Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/44
Sana23.12.2023
Hajmi3,34 Mb.
#127740
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Bog'liq
61dbf7822780d7.76038544

«Oʻrganish» rejimi. Elektron darslikda joriy etilgan ushbu 
rejimda oʻrganuvchiga har bir mavzu boʻyicha ikki blok materiali taklif 
etiladi: asosiy matn va qoʻshimcha matn. Matndagi muayyan jumla 
mazmunini yoritishga xizmat qiladigan tasvir, animatsiya, video va 
audio materiallar giperbogʻliqlik sifatida beriladi.
Tushunarli boʻlishi uchun tasvir bilan ishlash jarayonini koʻrib 
chiqaylik. Matn ichiga qoʻyilgan tasvir giperbogʻligini faollashtirish 
(masalan, ―rasm‖ soʻzi ustida sichqoncha tugmasini bosish) orqali matn 
ustida paydo boʻladigan kichik darchaga oʻsha tasvir chiqariladi. 
Muayyan tasvir bilan tanishib boʻlgach, darchani yopib matnga 
qaytiladi. Agar mavzu matni orasiga giperbogʻliklar emas, tasvirlar 
qoʻyilsa, elektron darslik mohiyati buzilgan boʻlar edi (Shu tarzda 
ishlangan elektron darsliklar koʻp). Bu notoʻgʻri yechimligiga sabablar:
Birinchidan, odatda elektron darslikning bitta mavzusida oʻnlab 
tasvirlarga murojaat qilinadi. Agar ularni matn orasiga qoʻyilsa, matnni 
oʻqish juda qiyinlashib ketadi. 


75 
Ikkinchidan, matnning biror jumlasini yoki muayyan soʻzni 
(masalan, predmet nomi yoki olim familiyasi) izohlovchi tasvir faqat 
shu jumlani oʻqiyotgan paytda koʻrinishi lozim. Agar tasvir avvaldan 
matn ichida boʻlsa, oʻquvchini chalgʻitadi. Tasvirni bu usulda qoʻyish 
qogʻoz koʻrinishidagi darslik uchun xos, chunki kitobda istalgan paytda 
tasvirni paydo qilish yoki yoʻqotish imkoniyati mavjud emas. 
Video va animatsiya materiallari ham kerakli oʻrinda faollashishi 
lozim.
Oʻrganilayotgan mavzuning toʻliq matni mohiyatini oʻzida 
mujassam etgan qisqa matn (odatda, 3-4 jumla) tayyorlanishi va ovoz 
bilan ta‘minlangan boʻlishi maqsadga muvofiq. Bunday «Yodda 
tuting!» matnining alohida darchaga chiqarilishi va ovoz bilan 
ta‘minlanishi mavzuning asosiy ma‘nosini oʻzlashtirishni kuchaytiradi.
Yangi mavzu uchun xarakterli boʻlgan tayanch soʻzlarni mavzu 
matni bilan bogʻlash amalga oshirilgan boʻlishi lozim. 

Download 3,34 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat

Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish