• Maksvellning elektromagnit maydoni nazariyasi
  • Elektromagnit to`lqinlari energiya tashuvchidir
  • Radiotexnika 41. Elektr Signali nima va u qanday parametrlar bilan xarakterlanadi?




    Download 9,38 Mb.
    bet5/21
    Sana14.07.2024
    Hajmi9,38 Mb.
    #267549
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    OK Radiotexnika

    RADIOALOQA PRINSIPLARI
    Elektromagnit to`lqinlar xaqida ma`lumot(44 davomi)
    XIX asrning oxirida uzoq masofalarga tarqala oladigan, ko`zga ko`rinmaydigan elektromagnit to`lqinlari ixtiro qilindi va ularning xususiyatlari tekshirildi. Bu to`lqinlar radioto`lqinlar deb ataladi. Tabiat xodisalariga oid ko`pdan-ko`p tajriba materiallarini umumlashtirib, ingliz fizigi Jeyms maksvell elektromagnit maydon nazariyasni yaratdi, quyosh nuri va radioto`lqinlarning tabiatan umumiyligini aniqlab, ularning tarqalish qonunini ochdi. Keyinchalik boshqa nurlanishlar tekshirildi: ultrabinafsha, infraqizil, rentgen nurlari va boshqalar. Tekshirishlar shuni ko`rsatdiki, ularning qator xususiyatlari bir-biridan farqlanishiga qaramay, tabiatan kelib chiqishi bir xil: ularning hammasi
    elektromagnit to`lqinlari bo`lib, fizik xususiyatlarga esa, to`lqin uzunligi bilan
    farqlanadi.
    1886-1888 yillari Genrix Gers o`z tajribalarida Maksvell nazariyasi
    xulosalarini tasdiqladi, radioto`lqinlarning tarqalishi, qaytishi va sinishi yorug`lik
    nuri tarqalishi qonuni bilan bir xilligini ko`rsatdi. Yorug`lik nurining elektromagnit
    nazariyasini yaratishda Maksvell katta qiyinchiliklarga to`qnash keldi. Shu
    vaqtgacha ma`lum bo`lgan materiyaning to`lqinsimon xarakatlari, mexanik
    xarakat va muhitdagi zarrachalarning o`zaro elastiklik ta`siri natijasi deb
    tushuntirilgan.
    Masalan, suv yuzasidagi to`lqin tarqalishi ichki kuchlar ishqalanishi va suvning
    sirt tarangligi ta`siri, tovushning tarqalishi gaz molekulalarining tebranishi yoki
    muhitdagi elastiklik deformasiyasidir. Vakuumda esa, bunday tebranishlar
    bo`lmaydi.
    Qanday qilib yorug`ik to`lqinlari to`siqlarsiz ideal vakuum xisoblangan fazoda
    tarqaladi? Maksvell fazoni ko`z ilg`amaydigan materiya bilan to`ldirilgan, deb
    faraz qildi va unga efirdeb nom berdi. Elektromagnit to`lqinlarning, shuningdek,
    yorug`lik to`lqinlarining tarqalishi efir zarrachalarining tebranishi deb tushuntirdi.
    Efir zarrachalarining siljishi yoki xarakatini siljish toki deb nomladi. Haqiqatdan,
    vakuumli naychada ikkita plastina joylashtirib, ularni o`zgaruvchan EYK
    manbaiga ulasa, yaqinroqda joylashgan magnit miliga o`zgaruvchan magnit
    maydoni shunday ta`sir qiladiki, go`yo bu elektrodlar orasidagi bo`shliqdan
    elektronlar oqimi oqib o`tgandek tuyuladi, hosil bo`lgan tok esa konveksiya toki
    deb ataladi.
    Son jihatdan tajriba nazariyasi bilan to`laligicha mos bo`lgan xolda sifat
    jihatdan bunday mexanik model asos bo`la olmaydi. Fiziklarning keyingi barcha
    urinishlari yeng nozik va o`ta oqilona tajribalari efirni aniqlash, uning
    xususiyatlarini o`rganish nafaqat natija bermadi, balki, agar efir bor deb faraz
    qilinganda ham ko`pchilik fizik xodisalarning mohiyatini tushuntirib bo`lmas edi.
    Shuning uchun xozirgi vaqtda bu tushunchaning real fizik ma`nosi yo`q. Ammo
    kundalik hayotda bu ibora tez-tez uchrab turadi. Shuning bilan birga eksperemental fizika elektromagnit to`lqinlar xaqida yangi ma`lumotlarni to`plab bordi. P.N. Lebedevning 1901 yilda o`tkazgan ajoyib tajribalari yorug`lik nuri bosimini aniqlash imkonini berdi. Keyinchalik elektromagnit to`lqinlarini nurlatuvchi zarracha o`zining bir qism massasini
    yoqotishi isbotlandi. Nihoyat, elementlar yadro zarrachalarini, ularning reaksiyasini shrganish shuni ko`rsatdiki, ayrim sharoitlarda zarrachalar elektromagnit nurlanishiga aylanib, teskari elektromagnit nurlanishlari esa elektr zaryadlangan zarrachalarga o`tadi. Bir tomondan elektronlar o`zlarini materiyaning elementlar zarrachalaridek tutsalar, ikkinchi tomondan, ular qandaydir to`lqin xususiyatlariga ega, masalan, difraksiyaga moyil, ya`ni to`siqlarni aylanib o`tishi. O`z navbatida elektromagnit nurlanishlar korpuskularlik diskretlik xususiyatlariga ya`ni mayda zarrachalar oqimi xususiyatlariga egadirlar. Barcha dalillar shunday xulosaga olib keladiki, elektromagnit to`lqinlar
    xarakatdagi materiyaning alohida shaklini ifodalaydi. Maksvellning elektromagnit maydoni nazariyasi, efir haqidagi farazidan tashqari, ob`ektiv fizik voqelikni tajriba asosida belglab, atmosfera elektri asosiy qonunlarini umumlashtirilgan xolda to`g`ri aks ettiradi. Bunda juda zarur xulosa, mavjud o`zgaruvchan elektr maydoni o`zgaruvchan
    magnit maydonini keltirib chiqaradi. Agarda elektromagnit induksiya qonuni
    teskari bog`liqlikni belgilasa, o`zgaruvchan elektr va magnit maydonlari hamma
    vaqt birga mavjud bo`lib, o`zaro bog`liqlikda bo`ladi. O`zgaruvchan elektr
    maydoni o`zgaruvchan magnit maydonini keltirib chiqaradi, o`zgaruvchan magnit
    maydoni esa, o`zgaruvchan elektr maydonini keltirib chiqaradi. SHuning uchun har
    qanday ta`sir, ya`ni elektr yoki magnit maydonining o`zgarishi, yagona
    o`zgaruvchan elektromagnit maydonini yuzaga keltiradi. O`zgaruvchan elektromagnit maydonining eng asosiy xususiyatlaridan biri, u paydo bo`lgan yerda lokallashmaydi. Paydo bo`lgan nuqtasidan atrof-muhitga elektromagnit to`lqinlari, go`yo suv xavzasiga tashlangan tosh doirasimon tarqaluvchi to`lqinlar kabi tarqaladi. Elektromagnit to`lqinlari energiya tashuvchidir. Quyosh nurining uning yuzasidan kelishi hisobiga Yerda hayot mavjud. Demak, elektromagnit energiyasini paydo etish energiyalarni o`zgartirish jarayoni bo`lishi kerak. Bunday energiya, masalan, agarda elektronni katta tezlikda xarakat qilishga majbur etsagina paydo bo`ladi. Elektronni katta tezlikda
    xarakatlanishiga sarflangan energiya elektromagnit nurlanish energiyasi
    hisoblanadi. Fizikadan ma`lumki, atomdagi elektronlar musbat zaryadlangan yadro
    orbitasi atrofida xarakatlanar va doimiy energiyaga egadirlar.
    45.YER ATMOSFERASI QATLAMLARINI AYTIB BERING? YER ATMOSFERASINING RADIOTO’LQINLAR TARQALISHIGA TA’SIRI

    Yerning shakli. Yer yuzasi meridian yoyining uzunligi ekvatorda qutb doi-rasiga nisbatan qiskarokdir. Meridian yoyining bir gradus uzunligi ekvatorda 110,9 km, Parijda 111,3 km, qutb doirasida 111,9 km. Yer qutblarida bir oz qisilgan bo’lib, qutb o’qlari uzunligi 12714km, ekvator bo’yicha diametr 12756 km, radiusi 6371,221 km teng. Demak, yerning siqiqligi 12 km ni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda olib boradigan aniq o’lchash ishlari yerning elliksoyid shakliga yaqin ekanligini ko’rsatadi. Agar ekvatorial va qutbiy o’qlarning uzunligidagi farqning kichik ekanligini xisobga olsak, bunday ellliksoyibni sferoip deb atash mumkin. Lekin yer yuzasi bizga ma'lum bo’lgan biror geometrik shakliga tug’ri kelmaydi. Ximoloy tog’idagi Jomolungma cho’qqisining balandligi okean yuzasida 8848 m, Tinch okeaning eng chukur joyi 11521 m ekanligini va yer yuzasi relyefi o’zgarishining qariyb 20 km dan oshiqligini xisobga olsak, u o’ziga xos geoid shakliga ega ekanligini ko’ramiz. Yer yuzasi 510 mln.km2,xajmi 1,083 * 1012 km3, massasi 5,974 * 1027 gr, o’rtacha zichligi 5,52gG`sm3 ga tengdir. Yer ichki qismining tuzilishini va tarkibini tuzatish yuli bilan aniqlab bo’lmaydi, shuning uchun xam u bil vosita geofizik, seysmologik, graviymetrik va astronomik usullar yordamida aniqlanadi. Yer yuzasida tez-tez uchrab turadigan moddalarning o’rtacha zichligi 2,7 gG`sm3, bu esa yerning o’rtacha zichligidan kamroqdir.

    Download 9,38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 9,38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Radiotexnika 41. Elektr Signali nima va u qanday parametrlar bilan xarakterlanadi?

    Download 9,38 Mb.