22
Mikrofon tarixi. 1878-yilda D. E. Yuz oʻzi a‘zo boʻlgan
London
qirollik jamiyatiga mikrofon ixtiro etganligini ma‘lum qildi. Yuz
sifatsiz elektr ulanishlarni tadqiq eta turib, bunday ulanishda, telefonda
shovqin eshitilishini aniqladi. Turli materiallardan tayyorlangan
ulanishlarni
tekshirib, presslangan koʻmirdan foydalanilganda katta
samara berilishini aniqladi. Yuz mazkur natijalarga tayanib, 1877-yilda
mikrofon deb nomlangan telefon uzatkichni taqdim etdi. «Bell
kompaniyasi» Yuzning yangi ixtirosini oʻzining dastlabki apparatida
mavjud boʻlmagan detal sifatida ishlab chiqara boshladi. Telefonning
takomillashuvi ustida (V. Simens, Ader, Gover, Shteker, Dolbir va
boshqa) koʻplab ixtirochilar mehnat qildilar.
Edison boshqa turdagi
telefon apparatini loyihalashtirdi (1878 y). U ilk bor telefon apparati
sxemasiga induksion katushka va presslangan koʻmir qurumili
mikrofonni kiritdi, natijada uzoq masofalarga ovozni uzatishni
ta‘minladi. 1883-yilda olim koʻmir kukuni bilan mikrofon yaratadi.
Mikrofonning tuzilishi va ishlash prinsipi.
2.15-rasm. Mikrofon tuzilishi.
Havodagi tovush toʻlqini bosimi mikrofon membranasiga ta‘sir
etadi. Oʻz navbatida membrana tebranishi
elektr tebranishni yuzaga
keltiradi.
Mikrofonlarning asosan 2 xil turi mavjud:
1. Dinamik (an‘anaviy);
2. Kondensatorli mikrofonlar.
Dinamik mikrofonda tovush toʻlqini ta‘sirida diafragma tebranadi.
Uning
ta‘sirida choʻlgʻamning harakati yuzaga keladi. Tok
uzatkichning (choʻlgʻam) tebranma harakati natijasida magnit maydoni
hosil boʻlib, undan elektr toki paydo boʻladi. Tok kuchi diafragmaning
harakatiga bogʻliq. Dinamik mikrofonlar universalligi va arzonligi
tufayli tovushni kuchaytirishda keng qoʻllaniladi.
23
Kondensatorli mikrofonda (2.16-rasm) tarang tortilgan membrana
(1) qoʻzgʻalmas elektrod (2) bilan birgalikda
elektrik kondensatorning
plastinkalarini tashkil etadi. Membrana (1) tovush bosimi ta‘sirida
qoʻzgʻalmas elektrodga (2) nisbatan harakatlanadi. Hosil boʻlgan
kondensator doimiy tok manbaiga va qarshilikka ulanadi. Kondensator
sigʻimining oʻzgarishi asosida zanjirda oʻzgaruvchan tok paydo boʻladi,
qarshilik natijasida tok kuchlanishi kamayadi va u mikrofon chiqish
signali boʻladi. Tovushni oʻta sifatli ―ushlashi‖ sababli studiya tovush
yozuvida,
radioda
va
televideniyada
foydalaniladi.
Bunday
mikrofonlarning kamchiligi
sifatida qimmatliligini, tashqi energiya
manbasini talab etishligi, tashqi mexanik va ob-havo ta‘sirlarga
chidamsizligini keltirish mumkin.
Atrofdagi barcha ovozni ―ushlab qolishi‖ sabali ularni maxsus
tayyorlangan joylarda foydalanish maqsadga muvofiq.
2.16-rasm. Kondensatorli mikrofon ichki tuzilishi.