• 1902 yildayoq angliyalik matematik Oliver Xevisayd va amerikalik muhandiselektrik Artur Edvin Kennelli
  • RADIOTO`LQINLAR QAY TARIQA TARQALADI




    Download 9,38 Mb.
    bet3/21
    Sana14.07.2024
    Hajmi9,38 Mb.
    #267549
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    OK Radiotexnika

    RADIOTO`LQINLAR QAY TARIQA TARQALADI
    Radioto`lqinlar antenna orqali fazoga uzatiladi va elektromagnit maydoni energiyasi ko`rinishida tarqaladi. Radioto`lqinlarning tabiati bir xilda bo`lsada, ularning tarqalish xususiyatlari to`lqinning uzunligiga chambarchars bog`liqdir.
    Yer sayyorasi radioto`lqinlar uchun (garchi u qadar yaxshi bo`lmasada) elektr
    o`tkazgich sanaladi. Radioto`lqinlar Yer ustidan o`tayotib, asta-sekinlik bilan
    so`nib boradi. Bu elektromagnit to`lqinlar yer sirtida elektr tokini hosil qiladi va
    energiyaning bir qismi aynan shunga sarflanadi. Ya`ni energiya yer tomonidan
    yutiladi. Boz ustiga to`lqin uzunligi qancha qisqa bo`lsa, shuncha ko`p yutiladi
    (chastota yuqori bo`lganda).
    Bundan tashqari to`lqin energiyasi to`lqinlar fazoning hamma tomoniga
    tarqalgani bois kuchsizlanadi. Shunga muvofiq uzatgich qabul qilgichdan
    qanchalik uzoq masofada joylashgan bo`lsa, energiya shuncha kichik yuza
    birligiga to`g`ri kelib, antennaga shu darajada kam energiya yetib boradi.
    Uzun to`lqinli uzatish stansiyalari radioto`lqinlarini bir necha ming kilometr
    uzoqlikda ham qabul qilishi mumkin. Bu o`rinda signalning darajasi bir tekista,
    sakrashlarsiz kamayib boradi. O`rta to`lqinli stansiyalar ming kilometr chegarasida
    eshitiladi. Qisqa to`lqinlarga keladigan bo`lsak, ularning energiyasi uzatgichdan
    uzoqlashib borgani sari kamayib ketadi. Dastlabki taraqqiyot bosqichida aloqada
    foydalaniladigan radioto`lqinlarning asosan 1 dan 30 kilometrgacha bo`lgan
    uzunliklardagilari qo`llanilgan. 100 metrdan qisqa bo`lgan to`lqinlar esa aloqa
    uchun umuman yaroqsiz deb hisoblangan.
    Biroq qisqa va ultra qisqa to`lqinlarni keyinchalik tadqiq qilish natijasida ular
    Yer ustida tarqalayotganda tez so`nishi aniqlandi. Nurlanishi yuqoriga
    yo`naltirilganda qisqa to`lqinlar ortga qaytadi.
    1902 yildayoq angliyalik matematik Oliver Xevisayd va amerikalik muhandiselektrik Artur Edvin Kennelli qariyib bir vaqtda Yer ustida havoning ionlashgan
    qavati – elektromagnit to`lqinlarini qaytaruvchi tabiiy oyna mavjudligini bashorat
    qilishgandi. Bu qavat ionosfera deb nomlandi.
    Yerning ionosferasi radioto`lqin tarqalish uzunligini to`g`ridan-to`g`ri ko`rish
    uzunligidan ham ortiqroq bo`lgan masofaga jo`natish imkonini berish kerak edi.
    Bu taxmin 1923 yilda o`z isbotini topdi. Radiochastotali impulslar vertikal tarzda
    yuqoriga jo`natilardi va qaytgan signallar qabul qilinardi. Jo`natish va qabul qilish
    orasidagi vaqtni o`lchash natijasida qavatlarning balandligi va miqdorini aniqlash
    imkoni yuzaga keldi.

    Download 9,38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 9,38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    RADIOTO`LQINLAR QAY TARIQA TARQALADI

    Download 9,38 Mb.