6
1.1-rasm. Axborot asosi – signal.
Ayrim tushunchalar ma‘nosini anglash lozim:
Signal – bu vaqt mobaynida oʻz qiymatini oʻzgartiradigan fizik
oʻlcham (masalan, temperatura, havo bosimi, yorugʻlik intensivligi, tok
kuchi va b.). Oʻzgarish xususiyatiga egaliligi tufayli signal oʻzida
qandaydir axborotni mujassam qiladi.
Elektr signali – bu vaqt mobaynida oʻz qiymatini oʻzgartiradigan
elektr oʻlchami (masalan,
kuchlanish, tok, quvvat). Barcha elektronika
vositalari asosan elektr signal bilan ishlaydi, lekin yorugʻlik
signali
bilan ishlaydigan vositalar ham koʻpaymoqda.
Analog signal – bu ma‘lum oraliqda ixtiyoriy qiymatlarni qabul
qila oladigan signal (masalan, kuchlanishning noldan oʻn voltgacha
ortib borishi). Tabiatdagi barcha signallar analog signallardir.
Faqat
analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar
analog qurilmalar deb
yuritiladi. ―Analog‖ nomi signalning fizik oʻlchamlariga
mos ravishda,
uzluksiz ekanligini anglatadi.