘zi talabada o‘z ustida ishlashni, o‘zini rivojlantirishga ichki ehtiyojini 
    shakllantiradi va rivojlantiradi. 5. Mustaqil ishlarni tashkil etish mazmuni va 
    shakllariga o‘quv jarayonida yetarlicha vaqtning ajratilayotganligi ham 
    talabalarning mustaqil ishlarini faollashtirishiga imkon beradi. Bugungi kundagi 
    kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarida mustaqil 
    ta’limning nisbati bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 40/60 foiz nisbatidan 50/50 
    foiz nisbatigacha, magistratura mutaxassisliklarida 30/70 foiz nisbatidan 50/50 foiz 
    nisbatigacha mustaqil ishga mo‘ljallangan o‘quv rejasida mustaqil ishlarni tashkil 
    etish belgilangan.


    154 
    Mustaqil ta’lim talabalar tomonidan u yoki bu fan bo‘yicha darslik yoki dastur 
    materiallaridan bir qismini, kredit-modul tizimida esa o‘quv materialini mustaqil 
    o‘zlashtirilishidir.
    Mustaqil ta’lim har bir talabaning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan 
    holda amalga oshiriladi. Psixolog va pedagoglarning ta’kidlashicha, talaba bilim 
    olishda mustaqillikka o‘rgatilmasa, uning olgan bilimlari yuzaki bo‘ladi. Mustaqil 
    ta’lim darslik, qo‘shimcha adabiyotlar, ommaviy, kompyuter axborot vositalari, 
    kartografik va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, internet ma’lumotlardan foydalangan 
    holda ijodiy izlanishdir. Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan asosiy maqsad nazariy va 
    amaliy bilimlarni egallash, qonuniyatlarni belgilash, tabiat va jamiyat 
    komponentlari orasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘lanishlarni aniqlash, mustaqil bilim 
    olish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.
    Talaba mustaqil ishlash jarayonida, materialini qabul qilish, qayta ishlash, 
    uning muhim jihatlarini ajratish, yangi o‘zlashtirgan bilimlarni avvalgilari bilan 
    bog‘lash, taqqoslash, takrorlash va ularni amalga tatbiq qilish sharoitida faol, 
    ijodiy, mustaqil faoliyati
    shakllanadi hamda rivojlanadi. 
    Mustaqil ta’lim talabalar tomonidan u yoki bu fan bo‘yicha darslik yoki dastur 
    materiallaridan bir qismini, kredit-modul tizimida esa o‘quv materialini mustaqil 
    o‘zlashtirilishidir.
    Mustaqil ta’lim har bir talabaning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan 
    holda amalga oshiriladi. Psixolog va pedagoglarning ta’kidlashicha, talaba bilim 
    olishda mustaqillikka o‘rgatilmasa, uning olgan bilimlari yuzaki bo‘ladi. Mustaqil 
    ta’lim darslik, qo‘shimcha adabiyotlar, ommaviy, kompyuter axborot vositalari, 
    kartografik va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, internet ma’lumotlardan foydalangan 
    holda ijodiy izlanishdir. Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan asosiy maqsad nazariy va 
    amaliy bilimlarni egallash, qonuniyatlarni belgilash, tabiat komponentlari orasidagi 
    o‘zaro ta’sir va bog‘lanishlarni aniqlash, mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini hosil 
    qilishdan iborat.
    Talaba mustaqil ishlash jarayonida, materialini qabul qilish, qayta ishlash, 
    uning muhim jihatlarini ajratish, yangi o‘zlashtirgan bilimlarni avvalgilari bilan 
    bog‘lash, taqqoslash, takrorlash va ularni amalga tatbiq qilish sharoitida faol, 
    ijodiy, mustaqil faoliyati
    shakllanadi hamda rivojlanadi. 
    Har qanday o‘quv modulini o‘rganishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil 
    etishning o‘zaro aloqador ikki turi ko‘zga tashlanadi: 1. Auditoridagi mustaqil 
    ishlar. Bu bevosita o‘qituvchi rahbarligida ma’ruza, seminar, amaliy va 
    laboratoriya mashg‘ulotlarda tashkil etiladi. 
    2. Auditoriyadan tashqari mustaqil ishlar. Kurs ishi, kurs loyihasi, bitiruv-malaka 
    ishi, loyiha ishi. Jumladan, 

    o‘rganilayotgan o‘quv modulining alohida boblariga oid berilgan mavzu 
    bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, ma’ruza va yozma ishlar. Talabaga mavzu, hatto 
    rahbarni ham tanlash huquqini berish maqsadga muvofiq bo‘ladi; 

    tanlangan o‘quv moduli bo‘yicha ko‘rgazma vositalari va illustrativ 
    materiallarni tayyorlash, bunda mavzu o‘qituvchi tomonidan beriladi, uning 
    mazmuni va shakli, ijrosi talaba tomonidan belgilanadi; hajmi, murakkabligi, 
    mazmuni talabaning o‘zi tomonidan shakllan- tiriladigan ilmiy krossvordlar tuzish; 


