55
Televizion tasvirni hosil qilish uchun vaqt davomida kameraning
elektron nur bilan tasvirni tezlik bilan skanlab
chiqishi va tasvirdan
qaytadigan nurlarni qabul qilib borish yoki saqlash bilan hosil qilinadi.
Elektron nur har bir skanlashni oxiriga yetkazishi bilan yana qaytadan
skanlashni boshlaydi va bu jarayon toʻxtovsiz davom ettiriladi. Har bir
skanlash
freym (frame) deb ataladi. Qabul qiluvchi ham skanlash orqali
hosil qilingan nurlar kuchiga koʻra tasvirni qayta tiklaydi.
Skanlashning parametrlari davlatlarga qarab turlicha boʻladi.
Shimoliy va janubiy Amerika va Yaponiyada qoʻllaniladigan tizimda
525 skan chizigʻi, gorizontal - vertikal nisbati 4:3, va soniyada 30
freym oʻtkazish imkoni bor. Yevropadagi tizim imkoniyatlari esa 625
skan chizigʻi, nisbati oʻzgarmaydi 4:3 va 25 freym/soniyadan iborat.
Rangli video ham xuddi oq-qora rangli
kabi skanlash bilan hosil
qilinadi. Faqatgina bu yerda avval bitta nur bilan hosil qilinayotgan
boʻlsa, endi tasvir uchta nur berish bilan hosil qilinadi. Bular RGB
(QYaK – Qizil, Yashil, Koʻk) ranglari boʻlib
ular orqali har qanday
rangni tegishli ravishda hosil qilish mumkin.
Rangli tizim birinchi boʻlib Qoʻshma Shtatlarda National
Television Standards Commitete (Milliy Televizion Standardlar
Uyushmasi) tomonidan standartlashtirildi va bu NTSC deb nomlandi.
Keyinchalik Yevropada ham standartlar qabul qilindi.
Bular SECAM
(SEquaentiel Couleur Avec Memoire) Fransiya va sharqiy Yevropada
qoʻllanilgan, hamda PAL (Phase Alternating Line) tizimi Yevropaning
boshqa qismlarida foydalanilgan.