18
darajasiga qarab oʻz xossasini oʻzgartirib, yashrin tasvir hosil qiladi.
Maxsus qorishmalar bilan ishlov berish natijasida tasvir koʻrinadigan
holatga keltiriladi.
Raqamli fotoapparatlarda optik tasvirni fotoelektrik oʻzgartirish
orqali hosil qilingan elektrik signal haqidagi raqamli ma‘lumotlarni
qurilma xotiraga saqlaydi.
Fotokameraning havaskorlik, professional va maxsus xillari bor.
Havaskorlik va professional
fotokameralardan odamlarni, peyzajni
suratga olishda, portretlar yasash va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
2.8-rasm. Raqamli fotoapparat.
Maxsus fotokameralarda
fototexnika ishlari, aerofotosʼyomka,
mikrosʼyomka va boshqalar bajariladi. Fotokamera fotomaterialda hosil
boʻladigan tasvirlar oʻlchami (kadrlar formati)ga qarab mitti (13x17
mm), yarim formatli (18x24 mm), kichik formatli (28x28 va 24x36
mm), oʻrtacha formatli (45x60 dan 60x90 mm gacha) va yirik formatli
(90x120 mm va undan katta) xillarga boʻlinadi.
Birinchi raqamli
kameraning ogʻirligi 3 kgni tashkil etgan. Tashqi koʻrinishidan u
fotokameradan
koʻra
koʻproq
kinoproyektorga
oʻxshardi.
Matritsasining oʻlchami 0,1 Mp boʻlgan fotoapparat oq-qora rangda
suratga olgan, keyin kadrlarni magnit kassetasiga yozgan.
Tasvirlarni
maxsus mikrokompyuter yordamida televizor ekraniga chiqarish
mumkin boʻlgan. Bir suratni yozish va koʻrishga ketadigan vaqt 46
soniyani tashkil etgan. Ilk raqamli fotokamera prototipi 1975
yilda
―Kodak‖ kompaniyasining muhandisi Stiven Sasson (Steven Sasson)
tomonidan ishlab chiqilgan.
19
2.9-rasm. Raqamli fotoapparat tuzilishi.
Fotokameraning ishlash prinsipi:(1) Obyektiv linzalari tizimidan
yorugʻlik oʻtadi. Kamera korpusiga tushgach, u oynada (2) aks etadi va
linza (6) orqali pentaprizmaga (7) ga keladi. Pentaprizma (7)
tasvirni
toʻntaradi. Tasvirga tushirish tugmasi bosilganida: Oyna (2) koʻtariladi,
tuynuk (zatvor) (3) ochiladi va yorugʻlik matrisaga ma‘lum muddatga
tushadi va tasvir shakllanadi.
2.10-rasm. Raqamli fotoapparat tuzilishi. 1. Obyektiv. 2. Oyna. 3.
Tuynuk (Zatvor). 4. Matritsa (yorugʻlik sezuvchi material). 5. Oyna. 6.
Linza. 7. Pentaprizma. 8. Gavdalantirish okulyari.
Videokameralar - fotoapparatlar kabi
bitta tasvir olish uchun
emas, balki ketma-ket tasvirlardan video hosil qiladigan qurilmadir.
Videokamera videosignal (yoki raqamli video ketma-ketlik)ni
shakllantirish va ovozli xabar qabul qilish vazifasini bajaradi,
shuningdek, bunday turdagi ma‘lumotlarni
saqlay oladigan qurilma
hisoblanadi.
20
Videokameralar 3 xil kategoriyaga ajratiladi:
1-maishiy - yengil, qiyin boʻlmagan boshqaruvga ega boʻlib,
proffessional tasvirga olish bilimiga ega boʻlmagan
kishilar ham
foydalana oladigan kameralar (2.11-rasm).
2.11-rasm.
2-professional
-
bu
kameralar
odatda
televideniye
va
kinomotograflarda qoʻllaniladi, maishiydan kattaroq va ogʻirroq boʻladi
(2.12-rasm);
2.12-rasm.
3-maxsus - bularga misol qilib tibbiyotda qoʻllaniladigan
(endoskopiyada),
yoki
videokuzatuv
uchun
moʻljallangan
videokameralarni keltirish mumkin (2.13-rasm).
2.13-rasm.