• Kalit soʻzlar
  •   4.3. ELEKTRON DARSLIK YARATISH




    Download 3,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/44
    Sana23.12.2023
    Hajmi3,34 Mb.
    #127740
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
    Bog'liq
    61dbf7822780d7.76038544

     


    71 
    4.3. ELEKTRON DARSLIK YARATISH 
    TEXNOLOGIYASI 
    Reja: 
    1. 
    Elektron darslik tushunchasi. 
    2. 
    Elektron darslikni yaratishni loyihalashtirish 
    3. 
    Elektron darslikni yaratish bosqichlari. 
    Kalit soʻzlar: elektron darslik, elektron darslik tarkibi, elektron 
    darslik yaratish texnologiyasi. 
    Elektron darslik – fanning oʻquv hajmini toʻliq qamragan va 
    masofaviy oʻqitish hamda mustaqil oʻrganish uchun kompyuter 
    texnologiyalariga asoslangan darslik. U mustaqil ta‘lim olishga hamda 
    fanga oid oʻquv materiallar, ilmiy ma‘lumotlarning har tomonlama 
    samarali oʻzlashtirishga moʻljallangan boʻlib, unda: 

    oʻquv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda; 

    oʻquv materiallar verbal (matn) va ikki oʻlchamli grafik 
    shaklda; 

    multimedia (koʻp axborotli) elementlari, ya‘ni ma‘lumot 
    ikki-uch oʻlchamli grafik koʻrinishda, ovozli, video, animatsiya va 
    qisman verbal (matn) shaklda; 

    taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, obyektlarga 
    nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi [11].

    Elektron darslik yaratishda amal qilinishi zarur boʻlgan 
    tamoyillar (kvantlashtirish, toʻliqliligi, koʻrgazmaliligi, tarmoqlashuvi, 
    boshqarish, moslashtirish, kompyuterli ta‘minot, toʻplanuvchanligi) 
    hisobga olinib, Elektron darslik yaratish texnologiyasini loyihalashtirish
    7 bosqichni oʻz ichiga oladi [11]: 
    1) konsepsiyasini ishlab chiqish (fan standarti va mashgʻulot
    oʻtkazish metodikasiga tayanuvchi elektron darslik yaratishning 
    asosiy gʻoyasini ishlab chiqish, darslikning mazmunli qismini 
    tuzish); 
    2) loyihalashtirish (koʻrinishida ishchi namunasini, axborot 
    bloklari va ekran shakllari andozalari toʻplamini, murojaatlar
    interfaolligini ta‘minlovchi giperilovalar tuzilmasining tartibli 
    sxemasini ishlab chiqish); 


    72 
    3) ekran shakli va axborot bloklari dizayni (aniq oʻquv 
    jarayoni, 
    psixologik-pedagogik 
    xususiyatlari, 
    ergonomika 
    talablari, oʻquv materiallari tuzilishi va mazmuniga mos ravishda 
    dizaynni tayyorlash); 
    4) oʻquv materiallarini elektron shaklda tayyorlash va ularni 
    boʻlimlar boʻyicha bir ish seansi, ya‘ni bir dars uchun 
    moʻljallangan elementar qismlarga–modullarga ajratish; 
    5) ilova tuzilmasi elementlarini toʻldirish (tayyorlangan 
    materiallarni ishlab chiqilgan andozalar va ekran shakllariga 
    joylashtirish, ilovalar tizimini toʻldirish hamda foydalanuvchi 
    bilan qayta aloqa tashkil qilish); 
    6) test sinovlari va sozlash (har bir ilova, aloqa ishlari 
    toʻgʻriligini va foydalanuvchi harakatiga dasturning javobi 
    toʻgʻriligini tekshirish); 
    7) oʻquv jarayoniga tatbiq etish (albatta, ta‘lim beruvchilar 
    va oʻquvchilar refleksiyasi toʻgʻrisidagi ma‘lumotlarni toʻplash 
    bilan umumiy oʻrta ta‘lim maktablarida elektron darslikni 
    qoʻllash). 
    Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitida 
    oʻqitishni Internet resurslaridan foydalanishsiz tasavvur qilib 
    boʻlmaydi. Internet tarmogʻi ta‘lim xizmatlarining juda katta 
    potensialiga ega. Elektron pochta, virtual kutubxona va muzeylar, 
    ta‘limiy 
    portal 
    va 
    saytlar, 
    mavzuli 
    blog 
    va 
    forumlar, 
    telekonferensiyalar, elektron olimpiadalar va viktorinalar, zamonaviy 
    ta‘limning tarkibiy qismiga aylanmoqda. Ushbu ta‘lim xizmatlaridan 
    ham darsda, ham darsdan tashqari faoliyatda foydalanish uchun keng 
    imkoniyatlar yaratadi. Internet ta‘lim resurslaridan foydalanish 
    oʻqituvchini ta‘lim jarayonining boshqaruvchisiga aylanishga undaydi.
    Elektron darslik har biri ma‘lum vazifani bajarishga moʻljallangan 
    alohida modul sifatida namoyon boʻladigan fragmentlardan tashkil 
    topadi. Bu fragmentlar tugallangan va oʻzaro aloqada boʻlib, ular 
    quyidagi bloklarda mujassamlashmogʻi lozim:
    -nazariy materialarni oʻrganish;
    -yechib koʻrsatilgan misollar;
    -nazorat savollari va vazifalari;
    -mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.

    Download 3,34 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




    Download 3,34 Mb.
    Pdf ko'rish