Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/44
Sana23.12.2023
Hajmi3,34 Mb.
#127740
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
61dbf7822780d7.76038544

Fizik oʻlchami 
Audio sigʻimi Ma’lumot 
sigʻimi 
Atalishi 
120 mm 
74–99 daqiqa 
650–870 Mb
Standart 
80 mm 
21–24 daqiqa 
185–210 Mb 
Mini-CD 
85x54 mm - 86x64 
mm 
~6 daqiqa 
10-65 Mb 
"Business 
card" 


25 
2.17-rasm. Komapkt disk. 
Lazer nurlari texnologiyasi asosida kompakt diskka axborot 
yozish shaxsiy kompyuterlar yatilmasdan avval ma‘lum edi. Ilk 
kompakt disklar musiqa albomlari sifatida Yaponiyada 1982 yili 
sotuvga chiqarilgan.
Diskka axborot spiral yoʻlakcha (dorojka) boʻylab polikarbonat 
asosdagi pitlar (inglizcha pit – chuqurlik) koʻrinishida yoziladi. Pit 
taxminan 100 nm (nm - nanometr, yoki metrning milliarddan bir qismi) 
chuqurlik va 500 nm kenglikdagi 850 nm – 3,5 mkm (mkm – 
mirkometr, yoki metrning milliondan bir qismi) uzunlikda boʻladi. 
Pitlar orasida landlar (inglizcha land – masofa, asos) joylashadi (2.18-
rasm). Spiraldagi yoʻlaklar orasi 1,6 mkm (DVD larda - 0,74 mkm). 
Yozish jarayonini ―kuydirish‖deb ham yuritiladi. 
2.18-rasm. Komapkt diskdagi pitlar. 
Axborot 780 nm uzunlikdagi nur yordamida oʻqiladi. Lazer nuri 
1,2 mkm diametrda axborot zonasiga fokuslanadi. Yoʻlakchaning 
baland qismiga (land ga) tushgan nur detektorga qaytadi va nurni 
sezuvchi diod tomon yoʻnaltiruvchi prizma orqali oʻtadi. Agar nur 
yoʻlakcha chuqurchasiga (pit ga) tushsa, u tarqaladi va tarqalgan 
nurning juda kam qismi orqaga qaytib, nurni sezuvchi diodgacha yetib 
keladi. Diodda nurli impulslar elektr impulslariga aylanadi: yorugʻ 
nurlanishlar nollarga aylanadi, xira nurlanishlar esa - birga. Shunday 


26 
qilib, chuqurliklar mantiqiy bir sifatida, tekis yuza esa mantiqiy nol 
sifatida qabul qilinadi. 
CD (compact disc) 3 turga boʻlinadi: 

CD-ROM (Read Only Memory – faqat oʻqish uchun); 

CD-R (Recordable – yoziladigan /1 marta yoziladigan); 

CD-RW (ReWritable – qayta yoziladigan /koʻp marta 
yoziladigan). 
CD-ROM disklariga axborot (pitlar) shtamplash orqali zavodda 
tushirilgan boʻladi. Yaratilgan master-disk shtampidan foydalangan 
holda shtamplangan kompakt disklar ishlab chiqiladi. Bunday disklarga 
buyurtma asosida ishlab chiqilgan yirik san‘atkorlar (qoʻshiqchilar) 
albomlari, kompyuter qurilmalari hamda drayver disklari misol boʻla 
oladi.
CD-R (Compact Disk Recordable) bir marta yoziladigan va CD-
RW (Compact Disk ReWritable) koʻp marotaba yoziladigan disklar 
mavjud. Bu holat aktiv material xususiyatiga bogʻliq. Bir marta yozish 
diskida aktiv material kimyoviy xususiyati oʻzgartiriladi: uning yuzasi 
qorayib qoladi. Koʻp martalik diskda aktiv material amorf holatidan 
kristall holatga va aksincha oʻzgartiriladi (2.19-rasm).
kristal 
amorf 
2.19-rasm. Kristal va amorf holat. 
CD larga uchun yozish/oʻqish tezligi 150 Kb/s (153600 
bit/soniya) ga karrali boʻladi. Ushbu ma‘lumot kompakt disk ustida 
keltiriladi. Masalan, ―48-x‖ deb yozilgan CD tezligi 7200 Kb/s (48 X 
150 = 7200 Kb/s (yoki 7,03 Mb/s) ga teng boʻladi. 
DVD (Digital Versatile Disc — raqamli universal disk) disk 
kichikroq toʻlqinli lazer nuridan (CD - 780 nm, DVD – 635 nm) 
foydalanganligi va yoʻlakchalar orasidagi masofa kichik (CD – 1.6 
mkm, DVD – 0.74 mkm) boʻlganligi tufayli koʻproq ma‘lumotni oʻzida 
saqlaydi. Standart oʻlchamdagi (120 mm) DVD hajmi 4,7 Gb dan 17 
Gb gacha, mini DVD (80 mm) - 1,6 Gb. 
Hajmlariga koʻra DVD quyidagi turlarga boʻlinadi: 


27 


Download 3,34 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat

Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish