Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/44
Sana23.12.2023
Hajmi3,34 Mb.
#127740
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
61dbf7822780d7.76038544







KIRISH 
Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat 
koʻrsatish kutubxonachilikda oʻta dolzarb masalaga aylangan. 
Kutubxonalarning axborot-resurs markaz (ARM) lariga aylantirilishi 
ham an‘anaviy kutubxona xizmatlarining tobora avtomatlashtirilishi va 
an‘anaviy qogʻoz koʻrinishidagi hujjatlar oʻrnida elektron resurslarning 
tobora koʻproq qoʻllanishi bilan bogʻliq [5]. Endi ARMda ishlovchi 
xodimlar 
raqamli 
axborotlarga 
tayangan 
texnologiyalar 
va 
texnikalardan oqilona foydalanadigan mutaxassislarga aylanmoqda. 
Raqamli 
axborotlarni 
qayta 
ishlashga 
moʻljallangan 
dasturiy 
ta‘minotdan foydalangan holda kutubxona resurslarini yaratishni 
uddalash va ushbu resurslar asosida mijozlarga xizmat koʻrsatishni 
amalga oshirish ular zimmasidagi ustuvor vazifalardir. Qoʻyilgan 
vazifalarni bajarish maqsadida kutubxonalar va arxivlar uchun 
tayyorlanadigan 
mutaxassislarga 
raqamli 
axborotlar 
turlari, 
xususiyatlari va ularni qayta ishlab multimedia mahsulotlari, elektron 
nashrlar yaratish, raqamli axborotni avtomatlashtirilgan kutubxona 
tizimlaridan va Internetdan qidirish va foydalanuvchilarga (mijozlarga) 
taqdim etish, kutubxonalarda xizmat koʻrsatish chogʻida resurslarga 
boʻlgan mualliflik huquqlariga rioya qilish haqidagi bilimlarni berish 
zarur. ―Raqamli axborot xizmati‖ fanidan oʻquv qoʻllanma yaratishdan 
koʻzlangan maqsad sanab oʻtilgan bilimlarni oʻrganish uchun oʻquv 
materiallarini hozirlashdan iborat. 
Mazkur qoʻllanma 6 bobga ajratilgan.
Birinchi bobda analog signal, raqamli axborot, raqamlashtirish, 
raqamli axborot xizmati kabi tushunchalar haqida ma‘lumotlar 
keltirilgan. 
Ikkinchi bob raqamli axborot yaratishga moʻljallangan texnik 
vositalarning ishlash prinsiplari va ulardan foydalanish haqida 
ma‘lumotlar bayoniga bagʻishlangan. 
Uchinchi bobdan raqamli axborotni yaratish va qayta ishlash 
uchun foydanadigan dasturiy ta‘minot haqidagi ma‘lumotlar oʻrin 
olgan. 
Toʻrtinchi bob kutubxonalar uchun elektron oʻquv nashrlarini 
guruhlarga ajratish va ta‘limda foydalanish uchun elektron darsliklarni 
yaratish texnologiyalari bayoniga bagʻishlangan. 



Beshinchi bobda avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlarida va 
Internet qidiruv tizimlarida hujjatlarni qidirish hamda oʻquvchilarga 
yetkazib berish usullari haqidagi ma‘lumotlar jamlangan. 
Oltinchi 
bobdan 
kutubxonalarda 
an‘anaviy 
(qogʻoz 
koʻrinishidagi) asarlarga va elektron nashrlarga oid mualliflik 
huquqining amal qilinishi borasidagi bilimlar oʻrin olgan. 
Oʻquv qoʻllanmadagi har bir mavzu uchun materiallarni bayon 
etish rejasi, kalit soʻzlar va mavzu oxirida nazorat savollari keltirilgan. 
Mazkur 
―Raqamli axborot xizmati‖ oʻquv qoʻllanmasi 
kutubxonashunoslik, arxivshunoslik va axborotlashtirish yoʻnalishi 
boʻyicha tahsil olayotgan talabalar, magistrlar va pedagog kadrlar 
uchun moʻljallangan. 




Download 3,34 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat

Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish