76
darslikdan foydalanish oʻquvchilarning darsdan tashqarida oʻquv
materiallari bilan ishlash jarayoni samaradorligini oshiradi.
6-sinf uchun Geografiya fanidan elektron darsligi misolida
yuqorida bayon etilgan elektron darslik
yaratish texnologiyasining
afzalliklarini keltiramiz.
Elektron darslik bosh ish darchasi (4.5-rasm) da keltirilgan.
4.5-rasm.
«Oʻrganish» va «Mustahkamlash» rejimlari bandlari 4.6- va 4.7-
rasmlarda koʻrsatilgan.
4.6-rasm.
4.7-rasm.
Elektron darslik yaratishning asosiy bosqichlari:
1.
Predmetni va unga oid manbalarni tanlash, aniqlash;
2.
Muallif bilan uning materialini qayta ishlashga ruxsat
beruvchi shartnomani imzolash;
3.
Mundarija va tushunchalar roʻyxatini tayyorlash;
4.
Matn koʻrinishidagi materiallarni tayyorlash (asosiy matn,
qoʻshimcha matn, test, savollar, topshiriqlar, lugʻat, yordam va h.k.);
5.
Multimedia (tasvir, animatsiya, video, audio)
uchun
materiallarni aniqlash va ularni tayyorlash;
6.
Materiallar oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrnatish (dasturlash);
7.
Sinov-tajribadan oʻtkazish;
8.
Foydalanish boʻyicha metodik qoʻllanmani tayyorlash;
78
yaratishda
qatnashish, ovozlashtirish uchun (suxandon oʻqishi uchun)
matnni tayyorlash kiradi.
Senariychi mutaxassis. Elektron darslik senariysini tuzishda
qatnashadi.
Dasturchi-dizayner.
Elektron
darslikka
qoʻshiladigan
tasvirlarni qayta ishlash, menyu, ishchi darcha dizayni va mahsulotni
tayyor holga keltirish uchun bezaklarni yaratishni amalga oshiradi.
Dasturchilar. Mavzuning barcha
materiallarini ekranga
chiqarish, eshittirish, videoni namoyish etishni ta‘minlash va ularni
tayyorlash bilan shugʻullanadilar. Matnni formatlash,
tasvirlar
galereyasini yaratish, audio axborotlarni ishlash, video axborotlarni
ishlash, nochiziqli montaj qilish va animatsiya
materiallarni ishlash
ularning zimmasida.
Suxandon. Matnni ifodali oʻqishni amalga oshiradi.
Elektron darslikni yaratish jarayonida yuqoridagi mutaxassislar
safiga koʻpincha quyidagilar qoʻshiladilar:
Malakali pedagog-uslubchi (amaldagi darslik muallifi
maqsadga muvofiq).
Amaliyotchi pedagog. Yaratilgan mahsulotni sinashda va
foydalanuvchi qoʻllanmasini yaratishda ishtirok
etish uning vazifasiga
kiradi.