Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/44
Sana23.12.2023
Hajmi3,34 Mb.
#127740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Bog'liq
61dbf7822780d7.76038544

CCD-matritsa - Charge Coupled Device /CCD/ - Zaryad 
chiqaruvchi qurilma - mikroskopik kondensatorlarda dielektrik 
funksiyasini bajaradigan yuzasiga shaffof oksid plyonka surtilgan 
yarimoʻtkazgich kristal (odatda kremniy) (2.5-rasm). U yorugʻ 
intensivligini elektr signalga oʻtkazadi. Elektrodlarga ma‘lum ketma-


14 
ketlikda past kuchlanish (5-10 V) beriladi. Shunda elektrodlar tagida 
elektronlar yigʻilishi koʻrinishda potensional tuynuklar hosil boʻladi. 
Yorugʻ tushishi bilan ichki fotoeffet natijasida erkin elektronlar paydo 
boʻladi. Har bir elektrod sezgir maydoni tagida toʻplangan elektronlar 
soni shu maydonga tushgan yorugʻlik oqimi intensivligiga 
proporsionaldir. Elektronlar zaryadli paketni hosil qiladi.
2.5-rasm. CCD-matritsa. 
Agar CCD lineyka (chiziq) koʻrinishida yasalgan boʻlsa, zaryadli 
paketlar bir potensial tuynukdan qoʻshni katakdagi tuynukka beriladi. 
Oxirgi katakdan dastlabki kuchaytirgichga kelib tushadi. CCD-lineyka 
bir necha minglab diodlardan (yorugʻ sezuvchan kataklardan) tashkil 
topadi. Bitta diodning oʻlchami skanerning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini 
belgilaydi. 
2.6-rasm. Barabanli skaner. 


15 
Barabanli skanerlarda skanerlovchi kallak qimirlamaydi, asl 
nusxa kallak atrofida aylanadi. Bu skanerlar tikilgan hujjatlarni 
(jurnallarni, kitoblarni) skanerlay olmaydi. Ushbu skaner kam 
qoʻllanadi, ish sifati past. 
Proyeksion 
skaner 
stol 
lampasiga 
oʻxshash ishlangan.
Proyeksion skanerlar fotografik kamera singari ishlaydi. Skanerlovchi 
kallak CCD-matritsa va unga nisbatan fokal tekislikda harakatlanadigan 
linzadan iborat. Kallak shtativga biriktirilgan, vertikal harkatlanadi. 
Koʻpchilik 
proyeksion 
skanerlarda 
aslga 
(tasvirga) 
yorugʻlik 
tushiradigan yorugʻlik manbasi oʻrnatiladi. Tabiiy yorugʻlik bilan 
ishlaydigan skanerlar ham mavjud. Asldan qaytgan yorugʻlikni linza 
CCD-matritsaga yoʻnaltiradi. Matritsaga yorugʻlik kelib tushgandan 
boshlab jarayon xuddi yuqorida yoritilgan planshetli skanerlardagidek 
kechadi.
Skanerlarning quyidagi xarakteristikalari mavjud: 

Oʻtkazuvchanlik; 

Razryadlilik; 

Ish sohasi; 

Tezlik. 

Download 3,34 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat

Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish