|
Ionosferadan qaytgan qisqa to`lqinlar
|
bet | 4/21 | Sana | 14.07.2024 | Hajmi | 9,38 Mb. | | #267549 |
Bog'liq OK RadiotexnikaIonosferadan qaytgan qisqa to`lqinlar ortida yuzlab kilometr “o`lik zona”ni
qoldirib, Yerga qaytadi. Ionosferaga sayohat qilib to`lqin so`nmasdan Yerning
sirtidan aks etib, yana ionosferaga yo`naladi va shu hol bir necha bor takrorlanadi.
Shu tariqa borib-kelgan to`lqin Yer yuzasini bir necha marta aylanib chiqishi
mumkin.
To`lqinning qaytish balandligini avvalambor to`lqin uzunligiga bog`liq
ekanligi aniqlangan. To`lqin qanchalik qisqa bo`lsa, u shunchalik yuqori
balandlikdan qaytadi. Shunga muvofiq “o`lik zona” ham shunchalik katta bo`ladi.
Bunday bog`liklik faqatgina spektrning qisqa to`lqinlari (taxminan 25-30 MGs)
uchun o`rinlidir. Bundan ham qisqa to`lqinlar ionosferadan o`tib, kosmik fazoga
yo`naladi.
Aks etish nafaqat chastotaga, balki sutkaning vaqtiga ham bog`liq. Bu,
ionosferaning quyosh nurlari bilan ionlashishiga bog`liq bo`lib, tun kirib kelishi
bilan uning qaytarish qabilyati pasayadi. Shuningdek, ionlanish darajasi yil
davomida, yetti yillik davr bo`yicha o`zgaradigan quyosh faolligiga ham bog`liq.
UKV diapazonidagi radioto`lqinlar o`z xususiyatlariga ko`ra yorug`lik
nurlarini eslatadi. Ular deyarli ionosferadan qaytmaydi, yer ustini ahamiyatsiz
tarzda aylanib o`tadi hamda to`g`ridan-to`g`ri ko`rinish masofasigacha tarqaladi.
SHuning uchun ultra qisqa to`lqinlarning uzoq masofaga tarqalishi katta emas.
Ammo bu holatda radioaloqa uchun o`ziga xos afzallik mavjud. UKV
diapazonidagi to`lqinlar tarqalish chegarasi to`g`ridan-to`g`ri ko`rish masofasiga
teng bo`lgani uchun radiostansiyalarni bir-biriga ta`sir ko`rsatmaydigan holatda
150-200 km uzoqlikda joylashtirish mumkin. Bu bitta chastotani qo`shni
stansiyalar tomonidan ko`p marotaba ishlatish imkonini beradi.
DSV va 800 MGs diapazonidagi radioto`lqinlarning xususiyatlari yorug`lik
nurlariga yanada yaqindir. SHuning uchun ular yana bir qiziq va muhim
xususiyatga ega. Qo`l fonari qay tariqa ishlashini esga olaylik,. Reflektor fokusida
joylashgan lampochka yorug`ligi bir taram bo`lib to`planadi va uni ixtiyoriy
yo`nalishda jo`natish mumkin. Yuqori chastotali to`lqinlar bilan ham taxminan shu
tariqa yo`l tutish mumkin. Past chastotali to`lqinlar uchun bunday antennani
qurishning ilojisi yo`q. Chunki uning o`lchamlari juda katta bo`lib ketadi
(oynaning diametri to`lqin uzunligidan ancha katta bo`lishi kerak).
To`lqinlarning nurlanishini yo`naltirish imkoniyati aloqa tizimining
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bu, ingichka nur energiyasini boshqa
tomonlarga yoyilib ketishidan saqlaydi. Bu esa o`z navbatida berilgan aloqa
uzunligiga erishi uchun quvvati u qadar katta bo`lmagan uzatgichdan foydalanish
imkonini yaratadi. Yo`naltirilgan nurlanish nurining yo`lida bo`lmagan boshqa
aloqa tizimlariga xalaqit bermaydi.
Radioto`lqinlarni qabul qilishda ham yo`naltirilgan nurlanishning
afzalliklaridan foydalanish mumkin. Masalan, ko`pchilik sun`iy yo`ldoshga
yo`nalgan parabolasimon antenna bilan yaxshi tanish. U yo`ldoshning nurlanishini
bir nuqtaga, ya`ni qabul qiluvchi datchik o`rnatilgan joyga to`playdi. Qabul
qiluvchi antennaning radioastronomiyada ishlatilishi ko`plab fundamental ilmiy
ixtirolar qilishga imkon berdi. ,qori chastotali radioto`lqinlarni bir nuqtaga jamlash
imkoniyati ularning radiolokasiya, radioreleli aloqa, sun`iy yo`ldosh orqali
uzatishda, ma`lumotlarni simsiz uzatishda qo`llashni ta`minlaydi.Aytish joizki,
to`lqin uzunligining qisqarishi natijasida uning so`nishi, atmosferaga yutilishi ham
ortb ketadi. Xususan, 1 sm. Dan kichik bo`lgan to`lqinlarning tarqalishiga tuman,
yomg`ir, bulut kabi tabiat hodisalari ta`sir ko`rasatadi. Ular aloqa uzunligini
cheklovchi kuchli to`siqqa aylanishi mumkin.
Biz radiodiapazon to`lqinlari turli tarqalish xususiyatlariga ena ekanligini va
ularning har biri afzal jihatlariga qarab eng maqbul sohada ishlatib kelinishini
aniqlab oldik.
|
| |