• , kutubxona arxiv ta‘lim kutubxona Bir necha operatorlarni guruhlash ( )
  • 5.2. ADABIYOTLARNI QIDIRISH QOIDALARI
  • Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat




    Download 3,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/44
    Sana23.12.2023
    Hajmi3,34 Mb.
    #127740
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
    Bog'liq
    61dbf7822780d7.76038544

    Qo‘llanilishi 
    Yandex 
    Google 
    Aniq sayt yoki domen 
    bo‗yicha qidiruv 
    site: 
    site:akt.uz 
    site:tuit.uz 
    site:.uz 
    Aniq moslik. Qo‗shtirnoq 
    ichiga olingan so‗z 
    birikmasi bo‗yicha qidiruv 
    “ ” 
    ―kutubxona onlayn xizmatlari‖ 
    Fayl turi bo‗yicha qidiruv 
    (asosan, matn va rasm 
    fayllari) 
    Kengaytirilgan 
    qidiruv oynasida 
    tanlanadi 
    filetype: 
    filetype: pdf 
    filetype: doc 
    Barcha so‗zlarni hujjatda 
    mavjudligi bo‗yicha 

    kutubxona + arxiv 
    Ortiqcha so‗zni chiqarib 
    tashlash (NOT operatori) 

    ma‘lumotlar bazasi –kutubxona -arxiv
    Yoki – so‗rovdagi u yoki 
    bu so‗z bo‗yicha qidirish 

    kutubxona | arxiv 
    OR 
    kutubxona OR 
    arxiv 
    Tushib qolgan so‗zni 
    to‗ldirgan holda qidirish 

    arzon * (arzon uy, mashina, telefon, …) 
    Raqamlar diapazoni 
    .. 
    10..15 
    Ijtimoiy tarmoqlardagi 
    foydalanuvchi yoki 
    heshteglar 
    @# 
    @username 
    #hashtag 
    Joylashgan hududi bo‗yicha 
    loc: 
    loc:Tashkent 
    So‗zning ma‘nosini 
    Wikipedia'dan izlash 
    define: 
    define:barcelona 
    Ma‘lumotning muddati 
    bo‗yicha qidiruv 
    date: 
    date:6 (veb 
    sahifadagi 
    ma’lumot oxirgi 6 
    oy ichida 
    tayyorlangan) 


    86 
    Sayt manzili bo‗yicha
    url: 
    url:akt.uz 
    inurl: 
    inurl:akt.uz 
    Faqat sahifa matnida 
    mavjud so‗zlar bo‗yicha 
     
    allintext: 
    allintext:akt.uz 
    Faqat sahifa sarlavhasi 
    bo‗yicha 
     
    allintitle: 
    allintitle: raqamli 
    axborot 
    Sahifaning kesh nusxasi 
     
    cache: 
    Bitta gap (&) yoki butun 
    hujjat (&&) da so‗zlar 
    &, && 
    kutubxona & arxiv 
    ta‘lim && 
    kutubxona 
    Bir necha operatorlarni 
    guruhlash 
    ( ) 
    (phone * camera) OR (digital + 
    museum) 
     
    Nazorat savollari 
    1. ABE nima? 
    2. AQT funksiyalari haqida soʻzlang. 
    3. AQT rivojlanishi haqida nimalarni bilasiz? 
    4. Google tizimida axborot qidirish usullarini soʻzlang. 
    5. Internetda axborot qidirish uchun Siz qanday AQT dan 
    foydalanasiz?
     
    5.2. ADABIYOTLARNI QIDIRISH QOIDALARI 
    Reja: 
    1. 
    Avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlarida adabiyotlarni 
    qidirish usullari. 
    2. 
    Internet tarmogʻi resurslarida adabiyotlarni qidirish. 
     
    Kalit soʻzlar: avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlari, ARMAT, 
    IRBIS, Ziyonet. 
     
    Soʻnggi yillarda yurtimiz axborot-kutubxona muassasalarida 
    IRBIS, ARMAT, KADATA kabi bir nechta avtomatlashtirilgan 
    kutubxona tizimlari amalda qoʻllanilmoqda. Bunday tizimlar kutubxona 


    87 
    fondi va kitobxonlar hisobini yuritish, adabiyotlarni izlash, buyurtma 
    berish va uni bajarish, kitob aylanishini nazorat qilish va shu singari 
    asosiy kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishga moʻljallangan. 
    Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi (AAKT) kutubxona 
    faoliyatini samarali tashkil qilish imkonini beradi. 
     
    5.7-rasm. IRBIS dasturida qidirish oynasi. 
     
    Barcha AAKT larning axborot qidirish jarayoni deyarli oʻxshash. 
    Qidirish usullari 2 turga boʻlinadi: oddiy va kengaytirilgan qidirish. 
    Oddiy qidirishda adabiyotlarning alohida bibliografik elementlari 
    asosida qidiruv amalga oshiriladi. Masalan, muallif boʻyicha qidirish 
    yoki sarlavha boʻyicha qidirish yoki umuman kalit soʻz boʻyicha 
    qidirish. Bunda aynan tanlangan bibliografik tavsif elementi boʻyicha 
    adabiyot qidirish mumkin. 5.7-rasmda IRBIS 32 kitobxon uchun 
    dasturining qidiruv oynasi keltirilgan. IRBIS rossiyalik mutaxassislar 
    tomonidan ishlab chiqarilgan va uning interfeysi rus tilida. Elektron 
    katalogdan adabiyot qidirish uchun tegishli maydonga soʻrov kiritiladi 
    va qidiruv turi (ya‘ni bibliografik tavsif elementi) tanlanadi. 


    88 
     
    5.8-rasm. IRBIS dasturida qidiruv natijalari oynasi. 
     
    Yuqoridagi rasmda koʻrsatilgan tartibda qidiruv soʻrovi 
    shakllantirilib («Отбор» tugmasi), «Выполнить» tugmasi bosilganda, 
    ―axborot‖ soʻzi qatnashgan yozuvlar roʻyxatini koʻrish mumkin (5.8-
    rasm). 
    Qidirishda qoʻllaniladigan bibliografik tavsif elementlariga asosan 
    quyidagilar kiradi: 
     Muallif; 
     Sarlavha; 
     Nashr yili; 
     Nashriyot; 
     Muassasa; 
     Nashr tili; 
     ISBN raqami; 
     Hujjat turi; 
     Bilim sohasi. 


    89 
     
    5.9-rasm. ARMAT dasturida kengaytirilgan qidirish formasi. 
     
    Kengaytirilgan 
    qidirish 
    yuqorida 
    sanab 
    oʻtilgan 
    metama‘lumotlarning
    1
    bir nechtasi boʻyicha qidirish imkonini beradi 
    (5.9-rasm). 
     
    5.10-rasm. ARMAT dasturida qidiruv natijasi. 
    1
    Metama‘lumot (metadata) - istalgan turdagi ma‘lumotlarni tasvirlovchi 
    boshqa tizimlashtirilgan ma‘lumotlar 


    90 
    Uning yordamida qidiruvni aniq amalga oshirish va natijalarni 
    sezilarli darajada qisqartirish mumkin. Masalan, 5.9-rasmdagi kabi 
    qidiruv soʻrovini shakllantirishni koʻrib chiqamiz: muallif – Qosimov, 
    sarlavha – Axborot texnologiyalari, nashr yili – 2006. Bunday soʻrov 
    natijasida Qosimov muallifligidagi 2006 yilda nashr etilgan ―Axborot 
    texnologiyalari‖ nomli adabiyotni tezda qidirib topish mumkin
    (5.10-rasm). 
    Kengaytirilgan qidiruv usulida mantiqiy operatorlar ham 
    qoʻllaniladi. Yuqoridagi misolda VA operatori qoʻllanilgan. Shu bilan 
    birga, YOKI va YOʻQ operatorlari ham qidiruvni aniqlashtirishda 
    ishlatiladi. 
     
    5.11-rasm. ZiyoNET axborot portali bosh sahifasi. 
     
    AAKT yordamida adabiyotlarni elektron katalogdan qidirib 
    topganingizdan soʻng, uning toʻliq matnini oʻqish yoki bosma 
    nusxasiga buyurtma berish imkoniga ega boʻlasiz. 
    Internet tarmogʻida axborot-kutubxona muassasalarining elektron 
    kutubxonalari bilan bir qatorda boshqa ilgʻor milliy va xorijiy axborot 
    resurs portallaridan foydalanish mumkin. Shunday portallardan biri, 
    shubhasiz, ZiyoNET axborot portali (www.ziyonet.uz) hisoblanadi 
    (5.11-rasm).
    ZiyoNET jamoat axborot ta'lim tarmogʻi 2005 yil 28-sentyabrdagi 
    PQ-191-sonli ―Oʻzbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot 


    91 
    tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisida‖gi Qarorga muvofiq tashkil topgan. 
    Uning asosiy maqsadi – respublika yoshlari hamda ta'lim oluvchilari 
    uchun ta'lim olish tizimida keng koʻlamli axborot-kommunikatsiya 
    xizmatlarini joriy etish. Axborot ta'lim portali - yoshlar, murabbiylar, 
    shuningdek barcha portal foydalanuvchilari uchun kerakli axborotlarni 
    jamlash bilan bir qatorda, ularga axborot texnologiyalari sohasidagi 
    kerakli ma'lumotlarni berish, oʻzaro muloqot qilish va tajriba 
    almashishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berish vazifasini ham 
    oʻz zimmasiga oladi. 
     
    5.12-rasm. ZiyoNET kutubxonasi (
    www.library.ziyonet.uz
    ). 
     
    ZiyoNET kutubxonasida hozirgi kunda 74 mingdan ziyod 
    hujjatlar mavjud boʻlib, unda turli elektron materiallar oʻzbek, rus, 
    qoraqalpoq, qozoq, tojik, ingliz va boshqa tillarda taqdim etilgan.
    Bular darslik, oʻquv va metodik qoʻllanmalar, referat, taqdimot, 
    lugʻat, bakalavrlarning bitiruv ishlari va boshqalardan iborat. Shu bilan 
    birga, ilmiy jurnallar, byulletenlar va nomzodlik hamda doktorlik 
    dissertatsiyalarining 
    2500 
    dan 
    ortiq 
    avtoreferatlari 
    elektron 
    kutubxonaga joylashtirilgan. 
    ZiyoNET kutubxonasi interfeysi 5.12-rasmda keltirilgan. Unda 
    ham adabiyotlarning parametrlari boʻyicha qidirish imkoni mavjud. 


    92 
    Natijalar sahifasida taqdim etilgan adabiyot bilan tanishib chiqib, 
    uni kompyuterga koʻchirib olish yoki onlayn ravishda oʻqish mumkin. 
    Internet tarmogʻida olim va tadqiqotchilarning chet tillarida nashr 
    etiladigan ilmiy-texnik va tibbiyot yoʻnalishidagi asarlarini taqdim 
    etuvchi koʻplab xorijiy elektron kutubxonalar mavjud. Ular orasida eng 
    ilgʻorlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
     
    Springer; 
     
    EBSCO; 
     
    ProQuest; 
     
    Oxford University Press; 
     
    Cambridge University Press; 
     
    Elsevier; 
     
    arXiv.org; 
     
    BioMed Central; 
     
    DOAB (Directory of Open Access Books); 
     
    DOAJ (Directory of Open Access Journals); 
     
    SAGE; 
     
    eLIBRARY.RU; 
     
    EastView; 
     
    JSTOR. 

    Download 3,34 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




    Download 3,34 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat

    Download 3,34 Mb.
    Pdf ko'rish