|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq qoloq-mamlakatlarni-inqirozdan-chiqish-va-rivojlanishning-zaruriy-yo-llariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1166
w
www.oriens.uz
November
2021
Unda qanday bir omil mamlakatning iqtisodiy rivojlanishga ta’sir o‘tkazmoqda?
Iqtisodiy o‘sishni va rivojlanayotgan mamlakatning taraqqiyotini o‘lchashda
ko‘pincha real yalpi ichki mahsulot (YaIM) bilan o‘lchanadi. YaIM - bu ma’lum bir
davrda mamlakat chegaralarida ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlarning
umumiy pul qiymati. YaIM mamlakatning umumiy iqtisodiy sog‘lig‘i haqida
qisqacha ma’lumot beradi. Real YaIM inflyatsiyaga moslashtirilganligini bildiradi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish oldingi davrga qaraganda ko‘proq mahsulot ishlab
chiqarish va ko‘proq xizmatlar ko‘rsatishni anglatadi. Buning uchun nafaqat tovarlar
sonini, balki ularning qiymatini ham hisobga olish kerak. Masalan, smartfon
futbolkadan qimmatroq. Bundan tashqari, hamma ham ma’lum tovarlarga boshqalari
kabi bir xil qiymatga ega emas. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, agarda mamlakatning
rivojlanishi uning YaIM bilan baho beriladigan bo‘lsa, rivojlangan mamlakat sifatida
Lyuksemburgning YaIM aholi jon boshiga (116,921.11$ AQSH dollari)da tashkil
etmoqda.(1-rasm) Bu esa eng rivojlangan mamlakat AQSH (63,425.99$)ni,
Xitoy(46,753.46$)ni va Yaponiya(,753.46$)ni mamlakatlarini ortda qoldirdi. Eng
qizig‘i YaIM aholi jon boshiga eng kam mamlakat sifatida Burundi (253.59$ AQSH
dollari)ni tashkil etmoqda. Statistik natija shuni ko‘rsatadiki, Lyuksemburg iqtisodiy
rivojlanishi Burundi iqtisodiyotidan 461 barobar intensiv yoki yuqori natija
bermoqda.(2-rasm)
1-rasm.
2-rasm.
Shuning uchun ham nazariyada turli tovarlar va ishlab chiqarish omillariga
nisbatan statistik massivlar yordamida empirik hisoblashlar mamlakatning ba’zi bir
tarmoqlarini yuqori tafovutlar orqali chetlab o‘tmoqda. Ya’ni nazariyaning amalda
bajarilmasligi muammo bo‘lib qolmoqda. Masalan; 1953-yilda eng rivojlangan
mamlakat bo‘lgan AQSHning iqtisodiy ahvolini hamda Xeksher-Olin-Samuel’son
nazariyalarini rad etgan amalda uning uning natijasi bajarilmasligini amerikalik olim
|
| |