(AROʻ) deb yuritiladi. Bu jarayonni yana raqamlashtirish




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/44
Sana23.12.2023
Hajmi3,34 Mb.
#127740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
61dbf7822780d7.76038544

(AROʻ) deb yuritiladi. Bu jarayonni yana raqamlashtirish ham deb 
ataladi. Ikkinchisi esa raqamli axborotdan analog signalga oʻtkazish 
Raqamli-Analog Oʻtkazish (RAOʻ) deb aytiladi. Keyingi boblar shu 
jarayonlarga bagʻishlangan. 
Axborot‖ atamasi lotincha ―information‖ soʻzidan olingan 
boʻlib, ifodalash, bayon etish ma‘nosini bildiradi. 
Atama koʻpgina fanlar (falsafa, filologiya, informatika va b.) 
uchun tayanch nuqtasi hisoblanadi.
Axborotni har fan turli xil klassifikatsiyalaydi. Masalan, falsafada 
axborot ―obyektiv‖ va ―subyektiv‖ guruhlarga boʻlinadi. Obyektiv 
axborot tabiatdagi va jamiyatdagi hodisalarni aks ettiradi. Subyektiv 
axborot esa obyektiv hodisa haqidagi insonlar qarashlarini oʻzida 
jamlaydi. 
Hayotda axborotning quyidagi xususiyatlari mavjud: 

obyektivlik;

ishonchlilik; 

toʻliqlik;

dolbzarblik;

foydalilik; 

tushunarlilik. 
Raqamli axborotlarni ishlash vositalariga, avvalo, kompyuterlar 
kiradi. Hisoblash texnikasida axborot 0 va 1 koʻrinishida raqamli holda 
boʻladi. 
Shaxsiy kompyuterda (ShK) raqamli axborot ikkilik sanoq 
tizimida kodlanadi. ShK da istalgan axborotni kiritishda va chiqarishda 
axborotni tasvirlashning maxsus kodlari — ACSII (Axborotlarni 
almashish uchun amerika standart kodi) kodi ishlatiladi, aynan shu 
kodlar ShK ichida harfli va belgili axborotni kodlash uchun qoʻllaniladi 
[18]. 
Har bir belgi 1 baytni (yoki 8 ta nol va bir) egallaydi. Shu 
kombinatsiyadan kelib chiqib jami 256 ta belgi ishlatilishi mumkin: 
2 ning 8-chi darajasi 2
8
= 256: 
• 0 - 32 – operatsiyalar (keyingi qatorga oʻtish, probel va b.); 
• 33 - 127 – xalqaro – lotin alifbosi, son, belgilar; 
• 128 - 225 – milliy belgilar. 
Raqamli axborotni oʻlchamlari: 




1 Bayt = 8 bit 

1 Kilobayt = 2
10
(2 darajasi 10) bayt = 1024 b; 

1 Megabayt = 2
10
(2 darajasi 10) Kilobayt = 1024 Kb; 

1 Gigabayt = 2
10
(2 darajasi 10) Megabayt = 1024 Mb; 

1 Terabayt = 2
10
(2 darajasi 10) Gigabayt = 1024 Gb. 
Hayotning barcha jabhasida insonlar uchun qulaylik yaratish 
maqsadida raqamli texnik vositalar yordamida axborotlarni yaratish, 
taqdim qilish, uzatish, saqlash faoliyatiga raqamli axborot xizmati 
(RAX) deyiladi. 
Kutubxona va arxivshunoslik sohalarida RAX quyidagilardan 
iborat: 
1. 
Raqamli qurilmalar asosidagi texnologiylardan foydalanib 
mijozlarga xizmat koʻrsatish; 
2. 
Hujjatlarni 
(nodir 
qoʻlyozmalar, 
kitoblar 
va 
arxiv 
materiallari) raqamlashtirish; 
3. 
Matn, tasvir, audio va video axborotlardan iborat elektron 
resurslarni yaratish va foydalanishni tashkil etish; 
4. 
Raqamli 
axborotlarni 
avtomatlashtirilgan 
axborot 
tizimlaridan va Internet tarmogʻidan qidirish hamda mijozlarga taqdim 
etish; 
5. 
Mijozlarga masofadan turib (online) xizmat koʻrsatish. 
Keyingi boblarda ushbu xizmatlar batafsil bayon etiladi.

Download 3,34 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



(AROʻ) deb yuritiladi. Bu jarayonni yana raqamlashtirish

Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish