• V BOB. RAQAMLI AXBOROTNI QIDIRISH VA OʻQUVCHILARGA TAQDIM ETISH 5.1. AXBOROT QIDIRUV TIZIMLARI
  • Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat




    Download 3,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/44
    Sana23.12.2023
    Hajmi3,34 Mb.
    #127740
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
    Bog'liq
    61dbf7822780d7.76038544

    Nazorat savollari 
    1. Elektron darslik nima? 
    2. Elektron darslik tarkibi haqida soʻzlang. 
    3. Elektron darslikda ―oʻrganish‖ va ―mustahkamlash‖ rejimlari 
    ahamiyatini tushuntiring. 
    4. Elektron darslik yaratishning bosqichlarini izohlang. 


    79 
    V BOB. RAQAMLI AXBOROTNI QIDIRISH VA 
    OʻQUVCHILARGA TAQDIM ETISH 
    5.1. AXBOROT QIDIRUV TIZIMLARI 
    Reja: 
    1. 
    Axborot qidiruvi turlari. 
    2. 
    Internet tarmogʻi qidiruv tizimlari rivojlanish tarixi 
    3. 
    Google qidiruv tizimi 
    4. 
    Qidiruv operatorlari 
     
    Kalit soʻzlar: axborot qidiruvi, axborot qidiruvi modellari, 
    Google, Yandex, qidiruv operatori 
     
    ―Axborot qidiruvi (AQ)‖ deganda qandaydir axborotni oʻzida jam 
    etgan hujjatni topish va keyinchalik shu hujjatni yoki uning nusxasini 
    taqdim etish yoki soʻrovga javob tarzida fakt ma‘lumotlarini taqdim 
    etish operatsiyalari ketma-ketligi tushuniladi. ―Axborot qidiruvi‖ 
    atamasini amerikalik matematik olim Kelvin Muers 1947 yilda kiritgan.
    Axborot qidiruvi uchun markaziy tushunchalardan biri ―axborotga 
    boʻlgan ehtiyoj‖ tushunchasidir. ―Axborotga boʻlgan ehtiyoj‖ (ABE) 
    deganda aniq vazifani bajarish yoki muayyan maqsadga erishish uchun 
    zarur boʻlgan axborotga ehtiyoj tushuniladi. Odatda, u soʻrovga javob 
    beradigan axborotga talab koʻrinishida ifodalanadi. ―Soʻrov‖ deganda 
    foydalanuvchi izlab topmoqchi boʻlgan axborotni tavsiflovchi soʻzlar 
    toʻplami tushuniladi.
    ABE individual xarakterga ega, ya‘ni har bir holat uchun oʻziga 
    xos. Masalan, talabaning matematikadan biror masalani yechishi uchun 
    kerak boʻladigan formulalariga boʻlgan ehtiyoji yoki oshpazning biror 
    taom tayyorlashi uchun kerak boʻladigan yoʻriqnomaga ehtiyoji.
    Kutubxona oʻquvchining (kitobxonning) axborotga boʻlgan 
    ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Kitobxonlar soʻrovi boʻyicha 
    kutubxonadagi mavjud hujjatlar taqdim etiladi. Bunda ABE va hujjatlar 
    oʻrtasida bogʻliqlik mavjud. Agar ABE boʻlmasa, hujjatlar yaratilmaydi 
    va aksincha, hujjat boʻlmasa, ABE ham mavjud boʻlmaydi (5.1-rasm).
    Hujjatni oʻquvchilarga yetkazib berishda axborot qidiruv tizimlari 
    qoʻl keladi (5.2-rasm). Kutubxonalarda bunday tizimlar rolini 
    avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlari bajaradi (masalan, ARMAT 
    yoki IRBIS tizimlari). Internet tarmogʻidagi axborotlarni qidirib topish 


    80 
    uchun maxsus axborot qidiruv tizimlari (AQT) kerak boʻladi. Bunday 
    tizimlar jumlasiga Google, Yandeks, Rambler kabilar kiradi.
    5.1-rasm. Hujjat va ABE oʻrtasidagi bogʻliklik. 
     
    Kutubxonalardagi tematik kataloglar singari Internet tarmogʻida 
    ham sohalar boʻyicha axborotlarni guruhlovchi axborot qidiruv 
    tizimlari mavjud. Ular jumlasiga WWW.UZ milliy qidiruv tizimini 
    keltirish mumkin. 
    5.2-rasm. Qidiruvda AQT oʻrni. 
    Dastlab AQT kutubxonashunoslikda va ilmiy-texnik axborotlarni 
    qidirish 
    sohasida 
    foydalanilgan. 
    Ularning 
    rivojlanish 
    tarixini 
    quyidagicha keltirish mumkin:

    1965 – 1970 yillar - Dialog, MARK, STAIRS kabi tizimlar 
    yaratilgan; 

    1990 – 1995 yillar - Z39.50, Galileo, WAIS kabi tizimlar 
    yaratilgan; 


    81 

    1995 – 2006 yillar - RetrievalWare, Autonomy, AltaVista, 
    Yandeks, Google kabi tizimlar yaratilgan. 

    2006 yilda - WWW.UZ milliy qidiruv tizimi ishga tushgan 
    (5.3-rasm). 
    Internet tarmogʻida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish 
    uchun oʻzbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha 
    soʻzdan tashkil topgan soʻrovlardan foydalanadi. Internet tarmogʻida 
    ma‘lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan 
    soʻzlar va jumlalar boʻyicha qidirib topish mumkin. Bunda 
    foydalanuvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga 
    kerakli ma‘lumotga doir soʻz yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi 
    ishga tushadi. 
     
    5.3-rasm. WWW.UZ milliy qidiruv tizimi koʻrinishi. 
     
    Hozirgi paytda Internet tarmogʻida axborot qidiruvini oshirish 
    uchun eng koʻp qoʻllaniladigan tizim Google boʻlib qoldi [17].
    Google AQT Stenford universiteti talabalari Larri Peydj (Larry 
    Page) va Sergey Brinlarning oʻquv loyihasi sifatida boshlangan. Ular 
    1996 yilda BackRub qidiruv tizimini yaratdilar hamda uning asosida 
    1998 yilda Googleni yaratadilar. Google soʻzi googol (gugol) — 10 
    sonining 100 darajasi (10
    100
    ) soʻzidan kelib chiqqan. U son - 10 000 
    000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 
    000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000. 
    Google tizimiga quyidagi xarakteristikani berish mumkin:


    82 
    • 
    Qidiruv tizimlari orasida mashhurligi jihatdan dunyoda 
    birinchi tizim (77 %);
    • 
    Oyiga 41 mlrd 345 mln soʻrovni (barcha soʻrovning 62%) 
    bajaradi; 
    • 
    Hozirda uning bazasida 80 trillion hujjat indekslangan. 
    • 
    Quyidagi hujjatlar formatlari bilan ishlaydi PDF, RTF, 
    PostScript, Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint. 
    • 
    Koʻp tildagi hujjatlarni topishda foydalaniladi (200 tilda 
    hujjatlar mavjud); 
    • 
    200 dan ortiq faktorlar asosida soʻrovga moslikni aniqlaydi 
    (shu faktorlardan biri PageRank usulidir). 
    • 
    Hujjatlarni 
    indekslashda 
    metateglardan 
    unumli 
    foydalaniladi. Eng muhum teg sifatida web-sahifadagi title tegi 
    ishlatiladi; 
    • 
    Ma‘lumotlar bazasi har ikki oyda toʻliq qayta shakllanadi. 
    Har bir foydalanuvchiga Internet tarmogʻi orqali oʻziga kerakli 
    boʻlgan ma‘lumotlarni oson va tez qidirib topishi uchun axborotning 
    parametrlari boʻyicha qidirish taklif qilinadi. Ular quyidagilardan 
    iborat: 

    Ma‘lumotlarni uning tili boʻyicha qidiruv; 

    Ma‘lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) 
    boʻyicha qidiruv; 

    Ma‘lumotlarni uning joylashgan mintaqasi boʻyicha qidiruv; 

    Ma‘lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi boʻyicha qidiruv; 

    Ma‘lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi boʻyicha 
    qidiruv; 

    Ma‘lumotlarni xavfsiz qidiruv. 
    Google tizimida axborotlarni parametrlari boʻyicha qidirish 
    menyusi 5.4-rasmda keltirilgan. 
    Internet tarmogʻida grafik ma‘lumotlarning koʻplab turlari 
    uchraydi, ya‘ni: chizma (vektor), foto (rastr), harakatlanuvchi 
    (animatsiya) hamda siqilgan rasmlar. Rasm koʻrinishidagi ma‘lumotlar 
    ustida faqatgina uning nomi yoki turi boʻyicha qidiruv olib borish 
    mumkin. Koʻpgina Internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir 
    koʻrinishidagi ma‘lumotlarni qidirish uchun alohida boʻlimga ega 
    boʻlib, bu boʻlim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni ularning nomlari 
    boʻyicha qidiruvni amalga oshirishi mumkin. 


    83 
     
    5.4-rasm. Google tizimida axborotlarni parametrlari boʻyicha 
    qidirish menyusi. 
    Kutubxonalarda kitobxonlar Google dan tashqari Yahoo, 
    Yandeks, Bing kabi AQTlaridan foydalanadilar. Bulardan tashqari 
    Internet tarmogʻida ma‘lum sohada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv 
    tizimlari ham mavjud. Ulardan ayrimlari: 

    ―Pipl‖, ―Facebook‖, ―Wink‖ – insonlar toʻgʻrisidagi 
    axborotlarni qidirish; 

    ―Findsounds‖ – musiqalarni qidirish; 

    ―Youtube‖ – videomateriallarni qidirish; 

    ―Kinopoisk‖ – filmlar toʻgʻrisidagi axborotlarni qidirish; 

    ―Bookfinder‖ – elektron kitob do‗konlaridan kitoblarni 
    qidirish;

    ―HeadHunter‖ – rezyume va vakant joylarni qidirish 
    tizimlari. 


    84 
    5.5-rasm. Google da rasm qidirish. 
    Internetda taqdim etilgan ma'lumotlardan tez va aniq foydalanish 
    qobiliyati – oddiy foydalanuvchi va albatta, vebmasterlar uchun foydali 
    mahorat. Qidiruv tizimlari bilan ishlash samaradorligini oshirishni 
    xohlaysizmi? Bunda sizga maxsus qidiruv operatorlari – Yandex va 
    Google qidiruv buyruqlari yordam beradi. Ular sizga kerakli 
    materiallarni izlab topsish imkonini berishda sizning qidiruv 
    so‗rovingizni takomillashtiradi. 
    Masalan, Google'da ma‘lum so‗rov bo‗yicha faqat ayni bir tipdagi 
    kengaytmali fayllarni qidirish zarur bo‗lganda, filetype operatoridan 
    foydalaniladi (5.6-rasm). 
    5.6-rasm. filetype operatorining qo‗llanilishi 
    Quyida Google va Yandex'da mavjud qidiruv operatorlari qiyosiy 
    jadval ko‗rinishida taqqoslashni ko‗rib chiqamiz: 


    85 
    5.1-jadval 
    Qidiruv tizimlarida mavjud qidiruv operatorlari (buyruqlari) 

    Download 3,34 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




    Download 3,34 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat

    Download 3,34 Mb.
    Pdf ko'rish