16
2.7-rasm. Proyeksion skaner.
Razryadlik (yorugʻ chuqurligi) bit bilan oʻlchanib,
har bir nuqta
uchun qancha rang ajratilganligini anglatadi. Rangni berish uchta asosiy
rang RGB: qizil (Red), yashil (Green) va koʻk (Blue) bilan amalga
oshadi. 24 bit tanlansa, 16,7 million rangda tasvir kompyuterga oʻtadi.
Skaner ish zonasi — skanerlash mumkin boʻlgan hujjatning
maksimal oʻlchami. Bu oʻlcham konstruksiyaga bogʻliq. Qoʻl skanerlari
va barabanli skanerlar uchun aslning faqat eni chegaralansa, planshenli
va proyeksion skanerlar uchun boʻyi va eni boʻyicha
chegaralanadi
(masalan, A4 format).
Skanerlash tezligi — odatda oq-qora asl tasvirni maksimal optik
oʻtkazuvchanlik bilan oʻtkazishga ketgan vaqt. Bu koʻrsatkich
kompyuter
tezligiga, operativ xotirasiga hamda apparat interfeysiga
(kompyuter bilan skaner ulanishiga) bogʻliq.
Har xil interfeyslar
mavjud: LPT, USB, ISA, SCSI, PCMCIA va b.