• Iqtisodiy o‘sish omillari
  • Oriental Renaissance: Innovative




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/11
    Sana13.02.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #155824
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    qoloq-mamlakatlarni-inqirozdan-chiqish-va-rivojlanishning-zaruriy-yo-llari

    Oriental Renaissance: Innovative, 
    educational, natural and social sciences 
     
    VOLUME 1 | ISSUE 10 
    ISSN 2181-1784 
    Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
    1167 
    w
    www.oriens.uz
    November 
    2021
     
    Vasiliy Leontyev tomonidan Leontyev Paradoksi orqali (ya’ni, ishlab chiqarish 
    omillarining amalda bajarilmasligi-mehnat serob mamlakatning kapital sig‘imi, 
    kapital serob mamlakatning mehnat sig‘imi tovarlarni eksport qilishi)ni isbotladi
    4

    Iqtisodiy o‘sishni iqtisodiyotning tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish qobiliyatining 
    oshishi sifatida aniqlash mumkin. Mamlakat uchun kelishilgan ideal o‘sish sur’ati 
    yoki unga erishishning eng yaxshi usuli yo‘q. 
    Iqtisodiy o‘sish omillari: Turli iqtisodchilar va manbalar iqtisodiy o‘sishga 
    nima sabab bo‘layotgani haqida turlicha fikrlarga ega. Quyidagi bir nechta 
    tushuntirishlar mavjud. Eng rivojlangan mamlakat sifatida AQSH iqtisodiy o‘sishni 
    oladigan bo‘lsak unda rag‘batlantirish uchun qo‘llagan bir qancha o‘lchovlar 
    quyidagilar
    5


    Iste’mol xarajatlari 

    Biznes sarmoyasi 

    Soliq imtiyozlari

    Deregulyatsiya (sanoat yoki biznesga yuklangan qoidalarni yumshatish uchun) 

    Infratuzilma xarajatlarini ko‘paytirish (infratuzilmani quruvchilar uchun ish 
    o‘rinlarini yaratadi va korxonalarning samarali ishlashini ta’minlash orqali 
    hosildorlikni oshiradi) 
    Iqtisodiy o‘sishga erishishning yana bir usuli - ishlab chiqarishning to‘rtta 
    omilining sifati va miqdorini oshirishdir. Ishlab chiqarish omillari - bu iqtisodiyotda 
    tovar va xizmatlar yaratishda foydalaniladigan resurslar. Bu omillar: 

    Yer 

    Mehnat 

    Kapital 

    Tadbirkorlik salohiyati( bu omil juda muhim, chunki tadbirkorga barcha omil 
    bilan yetarli bo‘lsa ham agarda salohiyat bo‘lmasa samaradorlik tushib ketishi 
    mumkin).
    Bundan tashqari, Qoloq mamlakatlarning ayni globallashuv davridagi eng 
    muhim quyidagi to‘rtta usul iqtisodiy o‘sishga olib kelishi mumkin: 

    Jismoniy kapital miqdorini oshiring 

    Texnologik yaxshilanishlarni amalga oshiring 

    Ishchi kuchini oshiring 

    Inson kapitalini oshirish (ishchi kuchining malakasini oshirish) 
    4
    N.S.Ismailova “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” darslik Toshkent “Noshir” nashriyoti 2019. - 
    320-bet 
    5
     Horst Siebert “The World Economy” ISBN 9780203815359 Published April 27, 2018 by Routledge 2nd Edition 



    Download 0,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish