46
yilda WWW (World Wide Web) ijodkorlari GIF formatini oʻzining
qulay va keng tarqalganligi sababli qabul qildilar. Avvallari webdagi
tasvirlarning asosiy qismini GIF formati tashkil etadi. Deyarli barcha
web brauzerlari tasvirlar uchun GIF grafik formatini qoʻllaydi. GIF
formati oʻz tarkibida qisqartirish sxemasini
saqlab qoladi va uning
fayllari 8-bit (256 yoki undan ozroq rang) rangli paletgacha cheklanadi.
Amalda koʻpchilik web ustalari sahifa elementlarini yaratishda
GIF formatidan foydalanishni ma'qul koʻrishadi. JPEG formatini esa
fotosuratlarda ishalatishadi. Murakkab fotografik tasvirlarda JPEGning
zichlash (qisqartirish) jarayoni sifatni unchalik oʻzgartirmaydi. GIF
tasvirlarining afzalliklari:
Webda eng koʻp qoʻllaniladigan grafik format;
Barcha web brauzerlari GIF formatidagi tasivirlarni qoʻllab
quvvatlaydi;
GIFning
diagrammatik
tasvirlari
JPEGga
qaraganda
chiroyliroq koʻrinadi;
GIF aniqlikni va oʻzaro birikish xususiyatini ta'minlaydi.
JPEG tasvir formati. Bu format tasvirlarni standartlashtirilgan
qisqartirish mexanizmi hisoblanadi. JPEG soʻzi
ushbu standartni
yozgan guruh soʻzlarining bosh harflaridan olingan boʻlib, bu
Joint
Photographic Experts Group, ya'ni oʻzbek tilida Qoʻshma Fotosurat
Mutaxassislarining Guruhi degan ma'noni bildiradi. JPEG rangli va oq-
qora rangdagi barcha tasvirlarni qisqartirish maqsadida yaratilgan tasvir
formatidir. U fotosuratlarda, tabiat manzaralarini tasvirlashda va shunga
oʻxshash tasvirlarda juda qulay hisoblanadi. Biroq oddiy multfilmlarda,
illyustratsiya yoki chizmachilikda unchalik ham qulay hisoblanmaydi.
JPEG faqat haratkatsiz suratlarda ishlatiladi. Harakatlanuvchi
tasvirlarda MPEG deb nomlanuvchi standardan foydalaniladi. JPEG bir
oz "yoʻqotuvchi" tasvir formati. Buning ma'nosi agar tasvirni qayta
yoyilgandan soʻng asli bilan solishtirganda bir oz yoʻqotish kuzatiladi.
Aslida JPEGning ishlov koʻlami inson koʻzining koʻrish
chegaralariga
asoslangan boʻladi. Bu yerda ba'zi ranglarning kichik oʻzgarishi
tasvirning umumiy ranglarining yoriqroq boʻlishiga sabab boʻladi va u
nisbatan sezilmaydi. Shuning uchun, JPEG insonlar tomonidan
koʻrilishinini nazarda tutilgan holda tatbiq etilgan. Agar siz
tasviringizni mashina tahliliga qoʻysangiz, koʻz bilan ilgʻab boʻlmasa
ham bu yerda JPEG tomonidan kichik xatoliklar kelib chiqishi mumkin.
Yana bir muhim jihatni aytib oʻtish kerakki, qisqartirilgan JPEG
47
fayllarida dekoder (qayta yoyuvchi)ning
yoyish tezligini oshirish
hisobiga noaniq hisoblashlarga yoʻl qoʻyiladi va natijada tasvir sifati
yomonlashadi.
JPEGdan foydalanishning ikkita asosiy sabablari boʻlib, bular:
•
Tasvir faylini kichiklashtiradi;
•
Har bir piksel uchun 24-bit rangli joy ajratadi.
Fayllar hajmini kichiklashtirish tasvirlarni axborot tarmoqlarida
uzatishni osonlashtiradi va tasvirlar omborini saqlashda juda samarali
hisoblanadi.
Agar 2 Mbaytli fayl qisqartirishga berilgan boʻlsa, uni JPEG 20:1
nisbatida qisqartirib 100 Kbayt hajmga tushira oladi. Bu faylning
xotiradan egallaydigan joyi va tarmoqda uzatilish vaqtini 20
marotaba
qisqarganini bildiradi. Agar buni GIF fayli bilan solishtiradigan
boʻlsak, bu qisqarish 4:1 nisbatni tashkil qiladi holos.
Oʻz navbatida 20:1 nisbatda qisqartirilgan JPEG tasvirini qayta
yoyishi uchun 4:1 nisbatdagi GIF fayliga nisbatan uzoqroq vaqt talab
etiladi. Shuning uchun JPEG tasvir formatida vaqt va joy nisbati har
doim
saqlanib qoladi, ya'ni, yoki joy, yoki tezlik. Shuni ta'kidlash
joizki, agar tasvirlar tarmoq orqali uzatilishini nazarda tutsak, bu yerda
imkon qadar fayllarning hajmi kichikroq boʻlgani maqsadga muvofiq,
chunki uzatishga ketadigan vaqt qayta yoyishga nisbatan uzoq boʻladi.
JPEGning ikkinchi asosiy
afzallikligi shundan iboratki, u tasvirni
toʻliq rangli 24-bit/piksel (16 million rang) xotira bilan saqlaydi.
Tarmoq va web muhitida keng qoʻllaniladigan GIF formatiga esa atigi
8-bit/piksel (256 rang) xotiradan joy ajratiladi. Biroz eskirgan displeyli
kompyuterlarda GIF formati ishlatishga toʻgri keladi, chunki bunday
kompyuterlarning 256 xildan ortiq rangdan foydalanishning texnik
jihatdan imkoniyati boʻlmaydi va bunday
holda JPEGdan foydalanish
samarasiz boʻlib qoladi. Lekin bu muammo vaqtinchalik boʻlib,
keyinchalik hal etilishi mumkin. Biroq JPEG ekran holatiga qarab
ranglarni tanlash masalasida GIFdan ustun turadi. Hozirda umumjahon
internet toʻrida JPEG fotosuratlar uchun asosiy format boʻlib qolmoqda.
JPEG tasvirlarining afzalliklari:
Tez uzatilishi va koʻchirib olinishi mumkin;
Fotosurat va tibbiyot suratlarida juda yaxshi natija beradi;
Toʻliq rangli (24-bit "haqiqiy rang") tasvirlarni qoʻllaydi.