73
Odatda mavzular boblarga umumlashgan holda alohida ekranlarda
paydo boʻladi. Mavzu boʻyicha nazariy material asosiy va qoʻshimcha
matnlarga ajralgan holda berilishi maqsadga muvofiq. Oʻrganish
materialidagi eng muhim (yodda tutish lozim boʻlgan) ma‘lumotlarni
alohida ekranda ovoz bilan keltirilishi samarali hisoblanadi. Odatda bir
mavzuda ―yodda tutish‖ jumalalari soni 4-5 dan oshmaydi [12, 13].
Yechib koʻrsatilgan misollar bloki.
Bunda misol tariqasida
masala yechib koʻrsatiladi. Talaba misoldan foydalangan holda
vazifani mustaqil bajaradi.
Nazorat savollari va vazifalari bloki. Oʻtilgan mavzu yuzasidan
savollar va vazifalar keltiriladi. Talaba
javob tariqasida kiritgan
ma‘lumotning toʻgʻri kiritilganligi, mantiq jihatdan toʻgʻri ekanligi
tekshiriladi va natija ekranga chiqariladi.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar bloki. Oʻtilgan nazariy
materiallarni va vazifalarni bajarish hamda amaliy koʻnikmalarini
mustahkamlash uchun talabalarga tavsiya etiladigan topshiriqlar
toʻplami keltiriladi.
Mamlakatimizda va xorijda yaratilgan elektron darsliklar tahlili va
soha mutaxassislari tavsiyalari asosida quyidagilarni keltirish mumkin:
Elektron darslikda quyidagi turdagi materiallar (bloklar)
boʻlishi tavsiya etiladi: mavzu matni (asosiy va qoʻshimcha),
tayanch
soʻzlar, izohli lugʻat, test, savol va topshiriqlar, tasvir, animatsiya,
video, audio, mashq, oʻyin-lavha (12.1-rasm).
Materiallar, avvalo, Davlat ta‘lim
standartlariga mos
boʻlmogʻi lozim.
Materiallarni
oʻquvchiga
yetkazishda
foydalanilgan
pedagogik va texnologik senariylar elektron darslik muvaffaqiyati va
samaradorligini belgilaydi.
Aksariyat elektron darsliklarda puxta pedagogik va texnologik
senariy joriy etilmaganligi uchun ular bir talay oʻquv
materiallarining
shunchaki toʻplamiga aylangan. Unda hech qanday ta‘lim traektoriyasi
hisobga olinmagan. Materialni oʻrganishning ketma-ketligi joriy
etilmaganligi uchun oʻquvchi qayerdan boshlab oʻrganishni ham
bilmaydi. Bunday elektron darslikni oʻquv
jarayoniga joriy etishdan
foyda yoʻq [15].
An‘anaviy bilim berish bosqichlaridan elektron darslikda ham
foydalanish lozim, ya‘ni yangi mavzuni oʻrganish va shu mavzudan
olingan bilimni mustahkamlash. Ularni
elektron darslikda quyidagi
74
rejimlar sifatida berilishi maqsadga muvofiq:
―Oʻrganish‖ va
―Mustahkamlash‖. Ushbu boʻlinish klassik boʻlinma boʻlsada,
elektron darslik yaratish boʻyicha mahalliy va xorijiy mutaxassislar
ishlarida ham qaysi oʻquv materiali qaysi boʻlinmada kelishi aniq
koʻrsatilmagan.
Aslida har bir materialning qaysi boʻlinmada boʻlishi
mavzuni
oʻzlashtirish uchun juda muhum. Ayrim materiallar faqat ―Oʻrganish‖
yoki ―Mustahkamlash‖ rejimi uchun xos boʻlsa, ayrimlarining har
ikkala rejimda ham boʻlishi maqsadga muvofiq (4.4-rasm) [12,13]:
4.4-rasm. Oʻquv materiallarining rejimlar boʻyicha taqsimoti.