21
Web-kameralar quyidagi parametrlari bilan xarakterlanadi:
1. Matritsa turi. Eng asosiy ahamiyat beriladigan xarakteristika
boʻlib, videoaloqa oʻrnatish sifatini belgilaydi. Hozirda 2
xil turdagi
matritsa mavjud:
CCD (Charge Coupled Device, 2-mavzuga qarang
),
CMOS (Complementary Metal-Oxide Semiconductor - Тўлдирувчан
металл-оксидли яримўтказгич). Agar siz
uy sharoitida vedeoaloqani
oʻrnatmoqchi boʻlsangiz, sizga oddiy arzonroq
CMOS matritsali web-
kamera ham etarla. Agar siz yuqori tiniqlikdagi video yaratmoqchi
boʻlsangiz, ya‘ni professional ishlar uchun (telekoʻrsatuv
uchun
materiallar tayyorlash) web-kamerani ishlatmoqchi boʻlsangiz, unda
sizga
CCD matritsali kamera kerak boʻladi.
2. Matritsa oʻlchami. Bu xarakteristika orqali siz qanday
oʻlchamda (razresheniya) videoaloqa oʻrnatishni
belgilaysiz, oʻlcham
deganda gorizontal va vertikal yoʻnalishdagi piksellar soni tushuniladi.
Qanchalik katta boʻlsa, shuncha tasvir shunchalik aniq boʻladi.
Quyidagi asosiy qiymatlar mavjud:
640×480 piksel — 0,3Mpx — (VGA);
1280×1024 piksel — 1,3Mpx — (HD);
1920×1080 piksel — 2,0Mpx — (FullHD).
Hozirgi kunda eng hamyonbop va Internet tezlikka mos kamera
1,3Mpx oʻlchamligidir.
3. Sezish qobiliyati. Bu xarakteristika qanchalik yorugʻ
boʻlganda, kamera olishi yaxshi boʻlishini belgilaydi. Bu matritsa turiga
bogʻliq, agar sizning matritsangiz CCD tipida boʻlsa, biroz yorugʻ
boʻlsa ham, yaxshi sifatda oladi. Agar CMOS matritsa boʻlsa,
videoaloqa yaxshi boʻlishi uchun, yorugʻroq xona boʻlishi lozim. Bu
parametr «lux» da oʻlchanadi.