    155 

    zamonaviy olimning ilmiy monografiyasiga, yozuvchining asariga asosiy 
    g‘oya va qoidalarni ajratgan holda, o‘z shaxsiy asoslangan bahosi hamda 
    foydalanishga tavsiyasi ko‘rsatilgan taqriz yozish; 

    turli xarakterdagi uy vazifalarini bajarish. Bunga mashq va masalalarni 
    yechish, matnni tarjima qilish yoki qayta hikoyalash, adabiy yoki ilmiy manbalarni 
    tanlash va o‘rganish, turli jadvallarni tuzish, grafik ishlarni bajarish, turli hisob-
    kitoblarni amalga oshirish v.b. kiradi; 

    talabadagi tashabbuskorlik va mustaqillikni rivojlantirish- ga qaratilgan 
    individual topshiriqlarni bajarish. Alohida topshi- riqlarni har bitta talaba yoki 
    talabalarning bir qismi olishi mumkin; kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini 
    bajarish; 
    ilmiy-nazariy 
    yoki 
    ilmiy-amaliy 
    anjumanlar, 
    ko‘rik-tanlovlar, 
    olimpiadalarga tayyorgarlik; 

    tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy insho yozish. talabalarning mustaqil 
    ishlariga ijobiy munosabatni shakllantirish va rivojlantirish uchun har bir 
    bosqichda ishning aniq maqsadi va qo‘yilgan vazifalari tushuntirilishi, talabalar 
    tomonidan ana shu maqsad va vazifalarninganglanganligi nazorat qilinishi kerak.
    Bu ishlar keyinchalik talaba tomonidan vazifalarni mustaqil tarzda qo‘ya 
    bilish hamda maqsadlarni tanlash ko‘nikma va malakalarining shakllanishiga asos 
    bo‘ladi. 
    Amaliy mashg‘ulotlarning teng yarmi, ya’ni bir juftlikning 50 foizi masala va 
    mashqlarni mustaqil bajarishga sarflanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Uni 
    quyidagicha tashkillashtirish mumkin: 1 O‘qituvchining kirish so‘zi (mashg‘ulot 
    maqsadi, asosiy masalalar) 2 Tezkor so‘rov 3 1-2 masala yoki mashqni doska 
    yonida bajarish 4 Masala va topshiriqlarni mustaqil bajarish 5 Topshiriqlarni 
    bajarishdagi xato va kamchiliklar ustida ishlash (joriy mashg‘ulot oxirida yoki 
    keyingi dars boshlanishida) Mashg‘ulotlarni o‘tkazishda mustaqil ishlar va 
    topshiriqlarning katta banki bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ular murakkablik 
    darajasiga ko‘ra ajratilsa, yanada yaxshi bo‘ladi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazishda 
    o‘quv modulining xususiyatidan kelib chiqib, qu- yidagi usullardan foydalanish 
    mumkin: 1. Qiyinlik darajasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan bir qator topshiriq- larni 
    berish. Bunda muayyan vaqt oralig‘ida eng ko‘p mashq bajargan talaba yuqori 
    baho oladi. 2. Qiyinlik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar beriladi. Bunda baho 
    topshiriq turiga qarab belgilanadi. 3. Talabalar mustaqil ishining amalga 
    oshirilishiga qaratilgan me- todik ta’minoti va nazorati. O‘quv jarayonining 
    metodik ta’minoti majmuini ishlab chiqish talabalarning mustaqil ishlari 
    samaradorligini ta’minlashning eng muhim shartidir. Bu majmuaga ma’ruza 
    matnlari, darsliklar, o‘quv va metodik adabiyotlar, laboratoriya ishlari, topshiriq va 
    vazifalar banki, o‘quv modulining axborot bazalari va boshqalar kiradi. O‘quv-
    metodik adabiyotlar faqat axborot berishgina emas, balki tash- kiliy-nazorat qilish 
    vazifalarini ham bajarishi kerak. O‘quv-metodik adabiyotlarning boshqaruvchilik 
    vazifasi sahifalar belgilashda, o‘quv materialining asosiy qoidalarini matnda ajratib 
    ko‘rsatishida, o‘quv materiallarining o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatib beruvchi 
    tarkibiy- mantiqiy jadvallarining mavjudligida namoyon bo‘ladi. 
    talabalarning mustaqil ishlari samarali va natijali bo‘lishi esa mazkur jarayonning 
    faol nazorati bilan bog‘liq. Nazoratning quyidagi turlari mavjud: kirish (dastlabki) 


    156 
    nazorati, bunda talabaning navbatdagi o‘quv moduli o‘r- ganilishidan oldin shu 
    o‘quv moduliga oid bilim va malakalari nazorat qi- linadi; joriy nazorat, ya’ni 
    ma’ruza, amaliy yoki laboratoriya mashg‘ulot- larida materialning o‘zlashtirilishi 
    muntazam ravishda nazorat qilib boriladi; oraliq nazorat, bu kursdagi muayyan 
    bo‘lim yoki qismning tugashiga bog‘liq bo‘ladi; o‘z-o‘zini nazorat qilish — o‘quv 
    modulini o‘rganish jarayonida nazorat ishlariga tayyorlanishda talabaning o‘zi 
    tomonidan amalga oshiriladi; yakuniy nazorat — o‘quv moduli o‘qib bo‘lingach 
    imtihon yoki sinov shaklida o‘tkaziladi. Talabalarni mustaqil ta’limda fundamental 
    tadqiqotlarga jalb etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. 
    Fundamental tadqiqotlar “Ustoz-shogird” yo‘nalishida tashkil etilishi maqsadga 
    muvofiq. 
    Ma’lumki, fundamental tadqiqotlar natijasida yangi qonun va qonuniyatlar, 
    yangi kategoriyalar paydo bo‘lishiga, ularning amaliyotda qo‘llanish yo‘llari va 
    tamoyillari ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi. Talaba tadqiqotchi-izlanuvchi 
    sifatida o‘z mehnati mahsuli, jamoa bilan birga faoliyatni amalga oshirish va 
    tadqiqot natijasini rasmiylashtirish va taqdim etish, o‘z yo‘nalishda yangilik 
    yaratilganligi haqidagi rasmiy xujjatlar, mualliflik huquqini tasdiqlovchi patentlar, 
    monografiyalar, maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, hisobot va ilovalarning mazmun-
    mohiyatini anglaydi. 
    Ilmiy – texnika taraqqiyoti, umuman ilmiy tadqiqotni amalga oshirish juda 
    murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ob’ekni bashoratlash uchun ekspert 
    usullaridan keng qo‘llaniladi. Ayni vaqtda usul tanlash ob’ektning xususiyatidan 
    kelib chiqadi.
    Fundamental tadqiqotlarni bashoratlashda ishlab chiqarishda hozirgacha 
    bo‘lgan holat tahlil qilinadi, hal etilmagan muammolar ko‘rsatiladi, mavjud 
    muammolarni echimi yo‘llari va vujudga kelgan yangi muammolar ko‘rsatiladi, 
    ular ilm, o‘quv moduli tadqiqotlar yordamida o‘z yechimlarini topadilar. Shuni 
    hisobga olish kerakki, fundamental izlanishlarni bashoratlashda, har 5 yilda 
    natijalarni yangilash, bashorat qilingan natijalarni joriy natijalar bilan taqqoslash 
    kerak, bashorat qilingan natijalarga amaldagi natijalarni sun’iy ravishda 
    tenglashtirish maqsadga muvofiq emas, chunki fundamental tadqiqotlar ilm o‘quv 
    modulining o‘zagi, asosiy tayanchi hisoblanadi.
    Ilmiy-texnik taraqqiyotni bashoratlash yuqori darajada murakkab bo‘lganligii 
    uchun kollektiv ekspertlar usullaridan ko‘proq foydalaniladi. Ilmiy texnika 
    ishlanmalarni bashoratlashtirishning asosiy vazifasi bu mavjud ishlanmalar 
    o‘rtasidagi eng yaxshisini tanlash, uning mehnat samaradorligiga ta’siri, har bir 
    mahsulotga bo‘ladigan xarajatlarning kamayishi, ishchi xizmatchilarning moddiy 
    va ma’naviy ehtiyojlarini qondirilishi, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish, 
    atrof muhitga ta’siri kabilarni o‘z ichiga oladi. 
    Oliy ta’lim muassasalari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha fundamental ish loyihalarini 
    saralashi, ularning muayyan qismini talabalarning ilmiy-tadqiqot ishiga ajratishi va 
    talabalarni jalb etishi zarur. 
    Bugungi kunda talabalarni Start-ap loyihalarga jalb etish maqsadga muvofiq. 
    Start-ap (inglizcha

    Download 26,13 Mb.
    1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish