24
2.3. RAQAMLI AXBOROT SAQLOVCHILARI: KOMPAKT
DISKLAR, KOMPAKT DISKKA MA’LUMOT YOZISH
VA UNI OʻQISH TEXNOLOGIYASI
Reja:
1.
CD va turlari
2.
DVD va turlari
3.
Ma’lumotlarni saqlovchi qurilmalar sigʻimlari.
Kalit soʻzlar: CD, CD-R, CD-RW, DVD, DVD-R, DVD-W,CD-
DA, Video CD, DVD, HDD, BD, pit, land.
Raqamli ma'lumot saqlashning asosan 3 xil turdagi vositalari
mavjud:
-
Magnitli ma'lumot saqlash vositalari – qattiq disk
(vinchester), strimmer, yumshoq magnitli disketalar;
-
Optik ma'lumot saqlash vositalari – CD, DVD, BD disklar
va ular bilan ishlaydigan qurilmalar;
-
Magnitli-optik qurilmalar - ZIP, JAZ va boshqa turdagi
vositalar.
Ushbu mavzuda kompakt disklar haqida ma‘lumot beriladi.
Kompakt disk (Compact disc – CD) 1,2 mm qalinlikka ega va 120
mm diametrdagi oʻta yupqa metal (alyuminiy, oltin, kumush va b.)
bilan qoplangan polikarbonat asosning himoya lak surtilgan diskidir.
Polukarbonat asos 0,2 mm koʻtarilgan boʻlib, tekis yuzaga tegmaslikni
ta‘min etadi. Disk markazida 15 mm teshik mavjud. Disk ogʻirligi
15,7g.
2.1-jadval. Kompakt disk xarakteristikasi.