48
TIFF tasvir formati. TIFF tasvir formati «
Tagged Image File
Format» soʻzlaridan olingan boʻlib, bu
Biriktirilgan Tasvir Fayli
Formati degan ma'noni anglatadi. TIFF formati
tijoriy va professional
tasvir standard sifatida hozirda keng foydalaniladi. U oʻzida 48
bitgacha ma'lumotni qabul qila oladi. TIFF
bit kartali tasvirlarda
ishlatidi. U oʻzida matn va vektor asosli ma'lumotlarni aks ettirmaydi.
TIFF deyarli barcha ranglarni qoʻllab-quvvatlaydi,
jumladan, RGB,
CMYK va boshqalar.
PNG tasvir formati. PNG deb nomlanuvchi ushbu tasvir formati
Portable Network Graphic soʻzlarining qisqartmasi boʻlib,
bu qulay
tarmoq grafikasi degan ma'noni anglatadi. PNG oddiy va bir oz eskiroq
boʻlgan GIF formati, hamda ba'zi jihatlari
bilan murakkab hisoblangan
TIFF formatlariga nisbatan oʻrinbosar sifatida ishlab chiqilgan.
Grafik fayllar hajmini hisoblash boʻyicha misol.
a)
GIF formatidagi 200x300 px (piksel) oʻlchamli
tasvir
maksimal qancha kilobayt xotirani talab etadi.
Yechish: 200 * 300 * 8/8/1024 = 58,59 Kb
b)
10x15 sm, 250 dpi oʻtkazuvchanlikda raqamlashtirilgan 24
bit rangli rasm fayli qancha kilobayt xotira talab etadi.
Yechish: (10/2,54 * 15/2,54) * 250 * 24/8/1024 = 17 Kb
Nazorat uchun savollar:
1.
Tasvirlar necha xil usulda hosil qilinadi?
2.
Vektor asosli tasvirlarni tushuntirib bering.
3.
Linatura nima?
4.
Tasvirlarning qanday formatlari mavjud?
5.
GIF tasvir formatini tushintirib bering.
6.
JPEG tasvir formatini tushintirib bering.
3.3. AUDIO AXBOROTLAR XUSUSIYATLARI. AUDIO