52
formatida doim MPEG Layer-3 ishlatiladi, mp4 formatida esa turli
kodeklar ishlatilishi mumkin.
Tovushni siqish kodeklar orqali bajariladi (kodeklar toʻgʻrisida
ma‘lumotlar 12-mavzuda batafsil keltirilgan).
Kodeklar siqish usuli
boʻyicha 2 katta kategoriyaga boʻlinadi:
Tovush sifatini yoʻqotmasdan lossless), ularga misol:
•
FLAC (Free Lossless Audio Codec)
•
APE (Monkey‘s Audio)
•
ALAC (Apple Lossless Audio Codec)
Tovush sifatini yoʻqotib (lossy), ularga misol:
•
MP3
•
WMA
•
OGG
•
AAC
Tovush fayllar formatlari 480 dan ortiq. Ulardan eng koʻp
ishlatiladiganlari WAV, AAC, MP3 va MIDI hisoblanadi. Quyida shu
formatlar haqida ma‘lumot keltiriladi.
WAV format. Bu format magnitofon lentasiga yozilgan
yozuvning toʻliq
analogidir, bu yerda farq signal amplituda qiymati
analog koʻrinishida emas balki raqamli kodlar kema-ketligi koʻrinishida
yoziladi. WAV kengaytmali fayllar juda katta hajmga ega boʻlib, bir
daqiqali tovushni yozishga, yuzlab Kbayt joy sarf boʻladi. Masalan,
6,12 soniyali tovushni yozish uchun 135 876 bayt joy sarf boʻladi.
WAV-fayllar odatda xonandaning ovozi
yoki nutqini yozib olish va
eshitish uchun foydalaniladi, chunki ular ovozning individul
xususiyatlarini va xarakterini hisobga olish imkoniyatiga ega.
Bugungi
kunda ixtiyoriy inson ovozini takrorlay oladigan dasturiy vositalar
ishlab chiqilgan.
MIDI format. Bu format bevosita tovushlarni yozishga
moʻljallanmagan. Ular komandalar jamlamasidan iborat boʻlib,
qaysi
musiqa asbobi, qaysi nota qanday uzunlikda (va boshqa xarakteristika)
ijro etilishini ta‘minlaydi. Bunday fayllar real tovushli axborotlarni
saqlamaydi. Ular qaysi musiqa asbobi qachon va qaysi vaqtda, qaysi
kanal orqali, qanday balandlikda va boshqa
tovush xarakteristikalari
orqali ijro etilishini koʻrsatadi. Umuman olganda MIDI-fayllar musiqa
asoboblari sintezatori uchun yoʻriqnomalar jamlamasidan iborat. MIDI-
fayllar notalar singari musiqa asarlarini ijrosini ta‘minlaydi, shunday
programmalar borki ular yordamida
musiqaning nota yozuvlari
53
tiklanadi. Bu
fayllar instrumental
musiqa,
musiqiy joʻrlikni
generatsiyalash va musiqa asarlarini aranjirovkasini yaratishda
foydalaniladi. Fayldan berilayotgan buyruqlar asosida
u yoki bu etalon
ajratib olinadi, modifikatsiya qilinadi (tembr, tovush balandligi
oʻzgartiriladi, analogli signalga aylantiriladi va chiqish kuchaytirishiga
uzatiladi). MIDI-fayllar oddiy musiqiy sintezatorlarda foydalaniladi.