93
5.13-rasm. Springer Link kengaytirilgan qidiruv formasi
(www.link.springer.com).
EBSCO jahondagi yetakchi nashriyotlarning ilmiy resurslarini
taqdim etuvchi yirik kompaniya hisoblanadi. Unga tegishli EBSCOhost
tizimida quyidagi 12 ta ma‘lumotlar bazasi mavjud:
Academic Search Premier;
Business Source Premier;
Regional Business News;
ERIC;
MEDLINE;
Master FILE Premier;
Library, Information Science & Technology Abstracts;
Green FILE;
Health Source – Consumer Edition;
AHFS Consumer Medication Information;
Health Source: Nursing/Academic Edition;
Newspaper Source.
Foydalanuvchi ushbu bazalardan biri yoki bir nechasi boʻyicha
qidiruvni amalga oshirishi mumkin.
94
5.14-rasm. EBSCOhost kengaytirilgan qidiruv formasi.
EBSCOhost kabi xorijiy elektron kutubxonalarning qidiruv tizimi
toʻliq matndan qidirish imkoniyatiga ham ega.
ProQuest - barcha bilim sohalari doirasidagi
elektron axborot
resurslarini yetkazib beruvchi jahonning yirik kompaniyasidir. U
faoliyatini 1960 yilda boshlagan. Hamkorlikda barpo qilingan oʻsib
boruvchi ushbu birlashma hozirda 90 mingdan ortiq nufuzli manbalarni,
qariyb olti yuz yillik davrni qamragan 6 milliard raqamli sahifalarni
taqdim etadi.