59
IV BOB. KUTUBXONA RAQAMLI AXBOROTLAR
RESURSLARINI YARATISH
4.1. MULTIMEDIA ISHLANMALARI
Reja:
1.
«Multimedia» atamasi haqida
2.
Multimediali axborotlarni taqdim etishning texnik vositalari
3.
Multimediali axborotlarni taqdim etishning dasturiy
vositalari
Kalit soʻzlar: Multimedia, Multimediali ilovalar.
Multimedia
-
bu
kompyuter
texnologiyalari
boʻlib,
u
foydalanuvchi va kompyuter orasida matn, tovush (nutq, musiqa,
shovqinlar),
grafika
(kartinalar,
fotosuratlar,
chizmalar)
va
animatsiyadan (videofilmlar, multfilmlar)
foydalangan holda axborot
almashinuvini ta‘minlaydigan vositadir.
Multimedia soʻzi ikki qismdan iborat
: multi – koʻp,
media –
vosita, qurilma, tashuvchi ma‘nolarida ishlatiladi. Soʻzma-soʻz
tarjima
qilganda
multimedia soʻzi axborot tashuvchi vositalar,
qurilmalar
ma‘nosini beradi. Shunday qilib, multimediali
kompyuter tovushlar,
grafika va filmlar koʻrinishidagi axborotlarni kiritish va chiqarish
vositalariga ega boʻlishi lozim.
Tabiiyki, barcha kompyuterlarda
bunday vositalar boʻlmasligi mumkin.
Ammo multimediali kompyuter
uchun standart mavjud, agarda kompyuter
bu standart talabiga javob
bersa, unda multimedianing barcha komponentlari ishlay oladi.
Axborot resurs markazlarda multimedia axborotlarini taqdim
etishda ikki jihat
– texnik va dasturiy ta‘minot hisobga olinishi lozim.